Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.54K subscribers
13.5K photos
1.18K videos
47 files
3.92K links
Download Telegram
#New_Uzbekistan_university

⚡️ DUNYONING 1-RAQAMLI OLIYGOHI – MASSACHUSETTS TEXNOLOGIYA INSTITUTI TOMONIDAN OʻTKAZILADIGAN MAHORAT DARSLARIGA TAKLIF ETAMIZ!

Massachusetts texnologiya instituti tajribasi asosida oliy taʼlim muassasasini rivojlantirish istagida boʻlgan barcha OTM rahbarlari va professor-oʻqituvchilarini mahorat darslariga taklif qilamiz.

Mahorat darslari joriy yilning 29-aprel – 2-may kunlari “Yangi O‘zbekiston” universitetida boʻlib oʻtadi.

Unda taʻlim boshqaruvi, zamonaviy pedagogik oʻqitish metodikalari, mustaqil taʼlimni rivojlantirish va samarali tadqiqot olib borish kabi qator yo‘nalishlarida oʻz tajribangizni oshirishingiz mumkin.

Mahorat darsida ishtirok etgan ishtirokchilarga Massachusetts texnologiya instituti tomonidan sertifikat taqdim etiladi.

Mahorat darslarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻting.

Joylar soni chegaralanganligi sababli, talabgorlarning elektron pochta manziliga roʻyxatdan oʻtish tasdiqlangani haqida xabar yuboriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Qadrli ustozlar!

Ayni kunlarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari qizgʻin davom etmoqda. Har kuni yuzlab ustozlarimiz oʻzi dars berayotgan fanlardan test topshirib, yanada yuqori malaka toifalarini egallashmoqda.

Bu yilgi malaka sinov jarayonlari toʻliq avtomatlashtirilgan tizim asosida tashkil etilgan boʻlib, bu oʻz-oʻzidan jarayonlarning shaffof va adolatli oʻtkazish, inson omilini kamaytirishga xizmat qiladi.

Hurmatli pedagoglar!

Attestatsiya sinovlarida malaka toifasini olib berish boʻyicha turli takliflar bildirayotgan, buning uchun pul talab qilayotgan shaxslarning aldoviga uchmang va kasbiy obroʻyingizga xavf tugʻdirmang. Faqat oʻz bilimingizga tayaning, aziz ustozlar!

Shu oʻrinda yana bir maʼlumot!

Agar test jarayonlariga doir eʼtirozlaringiz boʻlsa,yoki korrupsion holatlarga duch kelsangiz attestatsiyaga doir murojaatlar uchun maxsus tashkil etilgan vazirlik Ishonch telefoni +998 88-827-09-09 yoki quyidagi bot manzili (https://t.iss.one/uzedu_vazirbot)ga yuborishingizni soʻraymiz.

Sizning shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi.

Mazkur telefon raqami orqali sizning murojaatingiz yozib olinadi. Savollaringizga tegishli mutaxassislar tomonidan oʻrnatilgan tartibda javob beriladi.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Buxoro_shahridagi_prezident_maktabi
#seminar_trening

"Pedagogik jamoada sog'lom muhitni shakllantirishning pedagogik- psixologik asoslari"

Buxoro shahar Prezident maktabida ixtisoslashtirilgan maktab psixologlari bilan "Pedagogik jamoada sog'lom muhitni shakllantirishning pedagogik- psixologik asoslari" mavzusida trening o'tkazildi.

📌Ushbu seminar-treningdan videolavha

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
📜 Buxoro shahridagi Prezident maktabi radiosida xalqimizning ardoqli shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan shoir ijodiga bagʻishlangan sheʼrxonlik dasturi tashkil qilindi.

🌿 Bunda ijodkor qalamiga mansub goʻzal kuy va qoʻshiqlar yangradi hamda adabiyot ixlosmandlari tomonidan betakror sheʼrlari ijro etildi. Dastur hafta yakuniga qadar davom etadi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
#Buxoro_shahridagi_prezident_maktabi
#speech_time

📌Buxoro shahridagi Prezident maktabida ertalabgi nutq yaqinda Farg’ona shahrida o’tlazilgan “Yosh fermer” loyihasi ishtirokchilarning taqdimoti bilan boshlandi.

📌Shuningdek, Koreya Respublikasiga ta’lim sayohati yo’llanmasini qo’lga kiritgan matematika fani ustozi Muhammedov Abbos taqdirlandi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
#Buxoro_shahridagi_prezident_maktabi
#seminar_trening

Buxoro shahar Prezident maktabida ixtisoslashtirilgan maktab matematika fani ustozlari uchun "Shashlik tayoqchalari va plastilin yordamida hajm va sirt yuzi topishga doir masalalar modelini tuzish" mavzusida trening o'tkazildi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram