Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.6K subscribers
15.6K photos
1.3K videos
52 files
4.31K links
Download Telegram
#Buxoro_shahridagi_Prezident_maktabi
#NEW_UZBEKISTAN_tashrif_
#1_kun
Buxoro shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari hamda  shahrimizga mehmon sifatida tashrif buyurgan Yangi Oʻzbekiston Universiteti talabalari birgalikda Buxoroning muqaddas qadamjolari boʻlgan Yetti pir ziyoratgohiga safar uyushtirishdi. Bu sayohat ikki tashkilot oʻrtasidagi doʻstlik aloqalarini yanada mustahkamladi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
#Ovozli_chat

❗️Prezident, Ijod va Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli bo'yicha ovozli chat

📆 Bugun, 5-iyun kuni 15:00 da Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@piimauz)da ovozli chat o‘tkaziladi.

🎙 Ovozli chat Agentlik tizimidagi Prezident, Ijod va Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli bo'yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining tegishli boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishtirok etadi hamda talabgorlarning savollariga batafsil javob beradi.

🙋‍♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

❗️Yangi tashkil etilgan 166 ta Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga kvota doirasida aniq fanlar yo'nalishi bo'yicha 5-sinfga, tabiiy fanlar yo'nalishi bo'yicha 7-sinfga qabul qilinadi.

🗂
Quyidagi hujjatlar topshiriladi:

🔹Hujjatlar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.

tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

🔹 Imtihon bosqichlari.

Aniq fanlar yo'nalishi uchun:
-matematika fanidan (30 ta topshiriq)
-ingliz tili fanidan (15 ta topshiriq)

Tabiiy fanlar yo'nalishi uchun:
-tabiiy (sceince) fanlaridan 30 ta topshiriq (test shaklida)
-ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)

🔹 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ovozli_chat
#Live

❗️Prezident, Ijod va Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli bo'yicha ovozli chat boshlandi

🎙 Ovozli chatda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining tegishli boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishtirok etmoqda.

🎙 Unda Prezident, Ijod va Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli bo‘yicha savollarga javob beriladi.

🙋‍♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Buxoro_shahridagi_Prezident_maktabi

5-iyun - Xalqaro atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan Buxoro shahridagi Prezident maktabida kun davomida turli tadbirlar tashkil etildi. Tabiat qo'ynida tashkil etilgan qiziqarli mashg'ulotlar va maktab radiosi orqali yangragan tabiatni muhofaza qilishga oid savol-javoblar, ushbu kun tarixiga oid muhim ma'lumotlar, she'r va qo'shiqlar maktab jamoasiga ko'tarinki kayfiyat ulashdi.

Ushbu tadbirlardan asosiy maqsad o'quvchilarda ekologik madaniyatni rivojlantirish, tabiatni asrash, tabiiy boyliklaridan oqilona foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish nazarda tutilgan.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
#eslatma

📣 Agentligimiz tizimidagi Prezident maktablariga kirish uchun tayyorlaydigan rasmiy o‘quv kurslari mavjud emas!

❗️Ijtimoiy tarmoqlarda “Prezident maktablariga tayyorlaymiz”, “Prezident maktablariga kirish uchun oraliq “repetitsion” test sinovlari” qabilidagi e’lonlar asosida “Prezident maktablari” brendi ostida mo‘maygina daromad orttirayotgan tayyorlov kurslarining e’lonlari juda ko‘p uchramoqda. Bunday yolg‘on xabarlarga ishonmasligingizni so‘raymiz.

Eslatib o‘tamiz, Prezident maktablariga o‘quvchilar Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan taqdim etiladigan testlar asosida shaffof tarzdagi imtihonlar orqali tanlab olinadi. Yuqorida ta’kidlangan tayyorlov kurslarida aniq qo‘llanmalar mavjud emas.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktablari nomidan faoliyat yuritib kelayotgan turli kanal va sahifalar ko‘p uchramoqda. Bu kabi telegram kanallarining Prezident maktablariga hech qanday aloqasi yo‘q.

📌 Prezident maktablariga qabul bo‘yicha barcha tasdiqlangan ma’lumotlar Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining rasmiy kanallari orqali berib boriladi.

🔹 Siz qabul jarayonlari, kvotalar, imtihonlar va boshqa ma’lumotlarni aynan shu sahifalar orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Globallashayotgan dunyo va Yangilanayotgan O‘zbekiston”

🔹Buxoro shahridagi Prezident maktabi hamda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Buxoro viloyati kengashi hamkorligida
“Globallashayotgan dunyo va Yangilanayotgan O‘zbekiston” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.
🔹MTDP Buxoro viloyati kengashi Yoshlarni ijtimoiy- siyosiy faolligini oshirish masalalari bo’yicha yetakchi mutaxassisi Ruslan G’aybullayev globallashuv, iqtisodiy va siyosiy munosabatlar hamda bu borada olib borilayotgan islohotlar xususida to’xtalib o’tdi.
🔹Yangi O’zbekistonda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar hamda globallashuv jarayonida ta’lim sohasiga har qachongidanda katta e’tibor berilayotgani tadbirda alohida qayd etib o’tildi.
🔹So’ngida o’quvchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
#prezident_maktabi
#qabul_2023

Prezident maktablariga qaysi sinfga necha nafar o‘quvchilar qabul qilinadi?

Prezident maktablariga har yili 2 ta 5-sinfga 24 nafar o‘quvchilar qabul qilinadi.

O‘quvchi Respublikadagi xohlagan Prezident maktabiga hujjat topshira oladimi?

Hujjatlar faqat nomzod o‘qiyotgan umumta’lim muassasasi joylashgan hudud (viloyat)dagi Prezident maktabiga topshiriladi.

Prezident maktablariga imtihonlar qaysi fanlardan bo‘lib o‘tadi?

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi matematika fanidan, 2-bosqichi esa fikrlash qobiliyatini aniqlash va ingliz tilidan bo‘lib o‘tadi.

📞 Qo‘shimcha ma'lumotlar olish uchun Call-markaz raqami: 1206

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from BU KUN-THIS DAY
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
06.06.2023/09.00

#Buxoro

30 TA OLIYGOHGA O'QISHGA QABUL QILINGAN BITIRUVCHI

Muxbir: Zilola XUDOYQULOVA🎤

BIZNI KUZATISHDA DAVOM ETING👇
https://t.iss.one/zortv_bukun
#prezident_maktabi
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Buxoro shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi O‘ktamov Nursulton nufuzli xorijiy universitetlarga o‘qishga qabul qilindi.

Jumladan:

University of Arizona
SUNY University at Buffalo
Duquesne University
Iowa State University
University of Tampa
University of Missouri
Colorado State University
Illinois Wesleyan University
Xavier University
University of Kentucky
Ohio Wesleyan University 
Drexel University 

O'quvchimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ovozli_chat

📣 Bugun, O‘zbekiston Milliy axborot agentligining @uza_uz telegram kanali orqali soat 11:00 da Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari Agentligining Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Sevara Shokirova ishtirokida “Prezident maktabida o‘qish istagidagilarga qanday talablar qo‘yiladi?” mavzusida OVOZLI CHAT bo‘lib o‘tadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

⚡️ Xabar berganimizdek, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10-iyundan – 30-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Talabgorlar tomonidan yuboriladigan hujjatlarda fotosurat va uni joylash bilan bogʻliq muammolarning oldini olish va hujjat topshiruvchilarga qulay boʻlishi uchun video-yo'riqnoma tayyorlandi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Buxoro_Prezident_maktabi

📍Buxoro shahridagi Prezident maktabiga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10-iyundan – 30-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

📞 Murojaat uchun:

☎️ Call-markaz: 1206
🤖 Telegram bot: https://t.iss.one/BuxPmBot

📱Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook |Instagram  |Youtube |Telegram