Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.55K subscribers
13.4K photos
1.17K videos
47 files
3.92K links
Download Telegram
#Bayram_tadbiri

Bugun, 5-mart kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan "Yaxshiyam borsiz" nomli bayram dasturi bo'lib o'tdi.

Tadbirni Agentlik direktori Hilola Umarova ochib berib, bayram bilan samimiy tabrikladi:

- Bahor yangilanishlar, bayramlar fasli hisoblanadi. Hammangizni bahor ayyomi bilan, 8-mart bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ayol avvalo ona, ustozdir. Onajonlarimizga, ustozlarimizga, munis ayol-qizlarimizga bayram muborak bo'lsin!

Tadbirda maktab o'quvchilari tomonidan tayyorlangan turli sahna ko'rinishlari va badiiy chiqishlar namoyish etilib, qatnashchilarga ko'tarinki ruh bag'ishladi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
8 Март – Халқаро Хотин-қизлар куни муносабати билан мукофотлаш тўғрисида

О награждении в связи с Международным женским днем – 8 марта

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
⚡️Mukofot muborak!

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “8-mart – Xalqaro Xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Farmon bilan jumladan, o‘zining samarali mehnati, boy amaliy tajribasi bilan yurtimizda olib borilayotgan tub islohotlar jarayonida faol qatnashib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish ishlariga katta hissa qo‘shayotgan xotin-qizlar davlatimizning orden va medallari bilan mukofotlandi.

Ular orasida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi:

✔️Nukus shahridagi Prezident maktabining ijrochi direktori Nursulu Baltabaeva va
✔️ Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi direktori
Dilafruz Hamdamova “Shuhrat" medali bilan taqdirlandi.

🔰Shuningdek, Xiva shahridagi Prezident maktabi 10-sinf o’quvchisi Madina Sadullayeva Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori bo’ldi.

Muborak bo‘lsin!
⚡️Yangi marralar muborak bo’lsin!

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “8-mart – Xalqaro Xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Quvonarlisi, mukofotlanganlar orasida Agentligimiz tizimida va loyihalarimizda faoliyat olib borayotgan ayol-qizlarimiz ham bor:

🔸Nukus shahridagi Prezident maktabining ijrochi direktori Nursulu Baltabaeva
🔸Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi direktori
Dilafruz Hamdamova “Shuhrat" medali bilan
🔸hamda
Digital Generation Uzbekistan koordinatorlaridan Durdona Bahronova “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi.

🎗Shuningdek, Xiva shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o’quvchisi Madina Sadullayeva Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori bo’ldi.

✔️
Ta’kidlash joiz, jamiyat taraqqiyotida ayol-qizlarning o’rni beqiyos. O’z sohasini chuqur egallab, Vatanimiz rivojiga munosib hissa qo’shib kelayotgan ayol-qizlarimizni samimiy tabriklaymiz.

Parvozlaringiz doimo baland bo’lsin, aziz opa-singillar!
⚡️Toshkentdagi Xalqaro Kongress markazida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbir avvalida davlatimiz rahbari barcha ayol-qizlarni 8-mart bayrami bilan samimiy qutladi va 2022—2026-yillarga mo‘ljallangan “Xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi” qabul qilinganini ma’lum qildi:

- Ushbu hujjat doirasida poytaxtda xotin-qizlar uchun alohida universitet va joylarda uning texnikumlarini tashkil etamiz. Barcha talaba qizlarga ta'lim kontraktlarini to‘lash uchun 7 yil muddatga foizsiz kredit berish tartibi joriy qilinadi. Ushbu ishlarimizning mantiqiy davomi sifatida ilmiy izlanish va kashfiyotlari bilan yurtimiz ravnaqiga katta hissa qo‘shib kelayotgan olima ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ishlarini yangi bosqichga ko‘taramiz,-dedi Prezident.

Tadbirda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzurida “Olima ayollar” jamiyati tuzilishi e'lon qilindi. Shuningdek, Parlament va mahalliy kengashlarda, turli sohalarda bilimdon va fidoyi opa-singillarimizning ulushi ko‘paytirilishi ma'lum qilindi.

Bayram tadbiri davom etmoqda.
#Agentlik_olimpiadasi
#Baholash_jarayoni

🔴Agentlik olimpiadasining baholash jarayonlari bo'lib o'tmoqda

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda joriy yilning 2-5-mart kunlari STEM fanlari bo‘yicha olimpiadaning Agentlik bosqichi o'z nihoyasiga yetdi.

Hozirda olimpiada natijalari yuzasidan baholash jarayoni bo'lib o'tmoqda.

✔️Unda har bir fan bo‘yicha hakamlar hay’ati tashkil etilgan, jarayonlar yo‘riqnoma asosida shaffof, adolatli tarzda olib borilmoqda.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube