Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.51K subscribers
14.6K photos
1.25K videos
52 files
4.14K links
Download Telegram
#imtihon_natijalari_2023
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔔 IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!

📆 Joriy yilning 28-29-30-iyul kunlari Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi.

Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambotlari orqali bilishingiz mumkin:

🤖 @natijalar_2023_1_bot
🤖 @natijalar_2023_2_bot
🤖 @natijalar_2023_3_bot
🤖 @natijalar_2023_4_bot
🤖 @natijalar_2023_5_bot

‼️ ESLATMA! Natijalarni bilish istagida bo'lgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda so'rov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_natijalari_2023
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

❗️Kuzatuvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga o‘tkazilgan imtihon natijalarini aniqlash uchun Agentlikning maxsus qo'shimcha telegrambotlari ishga tushurildi:

🤖 @natijalar_2023_6_bot
🤖 @natijalar_2023_7_bot
🤖 @natijalar_2023_8_bot
🤖 @natijalar_2023_9_bot
🤖 @natijalar_2023_10_bot

‼️ ESLATMA! Natijalarni bilish istagida bo'lgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda so'rov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2023

📝 IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARIGA APELLATSIYAGA ARIZA BERISH TERTIBI

📌 Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan:

O‘quvchilar kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda natija e’lon qilingan vaqtdan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.

Kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan o‘quvchilarning murojaatlari Agentlikda tegishli mutaxassislardan tuzilgan apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Apellatsiya komissiyasiga Agentlik direktori o‘rinbosari raislik qiladi.

Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi va arizani qanoatlantirish yoki rad qilish to‘g‘risida murojaatchiga xulosa beradi.

Apellatsiya komissiyasining norozilik arizasini qanoatlantirish to‘g‘risidagi xulosasi o‘quvchilarga arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ball qo‘shib berilishiga asos bo‘ladi.

Apellatsiya komissiyasiga boshqa o‘quvchilarning ishlarini ko‘rib chiqish va murojaatchining ishi bilan solishtirishga ruxsat berilmaydi.

O‘quvchilar va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) berilgan javoblardan norozi bo‘lgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi organlarga murojaat etish huquqlariga ega.

📬 Apellatsiya arizasini bermoqchi bo‘lgan talabgor ushbu elektron manzilga murojaat qilishi mumkin:

⚪️ HAVOLA

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ogoh_boʻling

❗️Agentligimiz tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga farzandlari hujjat topshirgan ota-onalar diqqatiga

Farzandingizning qayta imtihon topshirishi mumkinligi va ularni o'qishga kiritib qo'yishni va'da qilib sizga aloqaga chiqayotgan turli firibgarlarning yolg'on xabarlariga ishonmang!

🙅‍♂ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi birorta maktabga qayta imtihon o'tkazilmaydi.

❗️Aldanib qolmang. Hech qaysi maktabga imtihonlar qayta o'tkazilmaydi.

📞 Agar shunday va'dalar berayotgan firibgarlarga duch kelsangiz zudlik bilan Agentlikning 1206 qisqa raqamiga yoki +998712074048 ishonch telefoniga hamda https://t.iss.one/piimasavollar_bot iga murojaat qilishingizni so'raymiz.

❗️Qanday savollaringiz bo'lsa Agentlikning qabul jarayonlari bo'yicha maxsus tashkil qilingan 1206 qisqa raqami orqali rasmiy ma'lumotlarni olishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#infografika_
#Buxoro_Prezident_maktabi
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor


Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Buxoro shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari xalqaro imtihonlarda yuqori natijalarni qayd etishda davom etishmoqda.

▶️Jumladan, xalqaro IELTS
Imtihonida Buxoro shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o'quvchilari:
1.Yuldashev Javohir-8
2.Baratova Zamira-8
3.Jo'rayev Akbar-8
4.Fazliddinova Dilnoza-7.5
5.Muhammedov Mirshod-7.5
6.Murodillayeva Hadiyabonu-7.5
7.Ibodullayev Abdulaziz-7.5
8.Po'latov Sardorbek-7.5
9.Safarov Ozodbek-7.5
10.Xayrillayeva Gavharbegim-7
11.Murodov Shohjahon-7
12.Negmurotov Islomjon-7
13.Davronov Nizomiddin-7
14.Rasulov Azizbek-7
15.Rajabboyev Mirfayz-7
16.Rahmatullayev Azizbek-7
17.Rahimov Asilbek-7
18.Ro'zimurodov Mirfayz-6.5
19.Beshimov Faxriddin-6.5
20.Xusanov Asilbek-6.5
21.Asadov Javohir-6.5
natijalarni qo'lga kiritishdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
👨‍🏫O‘qituvchilar o‘rtasida “Zakovat” turnirida qatnashib, 100 mln so‘m egasiga aylaning!

📣O‘qituvchilar uchun xushxabar! Bu yil ham ushbu soha vakillari o‘rtasida “Zakovat” turniri o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda!

Turnirda turli xususiy o‘quv kurslari, o‘quv markazlari o‘qituvchilaridan tashqari O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha ta’lim muassasalarining (shuningdek, turli davlat tashkilotlari tizimidagi malaka oshirish markazlarining) o‘qituvchilari qatnashishi mumkin.

Turnirda har bir ta’lim muassasasi nomidan faqat bitta jamoa ishtirok etishi mumkin.

Turnirda ishtirok etuvchi jamoalar tarkibi 6 nafar asosiy va 1 nafar zaxira ishtirokchidan iborat bo‘ladi. Jamoaga zaxira o‘yinchisini jalb qilish ixtiyoriy hisoblanadi.

Turnir quyidagi ikki bosqichda o‘tkaziladi:

- saralash bosqichi;
- respublika bosqichi.

Har bir hududdagi saralash o‘yinlaridan o‘tgan 3 tadan jamoa Respublika bosqichida ishtirok etadi. Saralash bosqichida hududlarga beriladigan yo‘llanmalar soni ushbu hududlardan kelib tushgan arizalar soniga qarab ko‘paytirilishi mumkin.

Turnirda ishtirok etish uchun o‘qituvchilar jamoasi turnir nizomiga 1-ilovada keltirilgan ariza namunasini to‘ldirgan holda, ta’lim muassasasi rahbari imzosi hamda tashkilot muhri bilan birgalikda [email protected] elektron pochtasi orqali 11-sentabr kuniga qadar (shu kuni ham) ariza yuborishlari lozim.

Turnirda g‘olib bo‘lgan jamoalar quyidagi miqdorda rag‘batlantiriladi:

1-o‘rin uchun - 100 mln so‘m;
2-o‘rin uchun - 60 mln so‘m;
3-o‘rin uchun - 40 mln so‘m.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘qituvchilar_o‘rtasida_Zakovat_intellektual_turniri_nizomi.pdf
216.5 KB
O‘qituvchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual turniri nizomi

📄 Turnirda qatnashish uchun beriladigan ariza namunasi mazkur nizomning 1-ilovasida keltirilgan.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Assalom Buxoro" tonggi dasturida Buxoro shahridagi Prezident maktabi ijodkor ustoz va o'quvchilari ishtirokida O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan " Yangi hayot uchun, Yangi O'zbekiston uchun" degan bosh g'oyani mujassam etgan videolavha namoyish etildi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Uzreport news | Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarining natijalari haqida
#uzreport_tv

2022-yilda 14 ta Prezident maktablari Xalqaro Kembridj tashkilotining akkreditasiyasidan muvaffaqiyatli o‘tib, rasmiy “A Level” imtihon markazlariga aylangan bo‘lsa, 2023-yilda 6 ta (Toshkent, Jizzax, Buxoro, Andijon, Xiva va Navoiy) hududdagi Prezident maktablari SAT (akademik baholash testi) xalqaro sertifikati imtihonlarini o‘tkazadigan rasmiy markazlari sifatida tan olindi;

2023-yilda Prezident maktablarini 326 nafar o‘quvchi bitirib, barchasi (100%) xalqaro til bilish (IELTS) sertifikatini qo‘lga kiritishdi. Ularning 50 foizi (168 nafari) xalqaro matematika va ingliz tilini bilish darajasini baholovchi (SAT) sertifikatga ega bo‘lishdi;

Prezident maktablari bitiruvchilarning 281 nafari muddatidan oldin nufuzli xalqaro universitetlarga qabul qilindi. Shundan 51 nafari to‘liq grant asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Jizzax, Navoiy, Farg‘ona, Xiva, Termiz va Nukus shaharlaridagi Prezident maktablaridan jami 12 nafar bitiruvchilar “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasi g‘olibi bo‘ldi.

🇺🇿 PREZIDENT MAKTABLARINING RASMIY SAHIFALARI:

🕊 Andijon shahridagi Prezident maktabi
🕊 Buxoro shahridagi Prezident maktabi
🕊 Guliston shahridagi Prezident maktabi
🕊 Jizzax shahridagi Prezident maktabi
🕊 Qarshi shahridagi Prezident maktabi
🕊 Navoiy shahridagi Prezident maktabi
🕊 Namangan shahridagi Prezident maktabi
🕊 Nukus shahridagi Prezident maktabi
🕊 Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
🕊 Samarqand shahridagi Prezident maktabi
🕊 Fargʻona shahridagi Prezident maktabi
🕊 Xiva shahridagi Prezident maktabi
🕊 Termiz shahridagi Prezident maktabi
🕊 Toshkent shahridagi Prezident maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Boshlang‘ich sinflar uchun tayyorlangan zamonaviy darsliklar ko‘rgazmasi tashkil etildi

Poytaxtimizdagi 60-umumta’lim maktabida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan boshlang‘ich sinflar uchun tayyorlangan zamonaviy darsliklar ko‘rgazmasi bo'lib o'tdi.

Tadbirda Saida Mirziyoyeva, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova hamda soha vakillari ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva:
Yurtimizda ta’limga katta e’tibor berilayotganligi sababli ayni vaqtda maktablarimiz infratuzilmasi kundan-kun yaxshilanib boryapti. O‘qituvchilarni maktabga qaytarish Prezidentimizning armoni va orzusi edi. Bugun o‘qituvchi darsda.

Endi ularga tajriba, bilim va o‘qitish uchun dasturlar, metodika va darsliklar kerak. Bu yil boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsliklari tubdan yangilanyapti.

Shu bilan birga yangi metodika asosida Toshkentda 300 nafar ilg‘or pedagog o‘z malakasini oshirdi. Umid qilamanki, ustozlarimiz zamonaviy bilim va qo‘nikmalarni qunt bilan o‘zlashtirib, qolgan hamkasblariga
ham ularni yetkazishadi.

✔️ Tadbirda so‘z olgan vazir Hilola Umarova so‘nggi yillarda tizimda olib borilayotgan islohotlar natijasida ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning moddiy-ma’naviy sharoiti tubdan yaxshilanib borayotgani hamda maktablarda ta’lim-tarbiya sifatini oshirishning zamonaviy texnologiyalari joriy qilinayotganligi aytib o‘tdi.

❗️Tadbir davomida kimyo, biologiya va fizika fanlaridan tayyorlangan virtual laboratoriyaning taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Shu bilan birga “Global Teacher Prize” tanlovining milliy bosqichiga start berildi.

👉 Batafsil

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️OʻQUVCHILARIMIZ HECH QANDAY IMTIYOZSIZ, OʻZ BILIMLARI BILAN XORIJIY VA MAHALLIY OLIY TAʼLIM MUASSASALARIGA OʻQISHGA KIRISHMOQDA

❗️14 ta Prezident maktabini 326 nafar oʻquvchi bitirdi.
📊 Shundan:
🌎 281 nafari muddatidan oldin nufuzli xalqaro universitetlarga qabul qilindi. Ularning 51 nafari to‘liq grant asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
45 nafar bitiruvchilar Xorijdagi nufuzli universitetlarning Oʻzbekistondagi filiallari hamda mahalliy OTMlarga grant asosida oʻqishga qabul qilindi.

❗️9 ta Ijod maktabini 223 nafar oʻquvchi bitirdi.
📊 Shundan:
🌍 33 nafari nufuzli xalqaro universitetlarga qabul qilindi.
217 nafar Xorijdagi nufuzli universitetlarning Oʻzbekistondagi filiallari hamda mahalliy OTMlarga oʻqishga kirgan oʻquvchilarning 83 nafari grant, 134 nafari toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan.

❗️3 ta tayanch (Abu ali ibn Sino, Mirzo Ulug'bek hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi) ixtisoslashtirilgan maktabini 218 nafar oʻquvchi bitirdi.
📊 Shundan:
🌏 31 nafari nufuzli xalqaro universitetlarga qabul qilindi.
187 nafar Xorijdagi nufuzli universitetlarning Oʻzbekistondagi filiallari hamda mahalliy OTMlarga oʻqishga kirgan oʻquvchilarning 66 nafari grant, 121 nafari toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2023
#prezident_maktablari

📣 PREZIDENT MAKTABLARINING BO‘SH O‘RINLARIGA HUJJAT TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA

📝Prezident maktablarining bo‘sh o‘rinlariga kirish imtihonlari shu yilning 29-avgust kuni soat 11:00da Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo‘lib o‘tadi.

📑 Bo‘sh o‘rinlarga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin:

PREZIDENT MAKTABLARI

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qorabog‘da Mirzo Ulug‘bek nomidagi maktab ochildi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi 1-sonli maktabda 40 ta sinfxona, 6 ta laboratoriya, 2 ta informatika xonasi, 5 ta funksional o‘quv xonasi, majlislar va sport zallari, oshxona, kutubxona mavjud. Futbol maydoni, dam olish va tadbirlar o‘tkazish uchun joylar, yugurish yo‘laklari tashkil qilingan.

#Mirziyoyev #tashrif #Ozarbayjon #maktab

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube