Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.62K subscribers
16.3K photos
1.35K videos
52 files
4.47K links
Download Telegram
#Prezident_maktablari
#Сўнгги_қўнғироқ

Prezident maktablari bitiruvchilari uchun tashkil etilgan madaniy tadbirlar doirasida o'quvchilar O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi muzeyida bo'lishdi.

Tashrif davomida o'quvchilar atoqli adiblar hayot yo'li va ular tomonidan yaratilgan asarlar bilan tanishishdi.

Bundan tashqari, o'quvchilar uchun Adiblar xiyoboni bo'ylab ekskursiya tashkil etildi.
______
📍Ma'lumot uchun, joriy yilda Toshkent shahridagi Prezident maktabida 24 nafar, Xiva shahridagi Prezident maktabida 24 nafar, Namangan shahridagi Prezident maktabida 22 nafar va Nukus shahridagi Prezident maktabida 22 nafar bitiruvchi o‘qishni bitirdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
PREZIDENT MAKTABLARI BITIRUVCHI O'QUVCHILARINING QASAMYODI!

⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktabi o'quvchilari bugungi bitiruv oqshomida qasamyod qilishdi:

- Biz, Prezident maktablari bitiruvchilari, ulugʼ bobolarimiz – Buxoriy-u, Xorazmiy, Samarqandiy-u, Nasafiy, Termiziy-u, Fargʼoniy, Temuriy-u, jadid bobolarimizga munosib avlod boʼlishga;

ulardan meros boʼlib qolgan halollik va ona Vatanga sadoqatni shior qilib, olgan bilimimiz, kuchimizni yurtimiz ravnaqiga sarflashga;

iymon-eʼtiqodimizdan toymay, sogʼlom fikrli, yuksak maʼnaviyatli, vatanparvar mutaxassis boʼlishga;

Vatanimiz qudratini mustahkamlashga, Yangi Oʼzbekistonda Uchinchi Rennesans poydevorini qurishga va Vatanimizning xalqaro maydondagi obroʼ-eʼtiborini yanada yuksaltirishga;

Prezidentimning, ota-onamning, xalqimning, ustozlarimning menga bildirgan ishonchini oqlashga
QАSАMYOD QILАMIZ!
#Prezident_maktablari
#Fotoreportaj

Prezident maktablari bitiruvchilari uchun tashkil etilgan bitiruv oqshomi tadbiridan fotoreportaj.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

🛑Ayni damda Buxoro shahridagi Prezident maktabida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida Buxoro viloyatida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga pedagog-kadrlarni saralab olish tanlovining uchinchi - yakuniy bosqichi bo'lib o'tmoqda.


Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram