Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.55K subscribers
13.4K photos
1.17K videos
47 files
3.92K links
Download Telegram
#xushxabar
Buxoro shahridagi Prezident maktabining 9-“Green” sinfi o‘quvchisi Yuldashev Javoxir Oksford va Kembrij universitetida 2 haftalik yozgi maktabga 100% gacha grant yutib olish imkonini beruvchi Immerse Education Essay Competition tanlovida ishtirok etib 20% li grant sohibi bo‘ldi.
⚡️Kelgusida o‘quvchimizga eng nufuzli ta’lim dargohlarida tahsil olishini tilab qolamiz!
👉Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
Facebook |Instagram |Youtube |Telegram
#Xushxabar
#Халқаро_эътироф

PREZIDENT MAKTABLARI ANGLIYADA HAM EʼTIROF ETILDI

⚡️Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-saytida Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablari hamda iqtidorli o‘quvchilar haqida maqola chop etildi.

⚡️Maqolada Prezident maktablarining O‘zbekiston taʼlim tizimini o‘zgartirish uchun cheksiz imkoniyatlari qayd etilgan. Unda Samarqand, Buxoro, Guliston va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablari haqida so‘z yuritiladi.

❗️O‘quvchilardan o‘zi o‘qiyotgan maktabni bir so‘z bilan taʼriflash so‘ralganda “Yorqin kelajak eshiklarini ochuvchi kalit”, “Orzu” deya javob berishgan...

⚡️Maqolada O‘zbekistonning buyuk tarixi, xususan, Temuriy hukmdor Mirzo Ulug‘bekning Samarqandni ilm-fan markaziga aylantirganligi, oradan qariyb 600 yil o‘tib O‘zbekistonning taraqqiyoti yo‘lida yana ana shunday ulkan ishlar amalga oshirayotganligi haqida so‘z yuritilgan.

👉Maqola bilan batafsil tanishishingiz mumkin.
#Xushxabar
#Prezident_maktablari

PREZIDENT MAKTABLARI UNIVERSITETLAR KENGASHINING A'ZOLIGIGA QABUL QILINDI!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablari College Board - Universitetlar kengashi a'zosiga aylandi. Mazkur kengashga a'zo bo'lish bilan Prezident maktablariga Kengash dasturlari va axborot-resurslaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ldi.

Shuningdek, Kengash rasmiy veb-saytida shaxsiy kabinetga ega bo'lish orqali o'quvchilarning SAT, PSAT va AP kabi imtihonlardan qo'lga kiritgan ballarini ko'rish va shu orqali oliy ta'limni rejalashtirish imkoni mavjud.

O'qituvchilar Kengash veb-sahifaga alohida hisob ochib, talabalarning SAT Assessments yoki AP imtihonlaridan to'plagan ballari haqida ma'lumot olishlari mumkin.

📌Ma'lumot o'rnida, College Board - universitetlar kengashiga butun dunyodagi 8500 dan ziyod ta'lim muassasalari a'zo hisoblanadi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xushxabar

⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi Qarori e’lon qilindi.

Mukofotlanganlar orasida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o’quvchilari ham bor:

🔹Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o’quvchisi Azimjon Jamalov,

🔹Nukus shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o’quvchisi
Arislanbek Kalbayev va

🔹Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 10-sinf o’quvchi Akmaljon Abdurahmonov “Mard o’g’lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi.


✔️Yuksak e’tirof muborak bo’lsin!

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
#Xushxabar

⚡️⚡️4 TA PREZIDENT MAKTABI XALQARO MAKTABLAR KENGASHIGA QABUL QILINDI!
Endi o‘quvchilarimizningning chet eldagi TOP universitetlarda to‘liq grant yutish imkoniyati oshadi.

Agentligimiz tizimidagi Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablari CIS (Xalqaro maktablar kengashi) a’zoligiga qabul qilindi.

Xalqaro maktablar kengashi a'zosi bo'lish ta’lim muassasasining xalqaro darajada tan olinganligini bildiribgina qolmay, ushbu maktablarda o‘qiydigan o‘quvchilarning chet eldagi TOP universitetlarda to‘liq grant yutish imkoniyatini oshiradi.

❗️Muhimi, Xalqaro maktablar kengashi a’zoligiga o‘tish uchun maktablar guruhi sifatida ariza berish tashkilot tarixida ilk bora kuzatilmoqda.

🔴Ayni paytda 2021-yilda o‘z faoliyatini boshlagan 10 ta yangi Prezident maktabi mazkur tashkilot a’zoligiga o‘tish jarayonida.

Mazkur Kengash a'zoligi maktablar uchun nima beradi?

👉Bu haqda saytimizda batafsil o'qing.
#Xushxabar

Xitoyda o'tkazilgan Xalqaro kimyo olimpiadasida Agentlik tizimidagi maktab o'quvchilari 3️⃣ ta kumush medalni qo'lga kiritishdi

Xitoy davlatida masofaviy tarzda o'tkazilgan 54-Xalqaro kimyo olimpiadasi o'z nihoyasiga yetdi. Dunyoning 80 ta davlatidan 320 nafar o'quvchi ishtirok etgan mazkur nufuzli olimpiadada o'zbekistonlik o'quvchilar 4️⃣ ta kumush medalni qo'lga kiritdi.

G'oliblar bilan tanishing:
❗️Maftuna Badalova - Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o'quvchisi;
❗️Azimjon Jamolov - Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o'quvchisi;
❗️Ikromiddin Boymahammadov - Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o'quvchisi;
❗️Sherzod Shaymatov - Navoiy viloyati, Navoiy shahridagi 11-AFCHO'IMning 11-sinf o'quvchisi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xushxabar
#A_level

⚡️14 TA PREZIDENT MAKTABINING BARCHASI XALQARO CAMBRIDGE IMTIHONLARINI O'TKAZUVCHI RASMIY MARKAZGA AYLANDI!

Xabar berganimizdek, xorijiy OTMlarga o‘qishga kirish uchun talab etiladigan A-level imtihonlarini o‘tkazish huquqi Prezident ta'lim muassasalari agentligiga berildi.

Hozirga qadar 4 ta - Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablari A-level imtihonlarini o‘tkazuvchi rasmiy markaz sifatida tan olingan edi.

❗️Endilikda qolgan 10 ta Prezident maktabi ham Cambridge Assessment International Education akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o'tdi va A/AS, IGCSE imtihonlarini o'tkazuvchi rasmiy markaz maqomiga ega bo'ldi.

4 ta Prezident maktabi tomonidan A-level imtihonlari may-iyun oyida o'tkazilgan bo'lib, natijalar avgust oyining 3-haftasida e'lon qilinishi rejalashtirilgan.

📌Ma'lumot uchun, A-level imtihonlari butun dunyodagi 1700dan ortiq universitetlar tomonidan tan olingan.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xushxabar

⚡️PEDAGOGIK MAHORAT VA XALQARO BAHOLASH MARKAZI TRENERLARI XALQARO SERTIFIKATGA EGA BO'LISHDI!

Xabar berganimizdek, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan Cambridge Assessment International Education tashkilotinining PDQ (Kasbiy rivojlanish dasturi) joriy qilinmoqda.

Hozirda Markazning 2 nafar treneri - Xushnamo Burxonxo'jayeva va Amina Shayxmetova Cambridge Assessment International tashkilotining xalqaro sertifikatiga ega bo'lishdi.

Endilikda ular xalqaro trenerlar sifatida PDQ dasturi asosida seminarlar tashkil etishlari mumkin.

📌Ma'lumot uchun, PDQ dasturi rahbar va pedagog kadrlar uchun mo'ljallangan bo'lib, bunda kasbiy rivojlanish amaliyotdan uzilmagan holda joriy qilinadi.

❗️Ta'kidlash joiz, O‘zbekiston PDQ dasturini milliy darajada, ya’ni mahalliylashtirilgan tarzda joriy etayotgan birinchi mamlakatlardan hisoblanadi.
#Xushxabar

⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan ixtisoslashtirilgan maktablarning 5-sinflari uchun MATEMATIKA darsligi yaratildi.

Ushbu darslikda:

✔️ o‘quvchilarning olingan bilimni turli xil vaziyatlarda qo‘llash, masalani chuqur tahlil qilish, tadqiq qilish, muammoni hal etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga urg‘u berilgan;
✔️ muammoli hayotiy vaziyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar ulushi oshirildi, loyiha ishlari, summativ baholash namunalari berildi.

Darslikda matnli masalalar guruhlarga ajratildi, jumladan:

▶️ Ishga oid masalalar;
▶️ Mantiqiy masalalar;
▶️ Iqtisodiy mazmundagi masalalar;
▶️ Harakatga oid masalalar;
▶️ Quyish va tortishga doir masalalar.

❗️Masalalar mazmuniga mos ravishda chizilgan rasm va chizmalar mavzuni chuqurroq anglashga, masalalarni idrok qilib ishlashga yordam beradi.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xushxabar

O'ZBEKISTON JAHON KIMYO OLIMPIADASIGA MEZBONLIK QILADI!

Yurtimizda ta'limga qaratilayotgan e'tibor, bu borada amalga oshirilayotgan ulkan o'zgarishlar jahon maydonida ham e'tirof etilayotgani bor gap.

O'zbekistonda o'tkazilayotgan ko'plab xalqaro fan musobaqalari esa Vatanimizning dunyoning ilmga chanqoq yoshlarini bir nuqtaga jamlovchi markazga aylanib borayotganidan dalolatdir.

Xabaringiz bor, shu yilning may oyida O'zbekiston 56-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasiga mezbonlik qilgan, unda 16 ta mamlakatning eng yaxshi bo'lajak kimyogarlari kuch sinashishgan edi.

Mazkur tadbirning tashkilotchilaridan biri sifatida Agentligimiz ham olimpiada jarayonlarining yuqori saviyada tashkil etilishida o'z hissasini qo'shdi.

⚡️Bu borada yana bir quvonchli xabar - 2026-yildagi Jahon kimyo olimpiadasi ham O'zbekistonda o'tkaziladigan bo'ldi.

Kuni kecha Jahon kimyo olimpiadasi boshqaruv qo'mitasi bu haqidagi rasmiy rozilik xatini jo'natdi.

Alohida ta'kidlashim joiz, mazkur olimpiada har yili o'tkaziladi va xalqaro maqomga ega 5 ta asosiy fan olimpiadalarining biri hisoblanadi.

❗️Shu o'rinda yana bir gap: Jahon kimyo olimpiadasi ilk bora Markaziy Osiyo mintaqasida bo'lib o'tadi.

Mazkur olimpiadaning O’zbekistonda o’tishi uchun 74 ta mamlakat yoqlab ovoz bergan.

❗️Tashkilotning boshqaruv qo’mitasida esa ayni paytda Agentligimiz vakili a’zo sifatida ishtirok etmoqda.
#Xushxabar #Gold_Silver_Bronze
Oltin, Kumush va Bronza medallar muborak!

"SEAMO 2022" Xalqaro matematika olimpiadasida Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani IMI o'quvchilari:
OLTIN, KUMUSH , BRONZA medalni qo'lga kiritishdi.

Ushbu g'alaba bilan ularning ustozlari, oila a'zolarini va maktab jamoasini tabriklaymiz.

SEAMO--Janubi-Sharqiy Osiyo matematika olimpiadasi (SEAMO)ga Singapurning Terri Chev akademiyasi tomonidan asos solingan va olimpiada orqali o‘quvchilarning matematik bilimi va savodxonligi sinovdan o‘tkaziladi.

Ushbu nufuzli xalqaro olimpiadada Avstraliya, AQSh, Singapur, Indoneziya, Yaponiya, Xitoy, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarning o‘quvchi-yoshlari ishtirok etib keladi.
Ulashing👇
@hududiybuxoropiima
#XUSHXABAR

⚡️⚡️⚡️  Qorako'l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining  10-sinf o'quvchisi Ismoilov Bekzod  Yaponiyaning Japan Digital Unversiteti talabasi bo'ldi.

Avval xabar berganimizdek Yaponiya davlatining tashabbusi bilan har yili tashkil etiladigan 🏆SAKURA🏵 olimpiadasida Ismoilov Bekzod ishtirok qilib bronza medal🥉sovrindori bo'lgandi.


Buxoro viloyati hududiy bo'lim  ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Telegram
#xushxabar
#Olimpiada
#Matematika

🥉 Bolqon Matematika Olimpiadasida ishtirok etayotgan o’quvchilar 4 ta bronza medalini qo'lga kiritdi

⚡️Joriy yilning 8-13-may kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida tashkil etilgan 40-Bolqon Matematika olimpiadasida O’zbekiston o'quvchilari 4 ta bronza medali sohibi bo'ldi.

G'olib o‘quvchilar:

🥉Raxmatov Anvarbek - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, PTMA IM 11-sinf o‘quvchisi;
🥉Axtamov Ozodbek -Toshkent shahar, Al-Xorazmiy maktabi 9-sinf o‘quvchisi;
🥉Sadulloyev Anvarbek -Buxoro viloyati, Peshku tumani, 18 -maktab, 11-sinf o‘quvchisi;
🥉Maksudov Behzod -Xorazm viloyati, Urganch shahar, 6-IMI 11-sinf o‘quvchisi;

Eslatib o'tamiz, O’zbekiston terma jamoasi mazkur xalqaro olimpiadada birinchi marta ishtirok etmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xushxabar

🔥🔥🔥64-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO 2023)

O'zbekiston terma jamoasi a’zolari ushbu olimpiadada 🥉3 bronza va 3 ta faxriy yorliq bilan taqdirlandi.


Yaponiyaning Chibo shahrida bo’lib o’tayotgan 64-Xalqaro matematika olimpiadasida 112 mamlakat terma jamoalaridan 614 nafar o’quvchilar ishtirok qildi.

Quvonarlisi ushbu olimpiadada Qorako'l tuman ixtisoslashtirilgan maktab internati o'quvchisi

🥉Raxmatov Anvarbek Zufarovich munosib ishtirok qilib bronza medal bilan taqdirlandi.

Ushbu o'quvchimizning ota onasi va ustozlariga samimiy minnatdorchilik bildirib. Yutuqlar bardavom bo'lishini tilab qolamiz.

https://t.iss.one/PTMA_QORAKUL_IMI_UZ
#xushxabar
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

🔬Xabar berganimizdek, to‘rt nafar iqtidorli yoshlardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi 55-Xalqaro kimyo olimpiadasida (IChO-2023) ishtirok etdi.

Agentligimiz tizimidagi maktablarning uch nafar o‘quvchilari sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritishdi.

🥇 Oltin medali – Mahmudov Abdulloh, Toshkent shahridagi 81-maktabning 10-sinf o‘quvchisi;
🥇 Oltin medali – Nazarov Azizbek, Toshkent shahridagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi;
🥈 Kumush medali – Hakimova Shahzoda, Toshkent shahridagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi;
🥉 Bronza medali – Dilmurodov Sohibjon, Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi.

🧪 Joriy yilning 16-24-iyul kunlari Shvetsariya davlatida o'tkazilgan 55-Xalqaro kimyo olimpiadasida 90 ga yaqin davlatlardan 350 ga yaqin o‘quvchilar ishtirok etishdi.

💫 Barcha o'quvchilarimizni g'alabalari bilan tabriklaymiz.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabriklaymiz
#xushxabar

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova uzbekistanofficial.uz sayti rasmiy telegram kanalida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra “Eng namunali faoliyat yuritgan vazir” deb topildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Xushxabar

⚡️20-XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASI NATIJALARI E'LON QILINDI

📆 Shu yilning 7-13-yanvar kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan tashkil etilgan 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida dunyoning 16 ta mamlakatidan 680 nafar o'quvchi (matematika fanidan – 286 nafar, fizika fanidan – 194 nafar, informatika fanidan – 200 nafar) ishtirok etdi.

📈 Ushbu olimpiadada 2 ta oltin, 3 kumush va 9 ta bronza medali qo‘lga kiritildi!

🎉 Mazkur olimpiadada Informatikadan ilk marta oltin medalga erishildi.

📝 G‘oliblikni qo'lga kiritgan o‘quvchilarimiz bilan tanishing:

💻 Informatika:
🥇Aslibek Sunnatov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o’quvchisi - oltin;
🥈Husanboy Mansuraliyev — Namangan shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o’quvchisi – kumush;

🧮 Matematika:
🥇Madina Suyunova — Kitob tumani 96-IDUM 11-sinf o’quvchisi – oltin;
🥈Asadbek Boboqulov — Chilonzor tumani, S.H.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyi 1-bosqich o’quvchisi – kumush;
🥈Begzod XoshimjonovMarhamat tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o’quvchisi - kumush;
🥉Behruzbek Elmurodov — Mirishkor tumani, 21-maktab 10-sinf o’quvchisi – bronza;
🥉Maqsadbek EgamberdievBog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o’quvchisi – bronza;
🥉Asilbek Abduqayumov — Westminster akademik litseyi 2-bosqich o’quvchisi – bronza;
🥉Elbek ZohidjonovMuhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 9-sinf o’quvchisi – bronza;
🥉Farhod OchilovQorako‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o’quvchisi – bronza;
🥉Nurmuhammad OtamurodovOlot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o’quvchisi – bronza;
🥉Ozodbek AxtamovMuhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o’quvchisi – bronza;
🥉Azizbek Mamajanov — Sayxunobod tumani 3-maktab 8-sinf o’quvchisi – bronza;
🥉Ozodbek Orifjonov — Sayxunobod tumani, 3-maktab 10-sinf o’quvchisi – bronza medallarini qo’lga kiritdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar

🗺 TURKMANISTONDA TASHKIL ETILGAN XALQARO MATEMATIKA OLIMPIADASIDA O‘ZBEKISTONLIK O‘QUVCHILAR 9 TA MEDALNI QO‘LGA KIRITDI

⚡️ Ularning 7 tasi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktab oʻquvchilari.

📆 Joriy yilning 25-30-mart kunlari Turkmaniston davlatining Arkadag‘ shahrida o‘tkazilgan xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etgan O‘zbekiston jamoasi 2ta oltin, 2ta kumush va 5ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

📝 MEDAL SOHIBLARI BILAN TANISHING:

🥇Yusufjon Ortiqov – Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi, oltin medal;

🥇Maqsadbek Egamberganov – Xorazm viloyati, Bog‘ot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi, oltin medal;

🥈Farhod Ochilov – Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi, kumush medal;

🥈Murodjon Mamatov – Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi, kumush medal;

🥉Anvar Rustamov - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi, bronza medal;

🥉Tohirjon Tairov – Xorazm viloyati, Yangiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinf o‘quvchisi, bronza medal;

🥉Mirshod Muhammedov – Buxoro shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi, bronza medal;

🥉Ulug‘xo‘ja Bafoyev – Buxoro viloyati, Jondor tumanidagi 46-maktabning 9-sinf o‘quvchisi, bronza medal;

🥉Xushnudbek Durdiyev – Buxoro viloyati, Olot tumanidagi 10-maktabning 10-sinf o‘quvchisi, bronza medal.

💫 Ushbu gʻalaba bilan ishtirokchilarni hamda ularning ustoz va ota-onalarini muborakbod etamiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar

🤩 Xabar berganimizdek, Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida o‘tkazilayotgan “Xalqaro STEAM Ozarbayjon" festivalida Agentlik tizimidagi Prezident maktablarining 10 nafar o‘quvchisi ishtirok etmoqda.

🏆 Mazkur festival yakunlariga koʻra:

🥇Nukus shahridagi Prezident maktabining jamoasi Lego yoʻnalishida oltin medalni;

🥈Buxoro shahridagi Prezident maktabi jamoasi FlyTech yoʻnalishida kumush medalni;

🥉Toshkent shahridagi Prezident maktabi jamoasi Green initiatives yoʻnalishida bronza medalini qoʻlga kiritdi.

💫 Oʻquvchilarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar

⚡️Xabar berganimizdek, Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida o‘tkazilayotgan “Xalqaro STEAM Ozarbayjon" festivalida Buxoro shahridagi Prezident maktabi o’quvchilari Suxrob Shavkatov, Umidjon Iskandarov, Jahongir Jo’rayev ishtirok etishdi.

🏆Mazkur festival yakunlariga koʻra:

🥈Buxoro shahridagi Prezident maktabi jamoasi FlyTech yoʻnalishida kumush medalini qoʻlga kiritdi.

📌Bugun Buxoro shahridagi Prezident maktabi ertalabgi nutq ushbu o’quvchilarni taqdirlovi bilan boshlandi.

🎓Oʻquvchilarimizga bundan-da katta muvaffaqiyatlar yor boʻlishini tilaymiz!

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram