Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.51K subscribers
13.8K photos
1.2K videos
52 files
3.99K links
Download Telegram
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#_vakant
🔴
Ayni damda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga hujjat topshirib, tanlovning 2-bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan pedagoglarning suhbat jarayonlari bo'lib o'tmoqda.

Tanlovning 3-bosqichi Buxoro shahridagi Prezident maktabida olib borilmoqda.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegramm
#Buxoro_PM

Bugun Buxoro shahridagi Prezident maktabida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi bilim va malakalarni baholash agentligining chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi C1 va B2 sertifikatlarini qo‘lga kiritgan o'quvchilar maktab ma'muriyati tomonidan taqdirlandilar. Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
❇️BUXORODA MAKTAB DIREKTORLARI ISHTIROKIDA O‘QUV-SEMINARI BO‘LIB O‘TDI

🔹Buxoro viloyat Pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazida “Konstitutsion islohotlar ustuvorliklari: O‘zbekiston - ijtimoiy davlat” mavzusida bo‘lib o‘tgan mazkur o‘quv-seminarlarida viloyatdagi barcha umumta’lim maktablarining direktorlari ishtirok etdilar.

🔹Seminarda yangilanayotgan konstitutsiya, undagi o'zgarishlar va kiritilayotgan yangi moddalar bo'yicha tushuntirish va targ'ibot ishlari olib borildi.

🔹Ta’kidlash joizki, barcha sohalar qatori yangilanayotgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasida ta’lim olish huquqi va imkoniyati ham kengaytirilmoqda. Ta’lim va ilm-fanga oid normalar qariyb 2 barobarga oshmoqda.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |You Tube
Forwarded from Hilola Umarova
Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan maktab taʼlimi tizimida yuqori natijalarga erishayotgan o‘qituvchilarni rag‘batlantirish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan yana bir xayrli tashabbus muvaffaqiyatli amalga oshdi. Aniqroq aytganda, yurtimizdagi 1697 nafar o‘qituvchi Vazir jamg‘armasidan to‘lanadigan ustama sohiblariga aylanishdi.

Ular joriy yilning aprel oyidan dekabr oyiga qadar (9 oy) mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida (5 mln so‘m) har oylik ustama olishadi.

O‘ylaymanki, boshlangan mazkur ezgu harakat nafaqat ustamaga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning kelgusidagi faoliyatlariga, balki boshqa pedagoglarga ham katta motivatsiya berishi, ularning ham o‘z ustilarida ishlashlari orqali ijobiy natijalarga erishishlariga turtki bo‘ladi.

Vazir jamg‘armasidan ustama olishga munosib nomzodlarni tanlab olish jarayonlaridan barchangiz xabardorsiz. 5000 mingdan ortiq nomzodlari berilgan usozlardan 2 bosqichda sinov jarayonlari o’tkazildi.

Dastlabki bosqichda Davlat test markazi tomonidan “Boshlangʼich taʼlim”, “Аniq va tabiiy fanlar”, “Xorijiy tillar”, “Ijtimoiy fanlar” va “Аmaliy fanlar” yoʼnalishlarida nomzodlarning dars beradigan umumtaʼlim fani boʼyicha bilim darajasini baholash uchun test sinovlari boʼlib oʼtdi. Ikkinchi bosqichda esa kasbiy mahoratni baholash uchun suhbat jarayonlari bo'lib o'tdi.

Quvonarlisi, ilk bosqichda 100 foizlik natijani qayd etgan ustozlarimiz kasbiy mahoratni baholash uchun o‘tkazilgan suhbat jarayonlarida ham yuqori ballarni qo‘lga kiritishdi. Demak, bu ustozlar faqat o‘zlarining fanlarini yuqori darajada bilibgina qolmay, ularni o‘z o‘quvchilariga yetkazib berishda ham yuksak kasbiy mahoratga egalar.

To‘g‘ri, tanlov jarayonlariga bir yo'la tizimdagi barcha malakali pedagoglarni qamrab olish imkonsiz. Ammo ahamiyatlisi shuki, o‘qituvchilar har yili Vazir jamg‘armasidan to‘lanadigan ustamaga nomzod bo‘la olishadi. Har yili Hududiy kengashlar tomonidan taqdim etilgan nomzodlar orasidan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning saralash jarayonlari o‘tkaziladi.

Fursatdan foydalanib, ushbu ustamaga ega bo‘lgan barcha ustozlarimizni muborakbod etaman hamda ularning kelgusi faoliyatlarida yana-da yuksak zafarlar tilab qolaman. Va o‘quvchilarimizning kelgusida Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shishga munosib insonlar bo‘lib kamolga yetishida yana-da ko‘proq hissa qo‘shishiga umid bildiramiz.

Tanlovda qatnashgan, ammo g‘olib bo‘la olmagan qolgan ustozlarimiz ham ko‘ngilni cho‘ktirmay, keyingi sinov jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rishlarini so'rab qolaman.

O‘z kasbining munosib vakillari, fidoyi o‘qituvchilarning mehnati, albatta inobatga olinadi va rag‘batlantirib boriladi.