Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.51K subscribers
13.6K photos
1.19K videos
49 files
3.95K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

Menimcha | Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Go‘zalxon Haydarova dunyoning top universitetlaridan biri – Garvardga 100 foizlik grant bilan qabul qilindi.
#uzbekiston24

📍Namangan shahridagi Prezident maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2023-2024-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga hujjat topshirgan talabgorlarga o‘zlari tanlagan maktabdan tashqari yana ikkita maktabga hujjat topshirishlari uchun imkoniyat yaratildi.

🪪 Ya'ni, talabgor Prezident maktablariga hujjat topshirish bilan birga, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga va o'z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarining kirish imtihonlariga qatnashishlari mumkin.

⚡️Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida qanday imkoniyatlar yaratilgan?

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining kirish imtihonlaridan o‘tgan o‘quvchilar to‘liq bepul ta’lim olishadi. Darsliklar Cambridge Assessment xalqaro ta’lim tashkiloti andozasi asosida ishlab chiqilmoqda.

📚 Aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan mazkur maktablar zamonaviy o‘quv laboratoriyalar bilan jihozlangan bo‘lib, darslar tanlov asosida ishga qabul qilingan malakali pedagoglar tomonidan Prezident maktablari andozasi asosida eng so‘ngi ta’lim metodlarida olib boriladi.

O‘quvchilar uchun maktabda quyidagi sharoitlar yaratilgan:
zamonaviy yotoqxona bilan ta’minlanadi;
yotoqxonada qoladigan o‘quvchilar 1 kunda 5 mahal bepul ovqatlanishadi;
darsdan so‘ng to‘garak mashg‘ulotlariga jalb qilinadi;
turli xil sport turlari bilan shug‘ullanishadi;
o‘quvchilarga sun’iy intellekt, robototexnika, IELTS, TOEFL va SAT bo‘yicha qo‘shimcha kurslar tashkil etiladi;
10- va 11-sinf o‘quvchilarining amaliyoti yaqin hududlardagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tashkilotlarida o‘tkaziladi.

🔹 Shuningdek, Prezident maktablarining kirish imtihonlari 2-bosqichida ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan talabgorlar hujjat topshirish jarayonida o‘z hududidagi o‘zlari tanlagan ixtisoslashtirilgan maktablardan birida o‘qish istagini bildirgan taqdirda kvotaning 50 foizi doirasida ballar ketma-ketligi asosida imtihonsiz mazkur ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilinishi mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_manzillari
#imtihon_2023
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

❗️MUHIM ESLATMA

📆 28-,29-,30-iyul kunlari Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi!

🌐 Ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, imtihonlar bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati hududlar kesimida Agentligimizning rasmiy saytiga joylashtirildi.

📶 Quyidagi havola orqali farzandingiz qaysi manzilda imtihon topshirishini bilib olishingiz mumkin:

📍MANZILLAR RO‘YXATI

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Farg‘ona viloyatidagi ta’lim muassasalari bilan tanishdi

Kecha Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova xizmat safari bilan Farg‘onada bo‘lib, viloyatdagi bir nechta ta’lim maskanlari bilan tanishdi.

📍Vazir xizmat safari davomida 16- va 40-umumta’lim maktabi, ixtisoslashgan maktablarning test jarayonlari o‘tkaziladigan obyektlar, Farg‘ona viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida bo‘ldi.

❗️Shu bilan birga, EKO shaharchada qurilish ishlari olib borilayotgan maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktablarni ko‘zdan kechirdi.

So‘ngra Farg‘ona shahrida 11 yashar qizchaning fojiali holati bo‘yicha jarayonni o‘rganish maqsadida uning oilasida bo‘ldi. Qizaloqning onasi bilan yaqindan suhbatlashib, oila a’zolariga ta’ziya bildirdi.

🔴 Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning Farg‘ona viloyatidagi xizmat safari davom etmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalar agentligiga qarashli Buxoro viloyati Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab- internatlarining 5- sinflari uchun imtihonga start berildi.

🛑1-SMENA

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram