Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.53K subscribers
14K photos
1.22K videos
52 files
4.03K links
Download Telegram
#Xorijiy_hamkorlik
#Prezident_maktablari

⚡️KEMBRIJNING BIOLOGIYA VA FIZIKA FANLARIDAN O‘QUV-METODIK ADABIYOTLARI MAHALLIYLASHTIRILMOQDA!

Cambridge Assessment International Education tashkilotining Oʻquv dasturlari, oʻquv rejalari va malakalari boʻyicha direktor oʻrinbosari Abigail Barnett va Ta'lim yo'nalishi bo'yicha bosh maslahatchisi Steve King Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo'lishdi.

Agentlik vakillari bilan bo'lgan uchrashuv davomida mazkur dasturlarni mahalliylashtirish yuzasidan bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar, takliflar hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

❗️Ma'lumot uchun, Prezident ta'lim muassasalari agentligi va Cambridge Assessment International Education tashkiloti o'rtasida FIZIKA va BIOLOGIYA fanlarining IGCSE va A-level darsliklarini o'zbek tiliga tarjima qilish yuzasidan shartnoma imzolangan.

🔴Ayni damda bu borada ishchi guruh faoliyat olib bormoqda.

🏢Shuningdek, mehmonlar uchun Prezident maktabi binosi bo'ylab ekskursiya va o'quvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi hamda maktab faoliyati, dars jarayonlari, o'quvchilarimiz tomonidan erishilgan yutuqlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik

Abigail Barnett,
Cambridge Assessment International Education tashkilotining O‘quv dasturlari, o‘quv rejalari va malakalari bo‘yicha direktor o‘rinbosari:

-
Men ilk bora Toshkent shahridagi Prezident maktabiga 2021-yil sentabr oyida kelganman. Unda Kembrij vakili sifatida mazkur maktabdagi o‘qituvchilarga PDQ bo‘yicha malaka oshirish mashg‘ulotlarini tashkil qilganmiz.

Oradan 1 yil o‘tib bu yerga kelganimdan va maktabdagi davomiy muvaffaqiyat jarayoniga guvoh bo‘lganimdan judayam xursandman.

Xususan, o‘quvchilarning yutug‘i, ularning butun dunyodagi jumladan Buyuk Britaniya, Amerika va O‘zbekistondagi Oliy o‘quv yurtalriga o‘qishga qabul qilinayotgani judayam quvonarli. Shuningdek, o‘quvchilar tomonidan erishilgan yutuqlar butun maktab hududi bo‘ylab ko‘rgazmali tarzda namoyish etilganini ham alohida taxkidlash lozim.

Bugun Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo‘ldik.

Bu yerda o‘quvchilarning dars jarayonlarida o‘z ustlarida astoydil ishlashayotgani, Art darslari va sport mashg‘ulotlari bilan tanishdik.

Shuningdek, bu yerda tahsil olayotgan yoshlarning tanqidiy firklash va muammoni hal qilishga yordam beradigan "Zamonaviy yondashuv" kabi fanlarni naqadar yaxshi ko‘rishlarini eshitish bizni quvontirmay qolmadi, albatta.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Steve King,
Cambridge Assessment International Education tashkilotining Ta'lim yoʻnalishi boʻyicha bosh maslahatchisi:

- Bu yil biz ilk bora Prezident ta'lim muassasalari agentligi bilan hamkorlikda Kembrijning bir qator darsliklarini o‘zbek tiliga tarjima qilish ustida ish boshladik.

Bu darsliklar fizika va biologiya fanlaridan bo‘lib, Agentlik tizimidagi bir qator ixtisoslashtirilgan maktablarda foydalanish uchun mo‘ljallangan.

Aytish joiz - tarjima jarayonlari Kembrijning nashr etish bo‘yicha mutaxassislari tomonidan ko‘zdan kechiriladi va qo‘yilgan sifat talablariga mosligi tekshiriladi.

Mazkur darsliklar 2023-yilning sentabr oyidan boshlab foydalanishga topshirilishi ko’zda tutilgan.

Cambridge Assessment International Education tashkiloti mazkur jarayonlardan judayam xursand ekanligini alohida ta'kidlashim lozim.

Zero, bu ikki tomonlama aloqalarning yanada kengayayotganligidan darak beradi.

Agentlik bilan o‘zaro hamkorligimiz o‘qituvchilar uchun tashkil etilgan treninglar hamda A-level imtihonlaridan tashqari o‘quv metodik qo‘llanmalarni tarjima qilish orqali yangi bosqichga ko‘tarilayotganligi quvonarli holat, albatta.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro shahridagi prezident maktabida Yangi O'zbekiston manzaralari mavzusida 7-8-9 sinflar o'rtasida videoroliklar tanlovi e'lon qilindi.

Ushbu videorolik 7 sinf o'quvchisi Jo'rayeva Kamola tomonidan tayyorlangan.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro shahridagi prezident maktabida Yangi O'zbekiston manzaralari mavzusida 7-8-9 sinflar o'rtasida videoroliklar tanlovi e'lon qilindi.

Ushbu videorolik 7 sinf o'quvchisi Nuriddinov Amirshox tomonidan tayyorlangan.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro shahridagi prezident maktabida Yangi O'zbekiston manzaralari mavzusida 7-8-9 sinflar o'rtasida videoroliklar tanlovi e'lon qilindi.

Ushbu videorolik 7 sinf o'quvchisi Safarov Sarvarjon tomonidan tayyorlangan.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro shahridagi prezident maktabida Yangi O'zbekiston manzaralari mavzusida 7-8-9 sinflar o'rtasida videoroliklar tanlovi e'lon qilindi.

Ushbu videorolik 7 sinf o'quvchisi Ilhomov Dalerbek tomonidan tayyorlangan.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro shahridagi prezident maktabida Yangi O'zbekiston manzaralari mavzusida 7-8-9 sinflar o'rtasida videoroliklar tanlovi e'lon qilindi.

Ushbu videorolik 7 sinf o'quvchisi Ismoilov Safoxo'ja tomonidan tayyorlangan.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram