Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.52K subscribers
13.9K photos
1.21K videos
52 files
4.01K links
Download Telegram
#Sayyor_uchrashuv
#Jizzax

VAZIR: “ENDI JIZZAX VILOYATIDAGI UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA PREZIDENT MAKTABLARI TAJRIBASI JORIY ETILADI”

Bugun Jizzax viloyatida ta’lim sohasini yanada rivojlantirish va yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan uchrashuv bo’lib o’tdi.

📍 Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev, tuman (shahar) hokimlari, vazirlikning viloyat boshqarma va tuman bo‘limi boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.

❗️ Yig’ilish davomida viloyatni respublikada “namunali hudud”ga aylantirish borasida Hilola Umarova tomonidan:

✔️ Viloyatning har bir tumanida 1 tadan, jami 13 ta tumanda ikkinchi til va kasbga o’rgatishni joriy etish,

✔️ maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etishga ehtiyoj mavjud bo’lgan hududlarda xususiy sektorni jalb qilgan holda bog‘chalar tashkil etish,

✔️ maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va maktabdan tashqari ta’limni sifatli tashkil etish,

✔️ Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar tajribasini umumta’lim maktablariga olib kirish borasida taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

Bunda Jizzax shahri, Sharof Rashidov, Gʻallaorol, Zarbdor, Paxtakor, Baxmal tumanlarining 9 ta maktabda o‘quvchilarning qobiliyati va tanlovi asosida (10-sinfda ixtisoslashuv asosida o‘qitish) ta’lim jarayonlari joriy etiladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BIZDA JUDA KATTA LOYIHALAR BOR...

"O'zbekistonlik yoshlar eng nufuzli TOP 100 universitetlarga o'qishga kirish uchun yetarlicha salohiyatga va imkoniyatga ega. Biz yoshlardan talab qilinadigan narsa aniq maqsad bilan faqat olg'a intilish!" — Alisher Sa'dullayev.

🥳 "Ibrat camp - TOP 100 universities" yozgi birinchi mavsumi o'z nihoyasiga yetdi. Yopilish marosimiga — Alisher Sadullayev tashrif buyurdi.

🔥 Buxoro shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari ham "Ibrat camp" ni muvaffaqiyatli yakunlab kelishdi.
 
🔵 @ibratfarzandlari
📣📣📣📣BUXORO SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIDAN NAVBATDAGI YOZ FASLINING QAYNOQGINA YANGILIGINI KUTIB OLING.
3-mavsum yo'nalishlari:

1. MEDIA
2. TA'LIM

Navbatdagi mavsum ushbu ikkita yo'nalish bo'yicha bo'lib o'tadi 🔥
Bizni kuzatishda davom eting, muhim e'lonlarni o'tkazib yubormang!

🛑Ushbu mavsumda maktabimizdan navbatdagi ishtirok etadigan o'quvchilarni kutib oling.

1.Zamira Baratova
2.Kamola Jòrayeva
3.Shohjahon Murodov
4.Javohir Yuldashev
5.Nursulton O'ktamov
6.Giyasova Mohinur
7.Jonuzoqov Shohjahon
8.Qosimov Komiljon
9.Negmurotov Islomjon

LIDERLAR OLG'A BIZ SIZ BILAN👏👏👏👏👏
Forwarded from Ustoz AI
Ro'yxat.pdf
5.2 MB
❗️So'nggi ro'yxat

Vanihoyat, 2-bosqichdan ham muvaffaqiyatli o'tgan ishtirokchilarning ro'yxatini e'tiboringizga havola etamiz.

Ushbu ro'yxatdagi ishtirokchilarni tabriklaymiz, va ertadan boshlab bog'lanishni boshlaymiz 🚀

Ariza topshirganlarga esa, kayfiyatni tushurmaslikni va bundan ham kattaroq yutuqlarga erishishingizni tilab qolamiz
#imtihon_2023
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

❗️TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARNING KIRISH IMTIHONLARI TOSHKENT SHAHRIDA BO‘LIB O‘TADI

📆 Joriy yilning 25-26-iyul kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga, 26-iyul kuni esa Mirzo Ulugʻbek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari uchun kirish imtihonlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

🔔 Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

📍Imtihon o‘tkaziladigan manzillar:
“O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasi
Moliya instituti qoshidagi "Oliy oquv yurtlariaro sport majmuasi"

✔️ Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani

📣 24-iyul AOKAda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar:

Matbuot anjumani

🔹 Mavzu: Ixtisoslashtirilgan maktablarga joriy oʼquv yilida qabul va imtihon jarayonlari
🔹Vaqti: 12:00
🔹Ishtirok etadi: Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi mutasaddilari

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jonli_efir
#matbuot_anjumani
#imtihon_2023

🔔 MATBUOT ANJUMANI BOSHLANDI

Mavzu: Ixtisoslashtirilgan maktablarga joriy oʼquv yilida qabul va imtihon jarayonlari

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi mas'ul xodimlari ishtirok etayotgan MATBUOT ANJUMANini quyidagi havola orqali onlayn tarzda kuzatishingiz mumkin.

▶️ JONLI EFIR

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 25-iyuldan 31-iyulga qadar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi o‘quv muassasalariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi

AOKAda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori va mutasaddilari ishtirokidagi matbuot anjumanida qabul va imtihon jarayonlari haqida ma’lumot berildi:

✔️ Qayd etilishicha, joriy yilning 25-26-iyul kunlari Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga, 28-30-iyul kunlari Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga, 30-iyul kuni Ijod maktablariga hamda 31-iyul kuni Prezident maktablari uchun 2-bosqich kirish imtihonlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Agentlik tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga kirish imtihonlari katta sig‘imli 58 ta yopiq binoda o‘tkazilishi belgilangan.

📂 Prezident maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun 56 745 ta hujjat, Ijod maktablariga 4 684 ta, hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarga 142 212 ta hujjat, Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga jami 18 831 ta hujjat qabul qilingan.

❗️Hozirda maktablarda imtihonlarni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha viloyat hokimliklari, Ichki ishlar, Milliy gvardiya, Tez tibbiy yordam, Xavfsiz shahar markazi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan hamkorlikda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Batafsil

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2023
#Muhammad_al_Xorazmiy_maktabi

❗️AGENTLIGIMIZ TIZIMIDAGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABIGA KIRISH IMTIHONLARINING BIRINCHI KUNI ERTAGA 25-IYULDA, IKKINCHI KUNI 26-IYULDA TOSHKENT SHAHRIDA BO‘LIB O‘TADI

📆 Eslatib o‘tamiz, imtihonlar 25-iyul kuni 3 smenada — 8:00, 12:00 va 17:00 da, 26-iyul kuni esa 1 smenada — 08:00 da SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan joyda bo‘lib o‘tadi.

⚡️MUHIM:
Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining imtihoni bir kun ya'ni 26-iyulda Toshkent shahrida 1 smenada — 12:00 da;
Abu Ali ibn Sino nomidagi
ixtisoslashtirilgan maktabining imtihoni bir kun ya'ni 26-iyulda Toshkent shahrida 1 smenada — 17:00 da SMS-xabarnomada korsatilgan joyda bo‘lib o‘tadi.

📍Imtihon o‘tkaziladigan manzillar:
“O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasi
Moliya instituti qoshidagi "Oliy oquv yurtlariaro sport majmuasi"

🔔 Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

📲 Ma’lumot uchun, ushbu 3 ta tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga hujjat topshirgan talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuborildi.

Talabgorlar imtihon boshlanishidan bir yarim soat oldin tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM