Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.62K subscribers
16.3K photos
1.35K videos
52 files
4.47K links
Download Telegram
#Buxoro_PM

🌷Buxoro shahridagi Prezident maktabida ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Giyazova Shahnoza Kamolovna tomonidan Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 69 yilligi munosabati bilan "Muhammad Yusuf - sheʼriyat chamanining xushxon bulbuli" mavzusida bayram dasturi tashkil qilindi.

Tadbirga filologiya fanlari nomzodi, dotsent Atoullo Axmedov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati boʻlimi bosh mutaxassisi, yosh ijodkor Suhrob Hamroyev mehmon sifatida tashrif buyurdi.

🎤Oʻquvchilar tomonidan ijro etilgan sheʼr, qoʻshiq va sahna koʻrinishlari hamda tashrif buyurgan mehmonlarning shoir ijodi, bugungi kun, taraqqiyot, vatanga muhabbat, fidoiylik haqidagi suhbatlari bayram dasturining koʻtarinki kayfiyatda oʻtishiga zamin yaratdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
👍76🔥1
🤔 Farzandlarimiz ta’lim-tarbiyasiga befarq bo‘lmaylik!

📝 Sizning ushbu so‘rovnomada ishtirokingiz ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi. 👇👇👇

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
👍1😍1
#Buxoro_Prezident_maktabi
#Liderlar_uchrashuvi

Bugun Buxoro shahridagi Prezident maktabida Yoshlar Prezidenti va vazirlar hamkorligida may oyida qilinadigan yangi loyihalar doirasidan suhbat o'tkazildi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
👍71😍1
5️⃣Prezident maktablariga talabgorning 4-sinfda matematika va tabiatshunoslik fanlaridan yillik baholari "5" bo‘lishi lozim

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov Prezident maktablariga 2023-2024 o‘quv yiliga qabul yuzasidan ma’lumot berdi:

Prezident maktablariga har yili 2 ta 5-sinfga 24 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.

Talabgorning ota-onasi joriy yilning iyun oyida Agentlikning maxsus portali (ariza.piima.uz) orqali elektron shaklda hujjatlarni topshiradilar.

Prezident maktabiga kirish imtihonlari 2 bosqichda o‘tkaziladi.

Kirish imtihoni natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun mobaynida e’lon qilinadi.

Prezident maktabining kirish imtihonlaridan o‘tgan o‘quvchilar to‘liq bepul ta’lim olishadi.

Kirish imtihonlari davlat va qoraqalpoq (Qoraqalpog‘iston Respublikasida) tillarida hamda talabgorning tanloviga muvofiq ingliz tilida o‘tkaziladi.

Batafsil
✍️✍️✍️✍️

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
👍5
#Buxoro_Prezident_maktabi
#tashrif

Bugun Buxoro shahridagi Prezident maktabiga Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridan "Eng yaxshi maktablar assotsiatsiyasi" prezidenti boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurib, Prezident maktablari bilan tanishish istagini bildirdi.

Mehmonlarimiz tashrif mobaynida maktabimizda yaratib berilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

#visit

Today, a delegation headed by the president of the "Association of Best Schools" from Moscow, Russian Federation visited the Presidential School in Bukhara and expressed their desire to get acquainted with the Presidential schools.

During the visit, our guests got acquainted with the conditions created at school.


Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
5👍3👏2💯2😍1