Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.62K subscribers
16.3K photos
1.35K videos
52 files
4.47K links
Download Telegram
Buxoro shahridagi Prezident maktabida matematika fanidan 1-chorak yakuni uchun olingan imtihon nazoratlarida eng yuqori natijalarga erishgan 7-sinf o'quvchisi Jo'rayeva Kamola, 6-sinf o'quvchilari Bobomurodov Bahodir va Jonpo'lotov Amirbek, 5-sinf o'quvchilari Axtamov Akbar va Siddiqov Feruz fan o'qituvchilari Mary Jane Reyes va Axtamova Ra'no tomonidan taqdirlandilar.


Buxoro shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Facebook |Instagram |Youtube |Telegram
👍8👏2💯1
Самарқанда шаҳрида Туркий Давлатлар Ташкилоти Давлат раҳбарлари кенгаши йиғилиши бўлиб ўтмоқда.

Тадбирдан онлайн трансляцияни Президент матбуот хизматининг Facebook ижтимоий тармоғи, YouTube видеохостингидаги саҳифаларида томоша қилишингиз мумкин.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Trening

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi pedagoglar uchun kuzgi ta'til kunlari "Loyihaga asoslangan ta'lim" mavzusida treninglar o‘tkazildi.

✍️Agentlik tizimida faoliyat olib borilayotgan mahalliy trenerlar tomonidan o'qituvchilarga matematika, biologiya, kimyo, ona tili va adabiyot hamda tarix fanlaridan kasbiy rivojlanish dasturlari tashkil etilgan.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍1
Samarqand shahrini “Turkiy sivilizatsiya poytaxti” deb e'lon qilish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi

Samarqand shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish natijalari bo‘yicha Tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitining Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi.

Yig‘ilish ishtirokchilari Turkiy davlatlar tashkiloti Samarqand sammiti deklaratsiyasi va boshqa hujjatlarni imzoladilar.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Bugun Turkiy davlatlar tashkiloti Samarqand sammiti doirasida a’zo va kuzatuvchi maqomidagi mamlakatlar rahbarlari ishtirokida “Yashil makon” loyihasi doirasida Registon maydonida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi.

Qayd etish kerakki, Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo bo‘lgan Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lgan Vengriya va Turkmaniston davlatlari poytaxtlarida ham bir vaqtning o‘zida ko‘chat ekish tadbirlari uyushtirildi.

Bugunning o‘zida O‘zbekistonda 2,5 mln. dona daraxt ko‘chatlari ekildi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
❇️BUXORODA “YOSh KITOBXON” TANLOVI G'OLIBLARI MUNOSIB TAQDIRLANDI

🔹O'zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamkorligida joriy yilning 27 oktyabr — 4 noyabr kunlari maktab o'quvchilari o`rtasida “Yosh kitobxon” tanlovi e’lon qilingan edi.

Ushbu tanlovda Buxoro shahridagi Prezident maktabi 9 sinf o'quvchisi Salimova Gulnura ishtirok etib "Yosh kitobxon" tanlovi g'olibi bo'ldi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram
👍51👏1