Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.55K subscribers
13.4K photos
1.17K videos
47 files
3.92K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Buyuk allomalar izidan” respublika fan olimpiadasida ro‘yxatdan o‘tmoqchi bo‘lganlar uchun video yo‘riqnoma.

👉 Ro'yxatdan o'tish

#olimpiada #buyuk_allomalar_izidan #fizika #kimyo

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Конституция_ўзимизники

Buxorolik pedagoglar ishtirokida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki” shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
#Xorijiy_hamkorlik
#Fransiya

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Fransiya Respublikasi Prezidentining Kontinental Yevropa va Turkiya bo‘yicha maslahatchisi Izabel Dyumon va Fransiya Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Aureliya Bushez bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida mehmonlar uchun Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bo‘ylab kampus-tur tashkil qilinib, unda maktab faoliyati hamda o‘quvchilar erishgan yutuqlar haqida ma’lumot berildi.

✔️ Ikki tomonlama uchrashuvlar davomida vazir Hilola Umarova mamlakatimizda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan ijobiy o'zgarishlar hamda vazirlik tomonidan fransuz tilini ikkinchi xorijiy til sifatida rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.

❗️O'z navbatida Izabel Dyumon O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni alohida e'tirof etdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida Fransiyaning “Didier FLE” nashriyotining fransuz tilidagi darsliklar to‘plami Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan fransuz tili ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitiladigan maktablar uchun taqdim etildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Tanlov_natijalari

📣 DIQQAT, E'LON!!!

❗️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga hujjat topshirib, tanlovning 3 bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘qituvchilar ro‘yxati bugun, 3-aprel kuni (kun davomida) Agentlikning job.piima.uz platformasida eʼlon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
#Prezident_maktablari
#Xalqaro_maktablar_kengashi_CIS

❗️Prezident maktablari xalqaro darajada tan olinish uchun dastlabki 2 ta bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tdi

Joriy yilning 3 aprelidan boshlab 1 hafta davomida Xalqaro maktablar kengashi (CIS ) tashkiloti vakillari Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo‘lib, maktab faoliyatini o‘rganadi.

📍https://uza.uz/posts/469232

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣 DIQQAT

❗️SOVRIN JAMG‘ARMASI 1 MILLIARD SO‘M BO‘LGAN FAN OLIMPIADASIDA QATNASHING

⚡️Mazkur olimpiada Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universiteti tomonidan o‘tkazilmoqda.

📌 “Buyuk allomalar izidan” nomli respublika fan olimpiadasida ro‘yxatdan o‘tmoqchi bo‘lganlar uchun video-yo‘riqnoma.

🧪 Fizika va kimyo fanlaridan bo‘ladigan ushbu olimpiadada barcha maktab, akademik litsey va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari ishtirok etishlari mumkin.

❗️Shoshiling, ro‘yxatdan o‘tish 7-aprelga qadar davom etadi!

📝 Ro‘yxatdan o‘tish

A'zo boling:
🚀 https://t.iss.one/J_Jangirov

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xabaringiz bormi?

Yangilanayotgan Konstitutsiyada ta’lim olish huquqlarga oid 9 ta eng muhim yangiliklar belgilanmoqda

1. Har kim ta’lim olish huquqiga ega.

2. Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.

3. Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

4. Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi.

5. Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratidadir.

6. Alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi.

7. Fuqarolar davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma’lumot olishga haqli.

8. Oliy ta’lim tashkilotlari akademik erkinlik, o‘zini o‘zi boshqarish, tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqiga ega.

9. Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.
📌DIQQAT ELON!!!

Zakovat Quiz uchun roʻyxatdan oʻting.

Buxoro shahridagi Prezident maktabida 09.04.2023 yil Amir Temur tavalludining 687-yilligi munosabati bilan oʻquvchi, oʻqituvchi va tarbiyachilar oʻrtasida Zakovat quiz oʻyini oʻtkaziladi. Ishtirok etuvchi jamoalar roʻyxatdan oʻtishlari talab etiladi. Jamoada ishtirokchilar soni 6 kishidan iborat bo'ladi.
📌Oʻtkazilish vaqti 09.04.2023 yil 18:00
Murojaat uchun: @nigina_bobonazarovna

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
#Prezident_maktablari
#Xalqaro_maktablar_kengashi_CIS

⚡️Xabar berganimizdek, shu yilning 3-aprelidan boshlab Xalqaro maktablar kengashi (CIS) tashkiloti vakillari Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo‘lib, maktab faoliyatini o‘rgana boshladi.

Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida agentlik direktori Alisher Ubbiyev va CIS Yaqin Sharq va Afrika maktablarini qollab-quvvatlash va baholash boyicha direktor orinbosari Doktor Sudha Govindsvami hamda Iain Stirlinglar uchrashdi.

Tadbirda Agentlik tomonidan Prezident maktablarida amalga oshirilayotgan ishlar, oqituvchi va oquvchilarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, qolaversa, mamlakatimizda ta'lim sohasidagi tub islohatlar haqida korgazmali materiallar taqdim qilindi.

Tashkilot vakillari aprel oyida bosqichma-bosqich tarzda Toshkent, Nukus, Xiva va Namangan shaharlaridagi Prezident maktablarining faoliyatini organishadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Buxoro_Prezident_maktabi

"AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR IBRATI"

Temuriylar davri allomalarining axloq-odob va estetika borasidagi dono fikrlari madaniyatimizni yanada ravnaq toptirishda, yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitishda, ularni yuksak axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga egadir.

Buxoro shahridagi Prezident maktabida Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan ‘‘Amir Temur va temuriylar ibrati’’ mavzusida o‘quvchilar bilan davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbati davomida o‘quvchilar ‘‘Temur tuzuklari’’, L.Kerenning ‘‘Amir Temur saltanati’’, M.Brionning ‘‘Menkim, sohibqiron-jahongir Temur’’, B.Ahmedovning ‘‘Amir Temurni yod etib’’ asarlari va ularda berilgan ma’lumotlar bilan tanishishdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram