Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.48K subscribers
15K photos
1.28K videos
52 files
4.22K links
Download Telegram
⚡️Yangi marralar muborak bo’lsin!

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “8-mart – Xalqaro Xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Quvonarlisi, mukofotlanganlar orasida Agentligimiz tizimida va loyihalarimizda faoliyat olib borayotgan ayol-qizlarimiz ham bor:

🔸Nukus shahridagi Prezident maktabining ijrochi direktori Nursulu Baltabaeva
🔸Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi direktori
Dilafruz Hamdamova “Shuhrat" medali bilan
🔸hamda
Digital Generation Uzbekistan koordinatorlaridan Durdona Bahronova “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi.

🎗Shuningdek, Xiva shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o’quvchisi Madina Sadullayeva Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori bo’ldi.

✔️
Ta’kidlash joiz, jamiyat taraqqiyotida ayol-qizlarning o’rni beqiyos. O’z sohasini chuqur egallab, Vatanimiz rivojiga munosib hissa qo’shib kelayotgan ayol-qizlarimizni samimiy tabriklaymiz.

Parvozlaringiz doimo baland bo’lsin, aziz opa-singillar!
⚡️Toshkentdagi Xalqaro Kongress markazida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbir avvalida davlatimiz rahbari barcha ayol-qizlarni 8-mart bayrami bilan samimiy qutladi va 2022—2026-yillarga mo‘ljallangan “Xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi” qabul qilinganini ma’lum qildi:

- Ushbu hujjat doirasida poytaxtda xotin-qizlar uchun alohida universitet va joylarda uning texnikumlarini tashkil etamiz. Barcha talaba qizlarga ta'lim kontraktlarini to‘lash uchun 7 yil muddatga foizsiz kredit berish tartibi joriy qilinadi. Ushbu ishlarimizning mantiqiy davomi sifatida ilmiy izlanish va kashfiyotlari bilan yurtimiz ravnaqiga katta hissa qo‘shib kelayotgan olima ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ishlarini yangi bosqichga ko‘taramiz,-dedi Prezident.

Tadbirda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzurida “Olima ayollar” jamiyati tuzilishi e'lon qilindi. Shuningdek, Parlament va mahalliy kengashlarda, turli sohalarda bilimdon va fidoyi opa-singillarimizning ulushi ko‘paytirilishi ma'lum qilindi.

Bayram tadbiri davom etmoqda.
#Agentlik_olimpiadasi
#Baholash_jarayoni

🔴Agentlik olimpiadasining baholash jarayonlari bo'lib o'tmoqda

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda joriy yilning 2-5-mart kunlari STEM fanlari bo‘yicha olimpiadaning Agentlik bosqichi o'z nihoyasiga yetdi.

Hozirda olimpiada natijalari yuzasidan baholash jarayoni bo'lib o'tmoqda.

✔️Unda har bir fan bo‘yicha hakamlar hay’ati tashkil etilgan, jarayonlar yo‘riqnoma asosida shaffof, adolatli tarzda olib borilmoqda.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор
#Ijod_maktablari

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi Aynura Alimjanova Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qarg'i Kengesi tomonidan "Umit ushqini" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

Aynura, shuningdek 2021-yilda "Yosh kitobxon" tanlovida faxrli II o'rinni egallagan.

✔️O'quvchimizning keyingi ishlarida ham omad tilaymiz!

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Test_namunalari_8_qism
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

❗️Agentlik tizimidagi Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga o‘qishga kirish istagidagi o‘quvchilar diqqatiga!

⚡️
Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinf rus guruhlari uchun FIZIKA fanidan test namunalari.

📆 Eslatib o’tamiz, haftaning har dushanba va shanba kunlari Agentlik tizimidagi Prezident va ixtisoslashlashtirilgan maktablarga qabul imtihonlari test namunalarini e'lon qilib boramiz.

