Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.52K subscribers
13.6K photos
1.19K videos
50 files
3.96K links
Download Telegram
#OAV_biz_haqimizda

Joriy yilning 25-29-mart kunlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi hamda Kembrij xalqaro taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda o’tkazilgan ilmiy-amaliy treninglar haftaligi ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi:


✔️https://t.iss.one/mtrkuzofficial/198898

✔️https://t.iss.one/mtrkuzofficial/198872

✔️https://t.iss.one/toshkentkanali/11819

✔️https://t.iss.one/Yangidavr_rasmiy/17776

✔️https://uza.uz/uz/posts/582702

✔️https://t.iss.one/Rasmiy_xabarlar_Official/42960

✔️https://uza.uz/posts/584453

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Jizzax shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari ayol pedadog-murabbiylar haqida hujjatli film
tayyorladi.

Toshkent shahridagi
Prezident maktabi jamoasi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi tashabbusi bilan oʻtkazilgan "Zakovat" oʻyinida gʻolib boʻldi.

30-mart – Xalqaro chiqindisiz dunyo kuni doirasida
Buxoro, Nukus shahridagi Prezident maktablari, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi, Urganch, Guliston, Yangiyer shaharlari, Xonqa, Yozyovon, Fargʻona, Sariosiyo, Qorovulbozor, Mirzaobod, Norin, Kosonsoy, Oqdaryo, Do‘stlik tumanlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarida plogging aksiyalar tashkil etildi.

Andijon shahridagi Prezident maktabida “Milliy qadriyatlar yoshlar nigohida” shiori ostida tadbir
oʻtkazildi.

Ogahiy nomidagi
ijod maktabi va Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari IELTS sertifikatlarini qoʻlga kiritdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari "IT Park Uzbekistan" bilan yaqindan
tanishdi.

Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Diyorbek Abdujabborov Kurash musobaqasining Respublika bosqichiga
yoʻllanma oldi.

Qoʻqon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida favqulodda holatlar boʻyicha nazariy-amaliy mashgʻulot
oʻtkazildi.

Buxoro tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari Intellektual olimpiadada umumjamoa hisobida 2-oʻrinni
egalladi.

Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida mevali daraxtlar koʻchatlari va manzarali gullar
ekildi.

Shirin shahar ixtisoslashtirilgan maktabida harbiy qism bilan hamkorlikda harbiy estafeta
oʻtkazildi.

Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Hech kim hech qachon unutilmaydi" shiori ostida xotira tadbiri
boʻlib oʻtdi.

Bekobod shahar ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o‘quvchisi Jasur Isroilov xalqaro taʼlim grantini
qoʻlga kiritdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#New_Uzbekistan_university

⚡️IELTS 9 natijasiga ega ustozlardan mahorat darsiga taklif qilamiz

💫 “Yangi O‘zbekiston” universitetida 5-aprel kuni IELTS 9 natijasiga ega 4 nafar ustoz ishtirokida mahorat darsi tashkil etiladi. Unda yurtimizdan ilk IELTS 9 natijaga erishgan Bekzod Mirahmedov ham qatnashadi.

Mahorat darsida siz ingliz tilini mukammal o‘rganish va IELTS dan yuqori natijaga erishish sirlarini egallashingiz mumkin.

📝 Mahorat darsiga ro‘yxatdan o‘ting.

Vaqti: 5-aprel, soat 14:00
📍Manzil: “Yangi O‘zbekiston” universiteti

📶 Barchani mahorat darsiga taklif qilamiz.

#mahorat_darsi #IELTS9

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

DIQQAT TANLOV

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 7-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi “Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov uch yo‘nalishda tashkil etiladi:
- “Vatanni Najmiddin Kubrodek seving” mavzusida shoir she’rlariga nazira bog'lash;
- videorolik tayyorlash;
- shoir she’rlaridan tahliliy va publitsistik maqolalar, esse yozish.

Hakamlar tomonidan g‘olib deb topilgan eng sara ijodiy ishlar shoir tavalludining 70 yilligi munosabati bilan oʻtkaziladigan Andijon viloyati tadbiri arafasida taqdirlanadi.

Ijodiy ishlar joriy yilning 15-aprel kuniga qadar @Durdona_Abdukarimxodjayeva telegram manziliga yuborishingiz so‘raladi.

Telegram | Instagram | Facebook| You tube
#Buxoro_shahridagi_prezident_maktabi

“BOLA AZIZ-TARBIYASI UNDAN AZIZ”

“Bola tarbiyasida , eng avvalo , oila hayotini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga ega. Chunki oilada katta yoki kichik narsa bo‘lmaydi. Hamma narsa, hatto, eng oddiy bo‘lib ko‘rinadigan oilaviy munosabatlar ham bolaga ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, rostgo‘ylik, samimiylik, sadoqatlik va shirinsuhan bo‘lish bola kamolotidagi muhim hayotiy vositalardan biridir” – Abu Ali ibn Sino.

📌Buxoro shahridagi Prezident maktabining barcha sinflaridagi bugungi Ma’rifat soati “Bola - aziz, tarbiyasi undan aziz” mavzusiga bag’ishlandi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
#Buxoro_shahridagi_prezident_maktabi

“BIRINCHI RENESSANS-ILM-MA’RIFAT YUKSALISHINING ASOSI”

📌”Birinchi renessans-ilm-ma’rifat yuksalishining asosi” mavzusida Buxoro shahridagi Prezident maktabida navbatdagi zakovat intellektual o’yini bo’lib o’tdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram