Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.6K subscribers
15.8K photos
1.31K videos
52 files
4.35K links
Download Telegram
#yoshlar_turizmi_haftaligi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari qishki taʼtilni maroqli oʻtkazishdi.

Oʻquvchilar "Yoshlar turizmi haftaligi" doirasida respublikamizning diqqatga sazovor joylari, madaniy meros obyektlari, muzeylar, teatr va kinoteatrlarga ustozlari bilan birga sayohat qilishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Buxoro_Prezident_maktabi

Mening ilk ijodim
Buxoro shahridagi Prezident maktabi ijodkor o'quvchilarining she'rlari Tojikiston Respublikasining "San’at va iste'dod" gazetasida chop etildi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalq_va_armiya_bir_tanu_bir_jon

Buxoro shahridagi Prezident maktabida bo'lib o'tgan "HARBIY- VATANPARVARLIK" tadbiridan videolavha.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
Shaxsiy o‘yin medallari o‘z egalarini kutmoqda!

Ertaga Shaxsiy o‘yin bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi. Bundan bir yil oldin o‘tkazilgan musobaqada 1-o‘rinni Saidakrom Rasulev, 2-o‘rinni Mirshod Ochilov, 3-o‘rinni Navro‘z Xo‘jayev qo‘lga kiritgandi.

Xo‘sh, sizningcha, Shaxsiy o‘yinda bu safar kimlar sovrinli o‘rinlarni egallaydi?

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
#Xushxabar

⚡️20-XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASI NATIJALARI E'LON QILINDI

📆 Shu yilning 7-13-yanvar kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan tashkil etilgan 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida dunyoning 16 ta mamlakatidan 680 nafar o'quvchi (matematika fanidan – 286 nafar, fizika fanidan – 194 nafar, informatika fanidan – 200 nafar) ishtirok etdi.

📈 Ushbu olimpiadada 2 ta oltin, 3 kumush va 9 ta bronza medali qo‘lga kiritildi!

🎉 Mazkur olimpiadada Informatikadan ilk marta oltin medalga erishildi.

📝 G‘oliblikni qo'lga kiritgan o‘quvchilarimiz bilan tanishing:

💻 Informatika:
🥇Aslibek Sunnatov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o’quvchisi - oltin;
🥈Husanboy Mansuraliyev — Namangan shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o’quvchisi – kumush;

🧮 Matematika:
🥇Madina Suyunova — Kitob tumani 96-IDUM 11-sinf o’quvchisi – oltin;
🥈Asadbek Boboqulov — Chilonzor tumani, S.H.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyi 1-bosqich o’quvchisi – kumush;
🥈Begzod XoshimjonovMarhamat tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o’quvchisi - kumush;
🥉Behruzbek Elmurodov — Mirishkor tumani, 21-maktab 10-sinf o’quvchisi – bronza;
🥉Maqsadbek EgamberdievBog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o’quvchisi – bronza;
🥉Asilbek Abduqayumov — Westminster akademik litseyi 2-bosqich o’quvchisi – bronza;
🥉Elbek ZohidjonovMuhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 9-sinf o’quvchisi – bronza;
🥉Farhod OchilovQorako‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o’quvchisi – bronza;
🥉Nurmuhammad OtamurodovOlot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o’quvchisi – bronza;
🥉Ozodbek AxtamovMuhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o’quvchisi – bronza;
🥉Azizbek Mamajanov — Sayxunobod tumani 3-maktab 8-sinf o’quvchisi – bronza;
🥉Ozodbek Orifjonov — Sayxunobod tumani, 3-maktab 10-sinf o’quvchisi – bronza medallarini qo’lga kiritdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aziz yurtdoshlar! Hurmatli Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida munosib xizmat qilib kelayotgan yigitlar!

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.

Faxr bilan ta’kidlash o‘rinliki, yurtimizda olib borilayotgan keng islohotlarni amalga oshirish, vatandoshlarimiz tinchligi va davlatimiz mustaqilligini mustahkamlashda sizlarning ham munosib o‘rningiz bor.
Ayniqsa, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlaringiz muhim ahamiyatga ega.

Katta mamnuniyat bilan ayta olamanki, sizlarning har biringiz o‘z oilangiz va yaqinlaringizning mustahkam qo‘rg‘oni, munosib suyanchisizlar.

Sizlar kabi o‘z Vatani va oilasini jondan sevuvchi mard o‘g‘lonlar, yurt himoyachilari bor ekan, bizning ko‘nglimiz xotirjam. Jasur va fidoyi Vatan himoyachilari — bizning chinakam faxrimizdir.

Barchangizga uzoq umr, oilangizga baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik tilayman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
#Tabrik

XALQ VA ARMIYA BIR TANU BIR JON!

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi Vatanimiz himoyasi va rivoji uchun turli xil kasblarda xizmat qilayotgan O‘zbekiston o‘g‘lonlarini O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy qutlaydi.

Mamlakatimiz tinchligini saqlash yo‘lida amalga oshirayotgan fidokorona xizmatlaringizda muvaffaqiyat hamisha yor bo‘lsin! Sog‘lik-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“Erudit-kvartet” o‘yini bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi!

Saralash, guruh, yarim final va final bosqichlaridan iborat bo‘lgan hamda jami 85 ta jamoa ishtirok etgan o‘yin yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi:

🥇1-o‘rin: Magnum jamoasi;
🥈2-o‘rin: Jobir Ahmedov jamoasi;
🥉3-o‘rin: Maestro academy jamoasi.

G‘olib jamoalar diplom, medallar va quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin: 30 million so‘m;
2-o‘rin: 20 million so‘m;
3-o‘rin: 10 million so‘m.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#new_Uzbekistan_university

📝 Grantlar uchun taklif va stipendiya xati yozish bo'yicha mahorat darsiga qo'shiling

🌐 Garvard universiteti PhD nomzodi Leora Eisenberg tomonidan universitet prorektorlari va ilm-fanga qiziquvchilar uchun "Qanday qilib muvaffaqiyatli grant taklifi va stipendiya xatini yozish kerak?" mavzusida ma'ruza o'tkaziladi.

Ma'ruzada siz quyidagi yo'nalishlarda o'z bilimingizni mustahkamlash imkoniga ega bo'lasiz:
🔹ishonarli yozish texnikasi;
🔹akademik aloqalarni kuchaytirish;
🔹grant va stipendiyalarni jalb qilish usullari.

Vaqti: 17-yanvar, 17:00da.
📍 Manzil: "Yangi O'zbekiston" universiteti, U.C.A bino, 2-qavat.

🏛 Barcha qiziquvchilarni mahorat darsiga taklif qilamiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ayollar ligasining 2-turi bo‘lib o‘tadi!

20-yanvar, shanba kuni soat 13:00 da Ayollar ligasining 2-tur o‘yini o‘tkaziladi.

Liganing Toshkent shahridagi o‘yinlari Zakovat arena binosida o‘tkaziladi.

Ayollar ligasida jamoalar quyidagi havola orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi:

https://zakovatklubi.uz/tournaments/453

Hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan ayollar qo‘shimcha ma'lumot uchun "Zakovat intellektual klubi" NNTning tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari mumkin. Hududiy koordinatorlar kontaktlarini ushbu havoladan olish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok