Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.63K subscribers
16.3K photos
1.35K videos
52 files
4.47K links
Download Telegram
O‘quvchilar ligasi 2023/24-o‘quv yili kuzgi mavsumining 6-turidan keyingi reyting jadvali

6-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini, shuningdek umumiy jadvalning qolgan qismini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Direktorlar_Angliyada

Ta’limda yangi metodikalarni joriy etish, o‘qitish sifatini yangi bosqichga olib chiqishda maktabda samarali boshqaruvning yo‘lga qo’yilgani muhim, albatta.

⚡️ Shu maqsadda “Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” doirasida bir guruh maktab direktorlarini Buyuk Britaniyaning Portsmut shahriga jo‘natdik.

🎗️Ushbu dastur davomida direktorlar ayni paytda Portsmut universitetida malakali trener-o’qituvchilarning kasbiy rivojlanish seminar-treninglarida ishtirok etishmoqda.

❗️Treninglarda maktablarda ta’lim muhitini yaxshilash, samarali boshqaruv va bunda o’qituvchilar hamda ota-onalar bilan hamkorlikda ishlash kabi mavzularda so‘z yuritilmoqda.

✔️2 hafta davom etadigan ushbu loyiha direktorlarimiz uchun o‘z kasblarida yangi marralarga erishishlarida ko’mak berishiga ishonaman.

E’tiborli jihati, dastur davomida Angliyadagi maktablarda direktor sifatida ham amaliyot o‘tashadi va bu ular uchun o’ziga xos imkoniyatdir.

⚡️Shubhasiz, bunday loyihalar yurtimiz ta’lim tizimi rivoji uchun alohida ahamiyatga ega.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik

“Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” doirasida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod  hamda ixtisoslashtirilgan maktab direktorlarining 12 nafari Angliyaning Portsmut shahrida malaka oshirishmoqda.

📆 Mazkur maktab direktorlari bilan Oʻzbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ravshan Usmanov ishtirokida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.

📝Unda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshqarma boshligʻi Nargiza Qoʻchqorova ham ishtirok etishdi.

🗣Muloqot davomida elchi maktab direktorlariga bu kabi xalqaro doiradagi tadbirlar har doim ham boʻlavermasligi, undan unumli foydalanib, imkon qadar koʻproq bilim va tajriba orttirib, oʻzlashtirgan koʻnikmalarini oʻzbekistonlik boshqa oʻqituvchilar oʻrtasida ham yoʻlga qoʻyish kerakligini taʼkidladi.

❗️“Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” doirasida ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar davom etmoqda.

#Angliya #Portsmut #maktab_direktorlari

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_bolalar_forumi

🗺Turkiyaning Anqara shahrida “Iqlim o‘zgarishi va bolalar ishtiroki” mavzusida 24-Xalqaro bolalar forumi o‘tkazildi.

📆 Joriy yilning 19-20-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan ushbu forumda 24 ta davlatdan kelgan iqtidorli va tashabbuskor yoshlar qatnashdi.

🇺🇿 Mazkur forumda O‘zbekiston yoshlari vakili sifatida Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Gavharshodbegim Xomidova ishtirok etdi.

⚡️O‘quvchimiz iqlimni muhofaza qiluvchi ijtimoiy harakat a’zosi sifatida o‘zining taklif va tashabbuslarini ilgari surdi.

🗣Forum iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq umumiy jarayonlarda o‘tayotgan turli madaniyatlarga mansub bolalar o‘rtasida hamkorlikni va madaniyatlararo xabardorlikni oshirishga qaratilgan.

📝Ma’lumot uchun, mazkur Xalqaro forum Turkiya Oila va Ijtimoiy xizmatlar vazirligi tomonidan BMTning Bolalar jamg‘armasi (UNISEF) bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zakovat: Buxoro
📊 O'quvchilar va talaba-o'quvchilar sinxron ligalarining  Buxoro viloyati kuzgi mavsum  7-turidan fotolavhalar

Buxoro Zakovat klubi rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram |TikTok
👍42