Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.55K subscribers
13.4K photos
1.17K videos
47 files
3.92K links
Download Telegram
Audio
#oavda_biz_haqimizda

🎙 "Yoshlar" radiosining "Oqshomga qadar" loyihasida "Ibrat tillar oromgohi" haqida maxsus reportaj!

🔥
O‘rganishingiz oson, tillaringiz ravon bo‘lsin!

🔵 @ibratfarzandlari
Beshinchi avgust kuni o‘tkaziladigan qabul imtihoni bo‘yicha onlayn muloqot!

“Yangi O‘zbekiston” universiteti maqsad hamda vazifalari, o‘quv tizimi, grantlar, yo‘nalishlar bo‘yicha karyera imkoniyatlari bilan tanishtirish hamda abituriyentlar bilan savol-javob o‘tkazish maqsadida onlayn muloqot o‘tkaziladi.

🔴 Onlayn muloqot Zoom platformasi orqali 27-iyul, soat 17:00 da boshlanadi.

👉 Onlayn muloqotda ishtirok etish uchun havola (havola so‘zi ustiga bosing).

📌 Barcha savollarga universitet O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori B.Ahmedov hamda Bosh yuriskonsult N.Abdulloyev javob berishadi.

🔁 English

#qabul_2023 #onlayn_muloqot

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Forwarded from Xushnudbek.uz
Prezident maktablarida joriy yilda bitta to‘g‘ri javobga necha ball berildi?

Cambridge Assessment kompaniyasi Prizident maktablari uchun imtihonlarni olishidan xabaringiz bor. Kecha 1-bosqich test savollari javobi eʼlon qilindi.

Eng avvalo bir narsani tushunish kerakki, test javoblarini Cambridge Assessment o‘zi hisoblaydi, o‘zi tekshiradi, bu jarayonga O‘zbekistondan hech kim aralasha olmaydi. Bunda sizu biz o‘rganib qolgan DTM testidagi kabi 3,1 yoki 2,1 ball bilan osongina javoblar chiqmaydi.

Bu yerda eng avvalo har bir savolning qiyinlik darajasi aniqlab olinadi. Yaʼni bitta savol 10 mingta o‘quvchiga berilsa, shundan nechta o‘quvchi to‘g‘ri va nechta o‘quvchi noto‘g‘ri javob berganiga qarab savolning qiyinlik darajasi aniqlanadi. Foiz chiqarilayotganda ham shunga qarab ball beriladi.

Jadvalga eʼtiborga bersangiz, ochiq maʼlumotlar asosida 2023-yilgi Prezident maktablari 1-bosqich testida nechta to‘g‘ri javobga necha ball berilganini hisoblab chiqdim.

Bunda muhim joyi smenalarda ballar bir-biridan biroz farq qiladi, chunki har bir smenada bir-birini takrorlamaydigan (!) savollar tushgan. Shuning uchun ham bitta smenadagi o‘quvchi boshqa smenadagi o‘quvchining natijasini aynan takrorlay olmaydi.

Masalan, 1-smenadagi 1-savolga 7 ming o‘quvchi to‘g‘ri javob bergan, 2-smena 1-savolga esa 6 ming 500 o‘quvchi to‘g‘ri javob bergan va h.k.

Xullas, yuqoridagi jadvalga qarab farzandingiz qaysi blokdagi savollarning nechtasiga to‘g‘ri javob berganini bilib olishingiz mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#qabul_2023

📣DIQQAT, E’LON 📣

📆 Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida imtihonlar 28-29-30-iyul kuni 3 smenada 8:00, 12:00 va 17:00 da SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan joyda bo‘lib o‘tadi.

📱Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali yuborildi.

📝 Imtihon bosqichlari quyidagicha:

Aniq fanlar yo‘nalishi uchun:
– matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida)
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)

Tabiiy fanlar yo‘nalishi uchun:
– tabiiy (sceince) fanlaridan 30 ta topshiriq (test shaklida)
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

❗️Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

🌐 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#imtihon_2023

📣DIQQAT, E’LON 📣

📆 Yangi ochiladigan 13 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlari 28-29-30-iyul kuni 3 smenada 8:00, 12:00 va 17:00da SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan joyda bo‘lib o‘tadi.

📱Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali yuborildi.

🏢 Yangi ochiladigan 13 ta Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida imtihon bosqichlari quyidagicha:

Aniq fanlar yo‘nalishi uchun
5-,6-sinflar:
– matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida);
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)
.
8-,9-,10-,11-sinflar:
– algebra fanidan 12 ta topshiriq (test shaklida);
– geometriya fanidan 8 ta topshiriq (test shaklida);
– fizika fanidan 10 ta topshiriq (test shaklida);
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)
.

Tabiiy fanlar yo‘nalishi uchun
7-sinflar:
– tabiiy (science) fanlaridan 30 ta topshiriq (test shaklida);
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)
.
8-,9-,10-,11-sinflar:
– kimyo fanidan 20 ta topshiriq (test shaklida);
– biologiya fanidan 10 ta topshiriq (test shaklida);
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)
.

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

❗️Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ustoz AI
Qabul qilingan ishtirokchilar diqqatiga!

Barcha ishtirokchilar 31-iyul kuni soat 9:00 da Yoshlar ishlari agentligi binosida bo’lishlari kerak!

Oromgohga nimalar olib borish kerak?

1. Passport / Metrika

Ro’yxatdan o'tish va ishtirokchilarni tekshirish jarayonida har bir ishtirokchi shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim qilishi shart.

2. 1 hafta uchun kiyimlar

Oromgoh tog' hududida joylashganligi va ob-havo kechki payt salqin bo'lish ehtimoli bor.

3. Gigiyena vositalari

Hamma 1 hafta davomida bilim olish bilan birga to'laqonli ravishda tozalik qoidalariga ham rioya qilishi kerak.

4. Mobil telefon, noutbuk, quvvatlagich, poverbank, quloqchin va boshq.

Istak-xohishga qarab, gadjetlar va quvvatlovchi vositalarni olib kelishingiz so’raladi.

5. Dori-darmon vositalari

Ehtiyoj bo'lsa, o'zingiz bilan dorilaringizni ham olishingiz mumkin

6. Sport va basseyn uchun kiyimlar

Ushbu mashg'ulotlar uchun maxsus kiyimlarni olib kelishni unutmang.


ESLATMA:

Oromgohga kelgandan so'ng, oromgoh hududini tark etish qat’iyan man etiladi. Agarda sport mashg'ulotariga qatnasha olmasangiz, buni tasdiqlovchi maxsus hujjatni tashkilotchilarga taqdim qiling.

Qo’shimcha savollar va murojaatlar bo'lsa, izohlarda yozib qoldiring😉

Instagram| Telegram| YouTube
#imtihon_2023

Farzandim Ixtisoslashtirilgan maktabga hujjat topshirgan. Agentlik rasmiy sahifalarida ertaga imtihon bo‘lishi haqidagi e'lonni o‘qidik. Imtihon ruxsatnomasini qachon yuklab olsak bo‘ladi?

Imtihon ruxsatnomasini telefoningizga sms-xabarnoma borgandan so‘ng ariza.piima.uz saytiga kirib, shaxsiy kabinetga o‘quvchining ID raqami hamda telefon raqamini kiritgan holda yuklab olishingiz mumkin.

🗣Eslatib o‘tamiz, sms-xabarnoma imtihon boshlanadigan sanadan uch kun oldin talabgor tomonidan kiritilgan birinchi telefon raqamiga yuborila boshlaydi va imtihon bo‘ladigan kungacha barcha talabgorlarga yetkaziladi.

📲Sms-xabarnomada kirish imtihoni o‘tkaziladigan bino nomi, sanasi, vaqti hamda o‘quvchining guruhi va joyi ko‘rsatilgan bo‘ladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2023
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔔 Hurmatli ota-onalar!

⚡️ Kirish imtihonlarida sizdan bir nechta tartib-qoidalarga amal qilish so‘raladi.

🗣 Jumladan:

Kirish imtihoni o‘tkaziladigan belgilangan manzilga farzandingiz bilan birga kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz;

Imtihonlar o‘tkazilayotgan vaqtdagi issiq ob-havoni hisobga olgan holda kiyintirishingiz;

Imtihonga kelishdan oldin farzandingizning ovqatlanishiga ham e'tibor qaratishingiz kerak (turli yog‘li va imtihon jarayonida o‘quvchini behuzur qiladigan taomlar iste'mol qilmaslik tavsiya etiladi).

Mazkur tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon jarayonida o‘zini yaxshi his qilishiga yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, imtihon jarayonida yordam berishni va’da qilayotganlarning hech biriga ishonmang, aldanib qolmang.

📚 Farzandingizning bilimigina uning natijasiga asos bo‘ladi!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

Menimcha | Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Go‘zalxon Haydarova dunyoning top universitetlaridan biri – Garvardga 100 foizlik grant bilan qabul qilindi.
#uzbekiston24

📍Namangan shahridagi Prezident maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2023-2024-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga hujjat topshirgan talabgorlarga o‘zlari tanlagan maktabdan tashqari yana ikkita maktabga hujjat topshirishlari uchun imkoniyat yaratildi.

🪪 Ya'ni, talabgor Prezident maktablariga hujjat topshirish bilan birga, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga va o'z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarining kirish imtihonlariga qatnashishlari mumkin.

⚡️Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida qanday imkoniyatlar yaratilgan?

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining kirish imtihonlaridan o‘tgan o‘quvchilar to‘liq bepul ta’lim olishadi. Darsliklar Cambridge Assessment xalqaro ta’lim tashkiloti andozasi asosida ishlab chiqilmoqda.

📚 Aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan mazkur maktablar zamonaviy o‘quv laboratoriyalar bilan jihozlangan bo‘lib, darslar tanlov asosida ishga qabul qilingan malakali pedagoglar tomonidan Prezident maktablari andozasi asosida eng so‘ngi ta’lim metodlarida olib boriladi.

O‘quvchilar uchun maktabda quyidagi sharoitlar yaratilgan:
zamonaviy yotoqxona bilan ta’minlanadi;
yotoqxonada qoladigan o‘quvchilar 1 kunda 5 mahal bepul ovqatlanishadi;
darsdan so‘ng to‘garak mashg‘ulotlariga jalb qilinadi;
turli xil sport turlari bilan shug‘ullanishadi;
o‘quvchilarga sun’iy intellekt, robototexnika, IELTS, TOEFL va SAT bo‘yicha qo‘shimcha kurslar tashkil etiladi;
10- va 11-sinf o‘quvchilarining amaliyoti yaqin hududlardagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tashkilotlarida o‘tkaziladi.

🔹 Shuningdek, Prezident maktablarining kirish imtihonlari 2-bosqichida ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan talabgorlar hujjat topshirish jarayonida o‘z hududidagi o‘zlari tanlagan ixtisoslashtirilgan maktablardan birida o‘qish istagini bildirgan taqdirda kvotaning 50 foizi doirasida ballar ketma-ketligi asosida imtihonsiz mazkur ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilinishi mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_manzillari
#imtihon_2023
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

❗️MUHIM ESLATMA

📆 28-,29-,30-iyul kunlari Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi!

🌐 Ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, imtihonlar bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati hududlar kesimida Agentligimizning rasmiy saytiga joylashtirildi.

📶 Quyidagi havola orqali farzandingiz qaysi manzilda imtihon topshirishini bilib olishingiz mumkin:

📍MANZILLAR RO‘YXATI

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Farg‘ona viloyatidagi ta’lim muassasalari bilan tanishdi

Kecha Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova xizmat safari bilan Farg‘onada bo‘lib, viloyatdagi bir nechta ta’lim maskanlari bilan tanishdi.

📍Vazir xizmat safari davomida 16- va 40-umumta’lim maktabi, ixtisoslashgan maktablarning test jarayonlari o‘tkaziladigan obyektlar, Farg‘ona viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida bo‘ldi.

❗️Shu bilan birga, EKO shaharchada qurilish ishlari olib borilayotgan maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktablarni ko‘zdan kechirdi.

So‘ngra Farg‘ona shahrida 11 yashar qizchaning fojiali holati bo‘yicha jarayonni o‘rganish maqsadida uning oilasida bo‘ldi. Qizaloqning onasi bilan yaqindan suhbatlashib, oila a’zolariga ta’ziya bildirdi.

🔴 Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning Farg‘ona viloyatidagi xizmat safari davom etmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube