Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.52K subscribers
13.9K photos
1.21K videos
52 files
4.01K links
Download Telegram
#Buxoro_Prezident_maktabi

Bugun Buxoro shahridagi Prezident maktabida 5-6-sinf o'quvchilari matematika fanidan 3-chorakda tayyorlagan loyiha ishlarini namoyish qildilar.
Hafta davomida ular matematika fani ustozi Axtamova Ra'no rahbarligida o'z loyihalarini guruhlarga bo'linib bajarishdi
6-sinf o'quvchilari "Bearings" mavzusini chuqurroq o'zlashtirish uchun "Bearings board" loyihasini tayyorlashdi va turli shaharlarning bir-biriga nisbatan joylashuvini o'lchashni o'rganishdi.

5-sinf o'quvchilari esa "Straight line graph" mavzusini yaxshiroq o'zlashtirish uchun "Coordinate plane" loyiha ishini tayyorlashdi va unda turli chiziqli funksiyalarning grafiklarini yasab ko'rishdi.
Loyiha ishlari o'quvchilarda bilimlarni amalda qo'llay olish kompetensiyasini rivojlantiradi,ijodkorlikni rag'batlantiradi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
Buxoro shahridagi Prezident maktabida navbatdagi Zakovat intellektual ring o'yini bo'lib o'tdi.

Ushbu o'yinda 6 ta jamoa faol ishtirok etishdi.

🛑 1- o'rin 7 green "Infinity",
2- o'rin7 blue "Gallaktika" qo'riqchilari,
3- o'rin 8- sinf "Lysian" jamoalari qo'lga kiritishdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
#Buxoro_Prezident_maktabi

Bugun 2-mart O'zbekiston Respublikasi BMTga qabul qilingan kun munosabati bilan  Buxoro shahridagi Prezident maktabida  "O'zbekiston -Birlashgan Millatlar Tashkiloti:Tinchlik va farovonlik yo'lida hamkorlik" mavzusida 5-11- sinf o'quvchilari o'rtasida  onlayn intellektual viktorina  o'tkazildi.

Viktorina jarayonida o'quvchilar mavzu yuzasidan mavjud bilimlarini sinovdan o'tkazdilar va savol-javoblar yakunida g'olib o'quvchilar aniqlandi.
🥇🥈🥉 Intellektual viktorinamiz g'oliblari
🥇1-o'rin 7 Blue sinf o'quvchisi Jo'rayeva Kamola
🥈2-o'rin 7 Blue sinf o'quvchisi Shodiyev Nurjahon
🥉3-o'rin 5 Green sinf o'quvchisi Jo'rayev Qilichbek
Barcha g'oliblarimizni muborakbod etamiz!

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
#Xorijiy_hamkorlik
#BAA

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” tashkiloti Brend va strategik tashabbuslarning ijrochi direktori Lamiya Favvaz bilan uchrashdi.

Uchrashuv doirasida tomonlar:

▶️ “Zayed Barqaror rivojlanish sovrini” dasturi doirasida 600 ming AQSH dollari sovrin jamg‘armasiga ega, maktab o‘quvchilari tomonidan yashil energetika sohasida innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqish tanlovida vazirlik tizimidagi maktablar ishtirokini ta’minlash,

▶️ istiqboldagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

❗️Shuningdek, BAA mehmonlari tomonidan vazir Hilola Umarova joriy yilning noyabr-dekabr oylarida Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadigan BMTning COP28 konferensiyasiga taklif etildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram