Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.59K subscribers
15.5K photos
1.3K videos
52 files
4.3K links
Download Telegram
#Buxoro_PM

Buxoro shahridagi Prezident maktabida fan oʻqituvchilari uchun tashkil etilgan navbatdagi PD oʻquvida xorijlik iqtisod fani oʻqituvchisi Marko Arienti tomonidan Google platformasida dars oʻtishning zamonaviy hamda faol metodlari asosida seminar-trening tashkil etildi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
#Tarixiy_sana
#Amir_Temur_687

O‘zbek davlatchiligini yuqori bosqichga ko‘tara olgan, buyuk sarkarda nafaqat mamlakatimiz, balki jahon tarixida ham tub burilishlar sodir etgan shaxs sifatida yuksak ahamiyatga ega.

Amir Temur birinchi navbatda bunyodkor shaxs va har tomonlama yetuk, bilimli kishilardan edi. Uning faoliyatiga nazar tashlar ekanmiz, har bir odimida yurt farovonligi, obodligi, ta’lim, fan va san’atning rivoji uchun qayg‘urishini ko‘rishimiz mumkin.

Sohibqiron taxtga chiqqandan so‘ng birinchi navbatda mamlakat taraqqiyotining asosi bo‘lmish ta’limga juda katta e’tibor qaratdi. O‘sha davrning asosiy ta’lim dargohlari bo‘lgan maktab va madrasalarga vaqf mulklari ajratish orqali ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlagan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Tarixiy_sana
#Amir_Temur_687

❗️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda adolat va ulug‘vorlik timsoli, dunyoni lol etgan buyuk sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tadbirlardan fotolavhalar.

Ushbu tadbirlarda o‘zining yetuk va ulug‘ siymosi bilan bashar eliga tarixiy ibrat bo‘lgan mohir sarkarda hayoti, uning bosib o‘tgan yo‘li, davlat boshqaruvida amalga oshirgan buyuk ishlari haqida maʼlumotlar berildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Buxoro_Prezident_maktabi

MILLATNING BUYUK SHOIRI MANGU BARHAYOT
10 аprel - ХХ asr o'zbek аdabiyotining ulkan namoyandasi, o'zbek romanchiligining аsoschisi,
20- yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun. Adib bugun 129 yoshga to'ldi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabida jadid adabiyoti vakili Abdulla Qodiriyni xotirlab dars tashkil etildi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
#Buxoro_Prezident_maktabi

Buxoro shahridagi Prezident maktabida  matematika fani o'qituvchisi Axtamova Ra'no Rustamovna o'quvchilarning turli milliy va xalqaro fan olimpiadalariga qiziqtirib, ishtirok etishini rag'batlantirib boradi.
6-sinf o'quvchisi  Jo'rayev Jahongir INTERNATIONAL STEM  OLYMPIAD xalqaro onlayn olimpiadasida matematika fani yo'nalishida ishtirok etib, bronza medalni qo'lga kiritdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram