Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.54K subscribers
13.4K photos
1.17K videos
47 files
3.92K links
Download Telegram
#Fakt
#A_Level_imtihoni

A-LEVEL IMTIHONI HAQIDA BILISHINGIZ KERAK BO'LGAN 7 FAKT

1️⃣ A-Level sertifikati dunyoning 95 mamlakatidagi 1750dan ortiq (jumladan, Times Higher Education tashkiloti tomonidan TOP 20 talikka kiritilgan, shuningdek Buyuk Britaniyada joylashgan) oliygohlarda tan olinadi.

2️⃣ 2021-2022-o‘quv yilidagi imtihonlarni Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shahridagi Prezident maktablari o‘tkazadi.
❗️2022/2023-o‘quv yilidan e'tiboran Respublikamiz hududidagi barcha Prezident maktablari mazkur imtihonlarni o‘tkazishi rejalashtirilgan.

3️⃣ Imtihonlar an’anaviy tarzda yilda 2️⃣ marta - oktabr-noyabr hamda may-iyun oylarida bo‘lib o‘tadi.
❗️Kuzgi imtihonlar uchun nomzodlar avgust-sentyabr oylarida, may-iyundagi imtihonlar uchun esa yanvar-fevral oylarida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

4️⃣ Cambridge Assessment imtihon uchun 5️⃣0️⃣ dan ortiq turdagi fanni taqdim etadi, talabgor esa3️⃣ tadan 5️⃣ tagacha fan tanlaydi❗️

5️⃣ Cambridge Assessment A-level'dan tashqari AS va IGCSE sertifikatlarini ham beradi.
Prezident maktablari o‘quvchilari:
- IGCSE imtihonini — 8-9-sinfda,
- AS imtihonini —10-sinfda,
- A-level'ni — 11-sinfda topshirishadi.
❗️Chetdan kelgan (Prezident maktablari o’quvchisi bo’lmagan) talabgorlar nechanchi sinfda o‘qishidan qat’i nazar, o‘z bilimi va xohishiga qarab, istalgan turdagi imtihonni topshirishi mumkin.

6️⃣ O‘zbekistonda talabgorlarni ro‘yxatga olish 2️⃣0️⃣- yanvardan keyin boshlanadi.

7️⃣ Imtihon javoblari avgust oyida pochta orqali yuboriladi.
#info
#A_Level_imtihoni

📢 A-LEVEL IMTIHONI HAQIDA BATAFSIL MA'LUMOT

✔️ Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan taqdim etiladigan A-level sertifikati xalqaro oliy standart sertifikati bo'lib, imtihonlarda A+(a+), A (a), B (b), C (c), D (d) yoki E (e) darajalarini olish mumkin.
- A+(a+) - eng yuqori
-E(e) - eng past ko'rsatgich hisoblanadi.

✔️ A-level sertifikatini olish uchun nafaqat Prezident maktabi ta'lim oluvchilar, balki mazkur imtihonlarni barcha xohlovchilar topshirishlari mumkin.

✔️ A-Level sertifikati dunyoning 95 mamlakatidagi 1750dan ortiq (jumladan, Times Higher Education tashkiloti tomonidan TOP 20 talikka kiritilgan, shuningdek Buyuk Britaniyada joylashgan) oliygohlarda tan olinadi.

✔️ Respublikamiz hududidagi barcha Prezident maktablari mazkur imtihonlar o'tkaziladi.

✔️ Imtihonlar an’anaviy tarzda yilda 2 marta - oktabr-noyabr hamda may-iyun oylarida bo‘lib o‘tadi. Kuzgi imtihonlar uchun nomzodlar avgust-sentabr oylarida, may-iyundagi imtihonlar uchun esa yanvar-fevral oylarida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

✔️ Cambridge Assessment imtihon uchun 50 dan ortiq turdagi fanni taqdim etadi, talabgor esa3 tadan 5 tagacha fan tanlaydi.

✔️ Cambridge Assessment A-level'dan tashqari AS va IGCSE sertifikatlarini ham beradi.
Prezident maktablari o‘quvchilari:
- IGCSE imtihonini — 8-9-sinfda,
-
AS imtihonini —10-sinfda,
-
A-level'ni — 11-sinfda topshirishadi.

✔️ Chetdan kelgan (Prezident maktablari o’quvchisi bo’lmagan) talabgorlar nechanchi sinfda o‘qishidan qat’i nazar, o‘z bilimi va xohishiga qarab, istalgan turdagi imtihonni topshirishi mumkin.

✔️ Imtihon javoblari avgust oyida pochta orqali yuboriladi.

✔️ Ma’lumot o‘rnida, A Level sertifikati 1750dan ortiq xorijiy OTMlar tomonidan tan olingan.
___

Imtihonlarda ishtirok etish uchun oʻz hududingizdagi PREZIDENT MAKTABLARIga murojaat etishingiz mumkin.

📆 Roʻyxatdan oʻtish joriy yilning 21-fevraliga qadar davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM