#Tajriba_almashish
๐ฐKoสปhna va hamisha navqiron Buxoro tarixiy obidalari, asrlar osha kelayotgan ilmiy salohiyati, hunarmandchiligiyu tadbirkorligi bilan yetti iqlimda dovruq qozongan. Bu tabarruk maskanda mashhur allomalar mangu qoสปnim topgan, muqaddas yetti pir ziyoratgohini koสปrish uchun har kuni minglab insonlar Buxoroga qadam qoสปyadi.
โ๏ธTarix shohidki, asrlar davomida qadim Buxorodan ko'plab ziyolilar, mashhur ilm ahillari, atoqli olimlar yetishib chiqqan. Bugun ajdodlarga munosib voris bo'lib ulg'ayish, ular qoldirgan ilmiy va adabiy merosni asrab-avaylash maqsadida Buxoro shahridagi Prezident maktabining iqtidorli o'quvchilari ham yorqin kelajak sari dadil ko'z tikib ta'lim-tarbiya olishmoqda.
โ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'rtasida hamkorlikni kuchaytirish, o'zaro tajriba almashish maqsadida Buxoro shahridagi Prezident maktabining bir guruh o'quvchilari, o'qituvchilari va xorijiy o'qituvchilar bilan Qarshi shahriga, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurishdi.
๐O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov haykali joylashgan maydonda buxorolik mehmonlar - Buxoro shahridagi Prezident maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Navbahor Karomova, maktab psixologi Farida Hasanova, Musiqa fani ustozi Elliyev Ahror, matbuot kotibi Nigina Rayimova, ingliz tili o'qituvchisi Gulshoda Mahmudova, tabiiy fanlar o'qituvchisi Glizea kutib olindi.
๐ทMehmonlar dastavval Abdulla Oripov muzeyidagi barcha eksponatlar bilan tanishishdi. So'ng ijod maktabining o'quvchilar bilan maktab faoliyati haqida suhbatlashishdi. O'z navbatida, ular maktabdagi shart-sharoitlar, o'quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi va ulkan taassurotlarga ega bo'lishdi.
๐Ijod maktabining muhtasham faollar zalida "San'at - do'stlik elchisi" mavzusida uchrashuv va gala konsert bo'lib o'tdi. Unda har ikkala maktabning iste'dodli o'quvchilari va musiqa ustozlari o'z dasturlari hamda badiiy chiqishlarini namoyish etishdi. Tadbirda shuningdek, Qarshi shahridagi Preizdent maktabi o'qituvchi-o'quvchilari ham ishtirok etishdi.
โ๏ธ Tadbir yakunida ijod maktabi tomonidan mehmonlarga estalik sovg'alari, shuningdek, ma'rifatparvar adib Mahmudxo'ja Behbudiyning "Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur" degan misralari aks etgan esdalik statuetkasi topshirildi. O'z navbatida, mehmonlar ham Buxoro shahridagi Prezident maktabi jamoasi nomidan o'z sovg'alarini topshirishdi.
โ๏ธAbdulla Oripov nomidagi ijod maktabi va Buxoro shahridagi Prezident maktabi o'rtasida ijodiy hamkorlik yaxshi yo'lga qo'yilgan. Eslatib o'tish joiz, o'tgan yili she'riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludiga bag'ishlab, ikkala maktab hamkorlikda videorolik - sahnaviy lavha tayyorlagan edi. Albatta, bu hamkorlik davom etibgina qolmay, yildan-yilga maktablar o'rtasidagi do'stlik mustahkamlanib boradi.
โ Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:๐
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram

Facebook
Log in or sign up to view
See posts, photos and more on Facebook.
๐3๐1
๐ธBuxoro shahridagi Prezident maktabi jamoasining Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga tashrifiga doir fotoreportaj (1-qism)
๐5๐2โค1
๐ธBuxoro shahridagi Prezident maktabi jamoasining Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga tashrifiga doir fotoreportaj (2-qism)
๐5โค2๐ฅ1
๐ธBuxoro shahridagi Prezident maktabi jamoasining Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga tashrifiga doir fotoreportaj (3-qism)
๐8๐3๐1