Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.62K subscribers
16.3K photos
1.35K videos
52 files
4.47K links
Download Telegram
🔰Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent Prezident maktabi o‘quvchisi Adiba Tojimirzayeva “UzReport.news”ning "Everest" loyihasida ishtirok etdi.

✔️Aytib o‘tish kerakki, Adiba 15 yoshida AQSHning bir nechta oliygohlariga o‘qishga qabul qilindi.

✔️U ingliz tilidan xalqaro sertifikat IELTSdan 8.0 ball to‘plagan. Bundan tashqari koreys, nemis, rus tillarini biladi.

✔️Xalqaro olimpiadalarda 22 marotaba qatnashib, ularning barchasida sovrindor bo‘lgan.

Ko‘rsatuvni to‘liq ko‘rish uchun: https://youtu.be/A4fIjSJexvY

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Diqqat_qabul

❗️Hurmatli abituriyentlar!

🏫Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universiteti yangi 2022-2023-o‘quv yili uchun qabul e'lon qiladi!

Nega aynan bizning universitet?

➡️"Yangi O‘zbekiston" universiteti siz uchun AQSHning MIT J-Wel, Germaniyaning TUM International GmbH kabi dunyoning eng nufuzli tashkilotlarida amaliyot o‘tash;
➡️Mahalliy va xorijiy professorlar qo‘lida tahsil olish;
➡️Xalqaro standartlarga mos kadr bo‘lib yetishish imkonini beradi!

Fakultet va yo‘nalishlar:

🌐Kimyo muhandisligi
🌐Dasturiy ta'minot
🌐Mexanika muhandisligi
🌐Nano- va ilg‘or materiallar muhandisligi
🌐Sanoat boshqaruvi

Qanday hujjatlar talab etiladi?

1️⃣ Pasport yoki ID karta elektron nusxasi
2️⃣ Umumiy o‘rta ta'lim to‘g‘risida shahodatnoma yoki kollej/ litsey diplomi (agar abituriyent hali ushbu hujjatni olmagan bo‘lsa, o‘rta ta'lim muassasasini bitiruvchisi ekanligi haqida ma'lumotnoma)
3️⃣ IELTS 5.5 (Sanoat boshqaruvi yo'nalishi uchun 6.0) yoki TOEFL iBT 46 (Sanoat boshqaruvi yo'nalishi uchun 60) va undan yuqori ballni ko‘rsatuvchi original sertifikatning elektron nusxasi (ushbu sertifikat haqiqiy ekanligi tekshiriladi)
4️⃣ Oxirgi 3 oy ichida olingan 3*4 rasm.

👉Arizalar 25-apreldan ushbu sayt orqali qabul qilinadi: https://admissions.newuu.uz/

Hujjat topshirish muddati: 25-aprel - 20-iyun

☎️Call-markaz: 71 202 41 11
#mehnatsevarlik_

"TOZALIK-SOG'LIQ GAROVI"

Mehnatsevarlik o'zbekning qon-qoniga singib ketgan xayrli fazilatlardandir. Xalqimiz orasida mehnat- shodlik rohat va baxt poydevori degan hikmatli so'z bejizga keng tarqalmagan.

Shu an'anaga muvofiq Buxoro shahridagi Prezident maktabida haftaning har murodbaxsh chorshanbasi "Mehnatsevarlik kuni" sifatida belgilangan.

Shu asnoda maktab o'quvchilari va Pedagog-tarbiyachilar "Tozalik-sog'lik garovi shiori ostida" hamkorlik, hamjihatlik tamoyillari asosida maktab hududida tozalash-saranjomlash ishlarini olib borishdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Факт 24 | «Янги Ўзбекистон» университети талабалари Мюнхен техника университетида амалиётда
#27apr #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
"IKKI ESHIK ORASI" - ADABIYOT DURDONASI

Buxoro shahridagi Prezident maktabida ertalabki nutq xalqimizning sevimli adibi O'tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romanining taqdimoti bilan boshlandi.

⚡️Roman o'tgan asrda ikkinchi jahon urushining boshqa xalqlar qatori o'zbek xalqi boshiga keltirgan kulfatlarni yoritishga bag'ishlangan.
Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram
#Soʻragan_edingiz

"Yangi O'zbekiston" universitetida imtihon qaysi fanlardan bo'ladi?
❗️ "Yangi O'zbekiston" universitetida imtihonlar quyidagicha yo'nalishlar kesimida bo'lib o'tadi:
Kimyo muhandisligi yo'nalishi uchun: matematika, kimyo
Mexanika muhandisligi yo'nalishi uchun: matematika, fizika
Dasturiy ta'minot muhandisligi yo'nalishi uchun: matematika, fizika
Nano- va ilg'or materiallar muhandisligi yo'nalishi uchun: matematika, fizika, kimyo
Sanoat boshqaruvi yo'nalishi uchun: matematika, tanqidiy va mantiqiy fikrlash

"Yangi O'zbekiston" universitetiga kirish uchun Duo Lingo sertifikati qabul qilinadimi?
Universitetda Ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi IELTS va TOEFL Ibt sertifikatlari qabul qilinadi

SAT sertifikatiga ega bo'lgan abituriyent matematika fani imtihonidan ozod qilinadimi?
❗️ Yo'q, bu sertifikat abituriyentni imtihondan ozod qilmaydi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Germany
#Internship

👨‍🎓 Nursultan Duysenbayev, a student of NUU, doing an internship at the TUM, talked about the processes at MakerSpace.
_________________
🧑‍🎓 Ayni paytda Myunxen texnika universitetida amaliyot o'tayotgan "Yangi O'zbekiston" universiteti talabasi Nursultan Duysenbayev MakerSpacedagi jarayonlar haqida.
#Xushxabar
#Prezident_maktablari

PREZIDENT MAKTABLARI UNIVERSITETLAR KENGASHINING A'ZOLIGIGA QABUL QILINDI!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablari College Board - Universitetlar kengashi a'zosiga aylandi. Mazkur kengashga a'zo bo'lish bilan Prezident maktablariga Kengash dasturlari va axborot-resurslaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ldi.

Shuningdek, Kengash rasmiy veb-saytida shaxsiy kabinetga ega bo'lish orqali o'quvchilarning SAT, PSAT va AP kabi imtihonlardan qo'lga kiritgan ballarini ko'rish va shu orqali oliy ta'limni rejalashtirish imkoni mavjud.

O'qituvchilar Kengash veb-sahifaga alohida hisob ochib, talabalarning SAT Assessments yoki AP imtihonlaridan to'plagan ballari haqida ma'lumot olishlari mumkin.

📌Ma'lumot o'rnida, College Board - universitetlar kengashiga butun dunyodagi 8500 dan ziyod ta'lim muassasalari a'zo hisoblanadi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Test_namunalari
#New_Uzbekistan_university

“YANGI O‘ZBEKISTON” UNIVERSITETIGA O‘QISHGA KIRISH ISTAGIDA BO'LGAN ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!

👉"Yangi O'zbekiston" universitetiga kirish imtihonlarining MATEMATIKA fanidan test namunalari - https://t.iss.one/newuzbekistanuniversity/719

Test namunalaridan foydalanib, 2022-2023-o'quv yili uchun imtihonlarga tayyorgarlik ko'rishingiz mumkin.

❗️Bizni kuzatib boring.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Факт 24 | 56-Халқаро Менделеев олимпиадасига жамоамиз қандай ҳозирлик кўрмоқда?
#28apr #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv