Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.51K subscribers
15.2K photos
1.29K videos
52 files
4.25K links
Download Telegram
#imtihon_2024

PREZIDENT, IJOD, IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI NATIJALARI QACHON EʼLON QILINADI?

❗️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi “Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga o‘quvchilarni saralab olish hamda qabul qilish tartibiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 214-son qaroriga koʻra:

Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalari birinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida, ikkinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida;

Ijod maktablariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari 3-bosqich kirish imtihonlari o‘tkazilgan kundan keyin 20 kun ichida;

Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar, Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida

IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGINING RASMIY SAHIFALARIDA E’LON QILINADI.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#New_Uzbekistan_university

⚡️“Yangi O‘zbekiston” universitetida Iqtisodiyot va Matematika yozgi ilmiy maktablarining yopilish marosimi oʻtkazildi


Ilmiy maktablarning maqsadi — iqtisod va matematika yoʻnalishlarida isteʼdodli yoshlarni aniqlash va ularni dunyo tan olgan olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish orqali mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar samaradorligini yanada oshirishdan iborat.

Iqtisodiyot va Matematika yozgi ilmiy maktablarida oʻzbekistonlik yoshlar qatorida Xitoyning turli oliygohlarida tahsil oluvchi 35 nafar talaba ishtirok etdi.

❗️Mazkur loyiha doirasida matematika va iqtisodiyot sohalari rivojiga oʻz hissasini qoʻshuvchi yosh olimlar hamjamiyati tuziladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Buxoro_shahridagi_prezident_maktabi
#eco_club

📌Ekologik toza muhitni birgalikda yaratamiz!!!

Buxoro shahridagi Prezident maktabi eco-faollarining "Yangi Harakati" ga qo'shiling va biz bilan bir to'lqinda bo'ling!

Aziz o'quvchilar, bilasizmi?
Eski, ishlatilgan batareykalar axlatga yoki ko'chalarga tashlansa o'ta salbiy oqibatlarga olib keladi;
Bunday chiqindini yo'qolib ketishi uchun kamida 500 yil kerak bo'ladi;
Batareykalar ona yerimizni o'ta zararli moddalar bilan zaxarlaydi;
Ular ona tabiatimizning o'simlik , hayvonot dunyosiga, insonlar sog'lig'iga katta zarar yetkazadi.

Yana qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi haqida endi Siz ma'lumot berasiz.

Ushbu Harakatga qanday qo'shilay deysizmi?

Eski batareykalarni alohida idishga yig'ing.
Zararlari haqida va ular chiqaradigan zaxarli
moddalar haqida ma'lumot yig'ing.
Sentabr oyida yig'gan batareykalaringizni maktabimizga olib keling.
Birgalikda barchasini ulilizatsiyaga topshiramiz!
Yig'gan ma'lumotlaringizni do'stlaringizga ulashing.

Biz ona tabiatimiz holatiga beparvo emasmiz, siz-chi???

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
Forwarded from Gulnaz Jadigerova
🎉We are happy to announce a call for applications for Young Climate Champions - the next generation of environmental leaders!

What do we expect from Climate Champions?

🔹Lead the dissemination of climate-related information and knowledge among your peers
🔹Organize eco challenges/events in your community
🔹Exchange ideas on climate change solutions

What will Climate Champions gain?
🔹Enhance your climate knowledge and interpersonal skills
🔹Participate in ecological conferences/forums, etc.
🔹Meet many new people and make many new friends
🔹Certificate of participation

📌 Who can apply?
- Schoolchildren of 15-18 years old
- Passionate about climate change

😍 Are you ready to take action and would like to join? Apply here

Deadline: 21 July 2024