Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.54K subscribers
13.4K photos
1.17K videos
47 files
3.92K links
Download Telegram
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#ixtisoslashtirilgan_maktabi
#ustozlar_kuni

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Buxoro tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ingliz tili o‘qituvchisi, ingliz tili boyicha filolog (tadqiqotchi-pedagog) , oliy toifali pedagog Gaffurova Gulnozaning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin:

2023-yilda Buxoro Davlat Universitetining magistratura bosqichini tamomlagan;
2023-yil Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan ochiq darslar festivalida faxriy yorligi bilan taqdirlangan;
2022-yildan buyon ixtisoslashtirilgan maktab ingliz tili oqituvchisi
15 ga yaqin ilmiy-metodik maqolalar muallifi, 10 dan ortiq maqolalari xalqaro ilmiy jurnallarda chop etilgan;
2023-yilda Mustaqil Davlatlar hamdostligi miqyosida tashkil etilgan ilmiy-amaliy konferensiyada "Oz kasbining fidoiysi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan;
ingliz tilidan CEFR C1 milliy sertifikati sohibi;
10 dan ortiq xalqaro konferensiyalar ma’ruzachisi;
''Yil o'qituvchisi'' ko'rik tanlovi viloyat bosqichi sovrindori

📌 Uning o‘quvchilari ham qator muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda:

🔸2019-yil oquvchisi ingliz tili fanidan fan olimpiadasi viloyat bosqichida I orinni egallagan
🔸2021-yil 2 nafar o’quvchilari xalqaro IELTS imtihonidan 7-7.5 ballik natijani qolga kiritishgan


💫 O'qituvchimizning kelgusidagi ishlarida omad va ulkan zafarlar hamrohligini tilaymiz!

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram
#speech_time
#1_qism

Buxoro shahridagi Prezident maktabida 1-oktyabr "O'qituvchilar va murabbiylar kuni" munosabati bilan maktabda tadbir uyushtirildi.
Tadbir paytida o'quvchilari mehridaryo ustoz va pedagoglarga samimiy tilaklar
va tabriknomalar ulashishdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun barchamiz uzoq kutgan "Pedagogning maqomi to‘g‘risida"gi qonun Oliy Majlis Senati tomonidan qabul qilindi.

Mazkur Qonun ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan 640 mingdan ziyod pedagog — tarbiyachi, o‘qituvchi va murabbiylarining haq-huquqlarini, jamiyatdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishga, ular orqali farzandlarimiz tahsil olayotgan ta’lim dargohlaridagi muhitni yaxshilashga xizmat qilishi shubhasiz.

Davlatimiz rahbarining pedagoglarimiz faoliyatini himoya qilishga qaratilgan bir qator Qaror va Farmonlari mavjud bo‘lib, ular orqali pedagoglarni moddiy qo‘llab-quvvatlash, ularning haq-huquqlarini himoya qilish uchun shart-sharoit va huquqiy asoslar yaratilgan. Shunga qaramay, pedagoglarimizning nufuzini oshirish uchun ushbu Qonun juda muhim edi.

Qonun eng avvalo bugungi kunda juda ko‘p muhokamalarga sabab bo‘ladigan masala, pedagog xodimlarga o‘z kasbiy faoliyati bilan shug‘ullanishiga g‘ayriqonuniy ravishda aralashuvlardan himoyalanish huquqi berilayotganligi bilan ham ahamiyatga molik. Mana shu birgina jihat, ya’ni pedagog o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirish chog‘ida o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilishi, pedagogning nufuzini yangi bosqichga ko‘taradi, deb o‘ylayman.

Fursatdan foydalanib yaqinlashib kelayotgan qutlug‘ sana bilan tabriklayman, bugungi qabul qilingan Qonun barchamizga muborak bo‘lsin!
#Xon_atlas_festivali
#Chellendj

🌈"Xon atlas"
festivalida Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi tizimidagi Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida  "Xon atlas" festivali davom etmoqda.
Barcha o‘quvchilar va ustozlar bu ommaviy tadbirda faol ishtirok etishmoqda.

🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook | You tube