✔️Bilimingizni biz bilan sinab ko'ring!
______
Образцы тестов по ФИЗИКE для русскоязычных групп 7 класса специализированной школы имени Мирзо Улугбека.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Эътироф

”Yuksalish” umummilliy harakati Ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslar instituti ekspertlari bilan hamkorlikda davlat tuzilmalari, muassasalari va jamoat tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan 40 nafar ayollarning yillik ro'yxatini e’lon qildi.

⚡️Mazkur ro’yxatdan Prezident ta’lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova ham o’rin olgan.

📌Reytingni shakllantirishda xotin-qizlarimizning fuqarolik jamiyatidagi o'rni, ular mehnat qilayotgan tashkilotlarning mamlakat siyosiy kun tartibini shakllantirish, tarmoqlarni rivojlantirish va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni amalga oshirishdagi institutsional ta’sir darajasi inobatga olindi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Tabriknoma

Aziz ayollar! Munis va lobar qizlar!

Ayol borki, olam munavvar. Jamiyatning, davlatning taraqqiyotini fidokor ayol-qizlarimizsiz tasavvur etib bo'lmaydi.

Sizlarni bugungi ayyom - Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimizdan tabriklab, xonadoningizga qut-baraka, ishlaringizga rivoj tilaymiz.

Hamisha elimiz va yaqinlaringiz ardog‘ida bo'lib yuring!

Bayram muborak bo'lsin!

Hurmat bilan,
Prezident ta'lim muassasalari agentligi jamoasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев: Аёл қадри, инсон қадри улуғланган юртда тинчлик ва фаровонлик, аҳиллик ва барака албатта барқарор бўлади

Президент Шавкат Мирзиёев: В стране, где возвеличиваются честь и достоинство женщины, всегда будут царить мир и благополучие, согласие и стабильность

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#TESOL_Arabia

⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligi delegatsiyasi "TESOL Arabia" 26-xalqaro konferensiya va ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun jo'nab ketdi.

Delegatsiyada Agentlik vakillari va tizimidagi maktablar o'qituvchilari ishtirok etishmoqda.

📍”TESOL Arabia” 26-xalqaro konferensiyasi joriy yilning 11-13-mart kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo'lib o'tadi.

Jarayonlar haqida rasmiy sahifalarimizda yoritib boramiz. Bizni kuzatib boring.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Таълим_ислоҳотчилари_учун
#Yangi_kitob

"JAHON MIQYOSIDAGI TA'LIM. XXI ASR MAKTAB TIZIMINI QANDAY BARPO ETMOQ KERAK?" NOMLI NOYOB KITOB O‘ZBEK TILIDA NASHR ETILDI

⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligi va Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan ta'lim tadqiqotchisi Andreas Shlyayxerning "JAHON MIQYOSIDAGI TA'LIM. XXI ASR MAKTAB TIZIMINI QANDAY BARPO ETMOQ KERAK?" kitobi 5000 nusxada chop etildi.

✔️Andreas Shlyayxerning ushbu asari ta'lim tizimiga daxldor barcha uchun ta'limning maqsad va mohiyatini chuqur anglash, o‘z ta'lim tizimini isloh qilayotgan mamlakatlar tajribasidan foydalanish, tahlil qilish imkonini beradi.

❗️Ushbu kitob yurtimizdagi ta'lim tashkilotlariga bepul tarqatiladi.

👉Batafsil saytimizda o'qing.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор

⚡️PREZIDENT MAKTABI O‘QUVCHISI MILLION DOLLARDAN ZIYOD GRANTNI QO‘LGA KIRITDI

📣Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Namangan shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Ibrohim Karimjonov dunyo reytingida yuqori o‘rinlarda turuvchi 12 ta xorijiy universitetga o‘qishga qabul qilindi. U jami 1 million 123 ming AQSH dollariga teng grant sohibi bo'ldi.

📌 Darvoqe, bu hammasi emas, Ibrohim boshqa oliy o‘quv yurtlariga ham hujjat topshirgan va natijalarni kutmoqda.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube