Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.54K subscribers
13.4K photos
1.17K videos
47 files
3.92K links
Download Telegram
#Bayram_tadbiri

Bugun, 5-mart kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan "Yaxshiyam borsiz" nomli bayram dasturi bo'lib o'tdi.

Tadbirni Agentlik direktori Hilola Umarova ochib berib, bayram bilan samimiy tabrikladi:

- Bahor yangilanishlar, bayramlar fasli hisoblanadi. Hammangizni bahor ayyomi bilan, 8-mart bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ayol avvalo ona, ustozdir. Onajonlarimizga, ustozlarimizga, munis ayol-qizlarimizga bayram muborak bo'lsin!

Tadbirda maktab o'quvchilari tomonidan tayyorlangan turli sahna ko'rinishlari va badiiy chiqishlar namoyish etilib, qatnashchilarga ko'tarinki ruh bag'ishladi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
8 Март – Халқаро Хотин-қизлар куни муносабати билан мукофотлаш тўғрисида

О награждении в связи с Международным женским днем – 8 марта

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
⚡️Mukofot muborak!

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “8-mart – Xalqaro Xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Farmon bilan jumladan, o‘zining samarali mehnati, boy amaliy tajribasi bilan yurtimizda olib borilayotgan tub islohotlar jarayonida faol qatnashib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish ishlariga katta hissa qo‘shayotgan xotin-qizlar davlatimizning orden va medallari bilan mukofotlandi.

Ular orasida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi:

✔️Nukus shahridagi Prezident maktabining ijrochi direktori Nursulu Baltabaeva va
✔️ Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi direktori
Dilafruz Hamdamova “Shuhrat" medali bilan taqdirlandi.

🔰Shuningdek, Xiva shahridagi Prezident maktabi 10-sinf o’quvchisi Madina Sadullayeva Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori bo’ldi.

Muborak bo‘lsin!
⚡️Yangi marralar muborak bo’lsin!

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “8-mart – Xalqaro Xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Quvonarlisi, mukofotlanganlar orasida Agentligimiz tizimida va loyihalarimizda faoliyat olib borayotgan ayol-qizlarimiz ham bor:

🔸Nukus shahridagi Prezident maktabining ijrochi direktori Nursulu Baltabaeva
🔸Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi direktori
Dilafruz Hamdamova “Shuhrat" medali bilan
🔸hamda
Digital Generation Uzbekistan koordinatorlaridan Durdona Bahronova “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi.

🎗Shuningdek, Xiva shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o’quvchisi Madina Sadullayeva Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori bo’ldi.

✔️
Ta’kidlash joiz, jamiyat taraqqiyotida ayol-qizlarning o’rni beqiyos. O’z sohasini chuqur egallab, Vatanimiz rivojiga munosib hissa qo’shib kelayotgan ayol-qizlarimizni samimiy tabriklaymiz.

Parvozlaringiz doimo baland bo’lsin, aziz opa-singillar!
⚡️Toshkentdagi Xalqaro Kongress markazida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbir avvalida davlatimiz rahbari barcha ayol-qizlarni 8-mart bayrami bilan samimiy qutladi va 2022—2026-yillarga mo‘ljallangan “Xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi” qabul qilinganini ma’lum qildi:

- Ushbu hujjat doirasida poytaxtda xotin-qizlar uchun alohida universitet va joylarda uning texnikumlarini tashkil etamiz. Barcha talaba qizlarga ta'lim kontraktlarini to‘lash uchun 7 yil muddatga foizsiz kredit berish tartibi joriy qilinadi. Ushbu ishlarimizning mantiqiy davomi sifatida ilmiy izlanish va kashfiyotlari bilan yurtimiz ravnaqiga katta hissa qo‘shib kelayotgan olima ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ishlarini yangi bosqichga ko‘taramiz,-dedi Prezident.

Tadbirda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzurida “Olima ayollar” jamiyati tuzilishi e'lon qilindi. Shuningdek, Parlament va mahalliy kengashlarda, turli sohalarda bilimdon va fidoyi opa-singillarimizning ulushi ko‘paytirilishi ma'lum qilindi.

Bayram tadbiri davom etmoqda.
#Agentlik_olimpiadasi
#Baholash_jarayoni

🔴Agentlik olimpiadasining baholash jarayonlari bo'lib o'tmoqda

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda joriy yilning 2-5-mart kunlari STEM fanlari bo‘yicha olimpiadaning Agentlik bosqichi o'z nihoyasiga yetdi.

Hozirda olimpiada natijalari yuzasidan baholash jarayoni bo'lib o'tmoqda.

✔️Unda har bir fan bo‘yicha hakamlar hay’ati tashkil etilgan, jarayonlar yo‘riqnoma asosida shaffof, adolatli tarzda olib borilmoqda.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор
#Ijod_maktablari

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi Aynura Alimjanova Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qarg'i Kengesi tomonidan "Umit ushqini" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

Aynura, shuningdek 2021-yilda "Yosh kitobxon" tanlovida faxrli II o'rinni egallagan.

✔️O'quvchimizning keyingi ishlarida ham omad tilaymiz!

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Test_namunalari_8_qism
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

❗️Agentlik tizimidagi Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga o‘qishga kirish istagidagi o‘quvchilar diqqatiga!

⚡️
Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinf rus guruhlari uchun FIZIKA fanidan test namunalari.

📆 Eslatib o’tamiz, haftaning har dushanba va shanba kunlari Agentlik tizimidagi Prezident va ixtisoslashlashtirilgan maktablarga qabul imtihonlari test namunalarini e'lon qilib boramiz.

✔️Bilimingizni biz bilan sinab ko'ring!
______
Образцы тестов по ФИЗИКE для русскоязычных групп 7 класса специализированной школы имени Мирзо Улугбека.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Эътироф

”Yuksalish” umummilliy harakati Ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslar instituti ekspertlari bilan hamkorlikda davlat tuzilmalari, muassasalari va jamoat tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan 40 nafar ayollarning yillik ro'yxatini e’lon qildi.

⚡️Mazkur ro’yxatdan Prezident ta’lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova ham o’rin olgan.

📌Reytingni shakllantirishda xotin-qizlarimizning fuqarolik jamiyatidagi o'rni, ular mehnat qilayotgan tashkilotlarning mamlakat siyosiy kun tartibini shakllantirish, tarmoqlarni rivojlantirish va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni amalga oshirishdagi institutsional ta’sir darajasi inobatga olindi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Tabriknoma

Aziz ayollar! Munis va lobar qizlar!

Ayol borki, olam munavvar. Jamiyatning, davlatning taraqqiyotini fidokor ayol-qizlarimizsiz tasavvur etib bo'lmaydi.

Sizlarni bugungi ayyom - Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimizdan tabriklab, xonadoningizga qut-baraka, ishlaringizga rivoj tilaymiz.

Hamisha elimiz va yaqinlaringiz ardog‘ida bo'lib yuring!

Bayram muborak bo'lsin!

Hurmat bilan,
Prezident ta'lim muassasalari agentligi jamoasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев: Аёл қадри, инсон қадри улуғланган юртда тинчлик ва фаровонлик, аҳиллик ва барака албатта барқарор бўлади

Президент Шавкат Мирзиёев: В стране, где возвеличиваются честь и достоинство женщины, всегда будут царить мир и благополучие, согласие и стабильность

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter