Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.54K subscribers
13.4K photos
1.17K videos
47 files
3.92K links
Download Telegram
#seminar_trening
#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar uchun joriy yilning 15-18-avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar miqyosida o‘quv-treninglar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

📆 Bugun, 15- avgust kuni Agentligimiz tizimidagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Toshkent shahridagi pedagog xodimlar uchun o‘quv-treninglar bo‘lib o‘tmoqda.

Unda pedagoglarga yangi baholash tizimining yutuqlari va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish, o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish hamda takomillashtirilgan mahalliy fan dasturlari va qo‘llanmalaridan samarali foydalanish to‘g‘risidagi ma'lumotlar berildi.

Seminarlar davomida o‘qituvchilar o‘quv jarayonini
rejalashtirish, ta’lim samaradorligini ta’minlash, o‘quvchining
ehtiyojini hisobga olgan holda ta’lim dasturlarini amalga oshirish, hamkasblar va o‘quvchilarning ota-onalari bilan hamkorlik qilish singari mavzularda o‘zaro fikr almashadilar.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

📢 2023/2024-O‘QUV YILIDAN "YANGI O‘ZBEKISTON" UNIVERSITETIDA QATOR YANGI O‘QUV YO‘NALISHLARI TASHKIL QILINMOQDA

Jumladan:

Pedagogika;
Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili;
Amaliy matematika;
Sun’iy intellekt va robotexnika;
Kiberxavfsizlik;
Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi yo‘nalishlari yangi tashkil qilindi.

"Yangi O‘zbekiston" universitetida 10 nafar professor-o‘qituvchi Germaniya, AQSH, Koreya, Rossiya davlatlaridan jalb qilingan.

87 ta mahalliy va xorijiy korxona hamda tashkilot bilan amaliyot o‘tash uchun hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek, universitetda Google  kompaniyasi bilan hamkorlikda IT loyihalar ham tashkil etilgan.
📏📏📏📏📏📏

🏛 AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov "Yangi O‘zbekiston" universitetida ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqotlar olib borish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.


A'zo boling:
🚀 https://t.iss.one/J_Jangirov

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablardagi ta’lim tizimi umumta’lim maktablariga ham joriy etiladi
#uzbekiston24

🔔 Ayni paytda umumta’lim maktablari pedagog xodimlari uchun o‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, Prezident maktablarining ilg‘or tajribasini targ‘ib qilish, yangi o‘quv yili uchun ishlab chiqilgan o‘quv reja, o‘quv-metodik majmualarni samarali joriy etish, yangi o‘quv yilida ta’lim-tarbiya sifatini yanada yaxshilash yuzasidan muhim vazifalarni belgilab olish bo‘yicha o‘quv-seminarlari bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu treninglar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi, Respublika ta’lim markazining malakali mutaxassislari hamda Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarning trener-o‘qituvchilari tomonidan olib boriladi.

➡️ Eslatib o‘tamiz, o‘quv-seminarlar joriy yilning 15-17-avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va barcha viloyatlarda, 22-24-avgust kunlari tuman va shaharlarda, 28-29-avgust kunlari esa umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#live

Ayni vaqtda Xalqaro press klubда Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimlari ishtirokida "2023/2024-o'quv yili: sharoit, imkoniyat va rejalar" mavzusida jonli muloqot tashkil etilmoqda!

🖥 Jonli efirni "O'zbekiston 24", "UzReport" va "Renessans" telekanallari orqali to'g'ridan to'g'ri tomosha qilishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_2023

📬 Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga apellatsiya arizasini bermoqchi bo‘lgan talabgor ushbu elektron manzilga murojaat qilishi mumkin:

📩
[email protected]

Eslatib o‘tamiz, murojaatda quyidagi maʼlumotlar aniq koʻrsatilishi kerak:

Murojaatchi (ota-ona yoki qonuniy vakili) va o‘quvchining ism-sharifi;
Telefon raqami;
O‘quvchining ID raqami;
O‘quvchining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami.

📆 Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi va arizani qanoatlantirish yoki rad qilish to‘g‘risida murojaatchiga xulosa beradi.

❗️Diqqat, arizalar joriy yilning 18-avgust kuni soat 19:00 ga qadar qabul qilinishini hamda belgilangan muddatdan kech topshirilgan arizalar Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq koʻrib chiqilmasligini eslatib oʻtamiz.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️БУХОРОДА “СИФАТЛИ ТАЪЛИМ – КУЧЛИ ЖАМИЯТ” ШИОРИ ОСТИДА II УСТОЗЛАР МИЛЛИЙ ФОРУМИ БЎЛИБ ЎТДИ

Бухоро давлат педагогика институтида бўлиб ўтган “Сифатли таълим – кучли жамият” шиори остидаги II устозлар миллий форуми вилоят Болалар кутубхонаси ва “Баркамол авлод” болалар мактаби томонидан ташкил этилган кўргазма ҳамда мусиқий чиқишлар билан бошланиб, тадбирга байрамона шукуҳ бахш этди.

Вилоятимизнинг 13 та ҳудудидан 500 нафардан ортиқ педагогларни жамлаган ялпи йиғилиш аввалида вилоят мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси бошлиғи якунланган 2022 - 2023 ўқув йилида тизимда амалга оширилган ишлар, эришилган ютуқлар ва истиқбол режалар хусусида тўхталиб ўтди.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#arxiv_lavhalar

⚡️Prezident maktablari haqiqiy iste’dodlarga yo‘l ochadi

🏢 Ayjamal Sakbergenova oilada katta farzand ekanligi, ukasiga qarab, yolg‘iz onasiga yordam berishi lozimligi sababli onasi unga savollarning bir nechtasini ataylab xato ishlash sharti bilan imtihonlarda qatnashishiga ruxsat beradi. Shunga qaramay, u tengdoshlari orasida ikkinchi o‘rinda o‘qishga qabul qilindi.

✔️ Agentlik rahbariyatining ko‘p urinishlaridan keyin farzandining o‘qishiga qarshilik ko‘rsatayotgan Ayjamalning onasi qizining o‘qishiga rozilik bildirdi.

🎞 Quyidagi havolalar orqali oddiy oiladan chiqan Prezident maktabi o‘quvchilarining ota-onalari bilan tanishishingiz mumkin:

Hikmatillo Tojiakbarov. Otasi Soyibjon Tojiakbarov – novvoy, onasi Mohiraxon Tojiakbarova – uy bekasi;
Xurshida Jo'rayeva. Otasi lhomjon Musurmonqulov – dehqon, onasi Fazilat Musurmonqulova – uy bekasi;
Bahromjon va Akramjon Shamsiddinovlar. Otasi duradgor, onasi o‘qituvchi;
Hasanboy va Husanboy Sa'dullayevlar. Otasi Jur’at Egamberdiyev – hunarmand, onasi Dilbar Rajabboyeva – o‘qituvchi;
Jasurbek Eshniyazov. Otasi Alisher Bekniyazov – payvandchi, onasi Muhabbat Eshimova – uy bekasi;
Abdurashid Yo‘ldoshev. Otasi Umidjon Norov – nazoratchi, onasi Sarvinoz Xalmonova – uy bekasi;
Sabrina Sherqo'ziyeva. Otasi Alisher Boyqo'ziyev – haydovchi, onasi Zilola Boyqoʻziyeva – kichik tibbiyot xodimi;
G'iyos Yuldoshev. Otasi Mansurxoʻja Yuldashev – haydovchi, onasi – oʻqituvchi;
Adhamjon Aminjonov. Otasi metal zavodi ishchisi, onasi – uy bekasi;
Umidjon Husanov. Otasi Qoʻchqor Sherxolov – oʻqituvchi, onasi Fotima Nomerova – oʻqituvchi;
Azizbek Saidov. Otasi Sadriddin Sayfiyev – bogʻbon, onasi Gulnora Sayfiyeva – uy bekasi;
Sardor Egamberdiyev. Otasi Sohib Artiqov – sartarosh, Dilafruz Raimova – uy bekasi;
Farangiz Abduqahhorova. Otasi Farrux Oxunov – geolog, onasi – ingliz tili o‘qituvchisi;
Avazbek Qarshiboyev;
Jo'rayev Qilichbek;
Hasan Kazakov.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2023
#imtihon_natijalari

UCHINCHI IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetiga 2023/2024-o‘quv yili uchun o‘qishga hujjat topshirib, 5-avgust kuni uchinchi saralash imtihonida ishtirok etgan abituriyentlarning imtihon natijalari e’lon qilindi.

🪪 Imtihon natijalarini bilish uchun quyidagi havola orqali kirib, pasport yoki ID kartangizning seriya va raqamini kiritishingiz kerak bo‘ladi.

🌐 Veb sahifadan natijalarni bilish:
https://newuu.uz/en/exam-info

📥 Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar quyidagi havolaga kirib, shartli ofertani yuklab olishlari kerak.

⚪️ Shartli ofertani yuklab olish: https://newuu.uz/en/conditional-offer-letter

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM