Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#bitiruvchi_2023
❗️ Agentligimiz tizimidagi 14 ta Prezident maktablari bitiruvchilari ishtirokida “Yangi O‘zbekiston yoshlari” nomli tantanali bitiruv oqshomi bo’lib o‘tdi.
✅ Ushbu kechada Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev ishtirok etdi va o‘quvchilarga katta hayot yo‘lida porloq parvozlar tilashdi.
⏺ Tadbirda Prezident maktablarining bitiruvchilari sertifikatlar bilan taqdirlandi.
✅ Har bir maktab o‘zlari tomonidan tayyorlab kelgan badiiy chiqishlari tadbirga yig‘ilganlar tomonidan davomli olqishlar bilan kutib olindi.
🗣 Eslatib oʻtamiz, bu yil Prezident maktablarini 326 nafar oʻquvchi bitirmoqda.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun
⏰ Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.
📆 Ushbu arizalarning 22-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.
😀 Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.
🎞 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun
🎞 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Infografika
#ixtisoslashtirgan_maktablar
#boʻsh_ish_oʻrinlari
❗️Agentlik tizimidagi maktablardagi vakant o‘rinlarga job.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.
📆 Ushbu arizalarning 22-iyun soat 16:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.
😀 Mazkur statistika orqali siz hududlar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.
📈 Ayni damda job.piima.uz sayti orqali arizalar qabuli davom etmoqda.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#ixtisoslashtirgan_maktablar
#boʻsh_ish_oʻrinlari
❗️Agentlik tizimidagi maktablardagi vakant o‘rinlarga job.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Agentlik_olimpiadasi
#Taqdirlash
✅ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan o‘tkazilgan STEM fan olimpiadasining Agentlik bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
⚡️ Sovrindorlar Agentlik tomonidan noutbook, televizor singari qimmatbaho sovg‘alar, sertifikat va diplomlar bilan taqdirlandi.
❗️ Agentligimiz tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universiteti olimpiadaning fizika, informatika, kimyo yo‘nalishlarida 1-, 2-, 3- o‘rinlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarning har biriga 4 yillik 152 million so‘mdan, matematika yo‘nalishida 1-, 2-, 3- o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarning har biriga 4 yillik 120 million so‘mdan jami 1 milliard 728 million so‘m ta’lim granti ajratdi.
🔹 Shuningdek, g‘oliblarga Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti, Perfect universiteti, Xalqaro Kimyo universiteti, PDP universiteti, Alfraganus universiteti tomonidan 1 yildan 4 yilgacha bo‘lgan jami 1,5 milliard so‘mga yaqin ta’lim grantlari uchun vaucherlar topshirildi.
🥇G‘oliblarimiz bilan tanishing:
📝 RO‘YXAT
🏆 Olimpiadada 9 nafar o‘quvchilari g‘olib bo‘lgan Navoiy shahridagi Prezident maktabi Agentlik kubogi bilan taqdirlanadi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Taqdirlash
🥇G‘oliblarimiz bilan tanishing:
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bitiruvchi_2023
❗️ Agentligimiz tizimidagi 14 ta Prezident maktabi bitiruvchilari uchun tashkil etilgan madaniy tadbirlardan videolavha
📍 Toshkentda o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston yoshlari” nomli tantanali bitiruv oqshomiga jam bo‘lgan 326 nafar Prezident maktabi bitiruvchilari uchun madaniy tadbirlar “Mehr” talabalar teatr studiyasi tomonidan sahnalashtirilgan "Usmon Nosir" nomli sahna asari namoyishi bilan boshlandi.
🔹 Shuningdek, Prezident maktablari bitiruvchilari “Yangi O‘zbekiston” universiteti, “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va “Shon-sharaf” davlat muzeyi ekspozitsiyalarida bo’lishdi.
🎉 “Yangi O‘zbekiston yoshlari” nomli tantanali bitiruv oqshomi esa barcha o‘quvchilarning xotirasida bir umrga esda qolarli bo‘ldi.
✅ Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev ishtirok etdi va o‘quvchilarga katta hayot yo‘lida porloq parvozlar tilashdi.