Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.5K subscribers
13.7K photos
1.2K videos
52 files
3.99K links
Download Telegram
#Seminar_trening

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Ta’limda boshqaruv” mavzusidagi seminar-treninglarga start berildi.

Mazkur tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, Toshkent shahar, viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari hamda mas’ullar ishtirok etishmoqda.

❗️Tadbir avvalida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova so’zga chiqib, bu kabi treninglarning ahamiyati hamda ta’limda boshqaruvning to’g’ri yo’lga qo’yilganligi naqadar muhimligi haqida so’z yuritdi.

⚡️ Shundan so’ng, seminar-treninglarning amaliy qismiga start berilib, vazir “motivatsion kouching”larni boshlab berdi.

Unda hududiy rahbarlarning ish faoliyatini yo’lga qo’yish, samarali boshqaruv tizimini shakllantirish kabi mavzularda so’z bordi.

📌 Kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar uchun sho’balarga bo’lingan holda seminar-treninglar bo’lib o’tadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Buxoro_Prezident_maktabi

Mehr-muruvvat va saxovat- xalqimizning azaliy qadriyati" turkumi asosida Buxoro shahridagi Prezident maktabida tashkil qilingan "Ko'mak" loyihasi o'z ishini davom ettirmoqda.

2022-2023 o'quv yili yakuni munosabati bilan maktabning musiqa fani oqituvchisi hamda istedodli o`quvchilari Buxoro shahridagi matematika faniga ixtisoslashtirilgan 29-IDUM 6-sinf uyda ta'lim oluvchi o'quvchi Asilbek Olimov xonadoniga tashrif buyurdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#BirgaZaminYaratamiz
#BirgeAlemJaratamiz

Ziroat Mirziyoyeva Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida Nukusdagi 4-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida ochilgan "Zamin Creative" ijod studiyasi va gospital turdagi "Mehrli maktab" filialiga bordi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️ Avval xabar berganimizdek shaxmat turniri bo’yicha sovrin jamg’armasi 880 mln so’mlik "Yoshlar ishlari agentligi kubogi"ni e’lon qilgan edik!

Ushbu respublika ochiq turniri havaskor ayollar va erkaklar hamda
professional ayollar va erkaklar o’rtasida turnir bosqichlari aynan “Yoshlar oyligi” doirasida o’tish sanalarini e’lon qilamiz.

2-7 iyun
kunlari birinchi (mahalla) bosqichi;
9-10 iyun kunlari ikkinchi (sektor) bosqichi;
12-13 iyun kunlari uchinchi (tuman (shahar)) bosqichi;
15-17 iyun kunlari to’rtinchi (hududiy) bosqich;
Iyun oyining uchinchi o’n kunligida beshinchi (respublika) final bosqichi bo’lib o’tadi.

Turnirda qatnashadigan ishtirokchilarga qulaylik yaratish maqsadida, agarda 1-bosqich boshlangunga qadar @uzshaxmatbot dan ro’yxatdan o’tmagan bo’lsa, 1-bosqichda ishtirok etish uchun kelgan vaqtda telegram bot orqali turnirda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tib, turnirda qatnashish imkoniyati beriladi!

Maqsadimiz mazkur turnirda ishtirok etish istagini bildirgan barchaga imkoniyat va sharoit yaratib berish.
Turnirda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo’lgan barcha ishtirok etishi mumkin!

@alisher_sadullaev
Forwarded from Hilola Umarova
Yaxshi rahbar — bu faqat o‘zining fikri va so‘zlariga bo‘ysunadigan jamoani boshqaradigan inson emas, bu atrofiga hamfikr insonlarni yig‘ib, sohasini rivojlantira oladigan insondir.

Shu bois hududlarda ma’muriy islohotlar doirasida birlashtirilgan maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma rahbarlariga “Ta’limda boshqaruv” mavzusida trening tashkil qilish fikri tug‘ildi.

Ikki kunlik treningda hudud rahbarlari bilan ko‘rishib, har bir viloyat kesimida olib borilayotgan islohotlar, yuzaga kelayotgan muammolar, yangi tashabbuslar, kelgusida amalga oshiriladigan ishlarni ko‘rib chiqishni maqsad qildik.

O‘tgan besh oy davomida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga birlashtirilgan tashkilotlar — Xalq ta’limi, Maktabgacha ta’lim vazirliklari, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, Xorijiy tillar agentliklari, Ta’limni nazorat qilish inspeksiyalari faoliyatini to‘liq o‘rganish imkoni berildi. Endi esa har birimizni oldimizda eng asosiy masala – ta’lim tizimini rivojlantirib, o‘quvchilarni yetuk salohiyatli etib tarbiyalashdan iborat. Davlatimiz rahbari oldimizga qo‘ygan vazifalarni sifatli va shaffof tarzda bajarishimiz, farzandlarimizni sifatli ta’lim bilan ta’minlashimiz lozim.

Ikki kunlik trening davomida hudud rahbarlariga o‘z ustilarida ishlashlari uchun imkoniyat beriladi. O‘zim ham shu ikki kun davomida har bir rahbar bilan muammolarni tahlil qilib, rejalarni tuzib olamiz.

Treningdan eng avvalo, nima xohlayapmiz? Endi qaysi yo‘ldan ketamiz? Buning uchun oldimizda qanday vazifalar turibdi?

Ikki kun davomida mana shu savollar bo‘yicha birgalikda ishlaymiz. Ularga javoblar topib, vazifalar belgilab olishimiz lozim. Biz yangi bosqich “Ta’limda boshqaruv”ning yangicha va zamonaviy tizimiga o‘tishimiz zarur.

Xulosamiz shuki, har bir rahbar o‘zidan boshlamasa, biz ta’limda o‘zgarish qila olmaymiz.