Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.63K subscribers
16.1K photos
1.34K videos
52 files
4.45K links
Download Telegram
#seminar
#Summativ_baholash_tizimi

YANGI BAHOLASH TIZIMI -TA‘LIMGA YANGICHA YONDASHUV

🔰 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabida Summativ baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida amaliyotga tatbiq etilgan edi.

☑️ Shu munosabat bilan, joriy yilning 26-yanvar kuni mazkur tizimning yarim yillik natijalari muhokamasiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

🔸Trening davomida, tizimda erishilgan yutuq va yuzaga kelgan kamchiliklar ekspert guruh tomonidan tahlil qilindi.

📌Ma'lumot o'rnida, ijobiy natija kutilayotgan ushbu baholash tizimini tajriba-sinov muddatidan so‘ng barcha ixtisoslashtirilgan va ijod maktablariga joriy etish ko‘zda tutilgan.
#Summativ_baholash

❗️PREZIDENT MAKTABLARI TAJRIBASI ASOSIDAGI BAHOLASH TIZIMI UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA HAM JORIY ETILADI

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Mezonlarga asoslangan baholash tizimi” mavzusida seminar-treninglar tashkil etildi.

📝 Unda 60 dan ortiq umumta’lim maktabidan 100 nafardan ortiq rahbar kadrlar ishtirok etishdi.

✔️ Trening doirasida ishtirokchilarga summativ-formativ baholash tizimi va uning afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berildi hamda interaktiv mashg’ulotlar tashkil etildi.

❗️Ma’lumot o‘rnida, ushbu baholash tizimi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda tajriba-sinovdan o‘tkazilgan bo‘lib, yangi o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich tarzda tanlab olingan umumta’lim maktablarida joriy etish ko‘zda tutilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2