Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.55K subscribers
13.4K photos
1.17K videos
47 files
3.92K links
Download Telegram
#Buxoro_PM
#olimpiada
Buxoro Prezident maktabida STEAM (matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot
texnologiyalari, science) fanlari bo‘yicha Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan
maktab o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadasining maktab bosqichi davom etmoqda.


Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
#Jautikov_olimpiadasi

O'QUVCHILARIMIZ 19-XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASIDA ISHTIROK ETISHMOQDA!

Ayni damda matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan 19-Xalqaro Jautikov olimpiadasi bo'lib o'tmoqda.

⚡️Unda dunyoning 20 dan ortiq davlatidan 1200 nafar o‘quvchilari ishtirok etishmoqda.

Olimpiada onlayn tarzda o‘tkazilmoqda.

❗️Unda Respublikamiz nomidan 96 nafar o'quvchi ishtirok etyapti. Ulardan 52 nafari (54%) Agentlik tizimidagi maktablarning o‘quvchilari hisoblanadi.

📆Olimpiada 10-fevralga qadar davom etadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
“Yangi O‘zbekiston” universitetida Karyera markazi ochilishi hamda “Qishki maktab” loyihasi ishtirokchilarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

“Yangi O‘zbekiston” universiteti faol talabalari hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan Respublika miqyosidagi maktab o‘quvchilari uchun tashkil etilgan “Qishki maktab” loyihasi ishtirokchilarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

☑️ Shuningdek, universitetda Karyera markazining ham ochilish marosimi o‘tkazilib, markaz ochilishida bir necha xalqaro kompaniyalarda ish tajribasiga ega mutaxassis ekspert Alisher Rustamov ishtirok etdi.

📌 Ushbu Markaz talabalarni kelajakda ishga tayyorlash va ish bilan ta’minlashda xizmat qilishi rejalashtirilgan.

🔁 English

#Qishki_maktab #Karyera_markazi

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#Buxoro_Prezident_maktabi
#scholarship_award

Buxoro shahridagi Prezident maktabi 7-"Blue" sinf o'quvchisi G'aniyeva Munisa "Immerse Education Essay Compettion"ga qatnashib, yozgan inshosi "Medicine" yo'nalishidagi dunyo bo'yicha eng yaxshi insholar orasiga kiritildi. Bu orqali Oxford, Sydney va Cambridge universitetlariga yozgi maktab uchun 10% grantni qo'lga kiritdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
Joriy o’quv yilidan maktabning 9- va 11-sinfini tugatgan bitiruvchilarga shahodatnomalar elektron shaklda beriladi.

Bu esa ta’lim sohasidagi qog‘ozbozlik, ortiqcha xarajat va ovoragarchiliklarni oldini olishga qaratilgan navbatdagi qadam.

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tayanch o‘rta ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma, psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar elektron tarzda o‘zbek va ingliz tillarida shakllantiriladi.

Mazkur tartib o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomaga ega bitiruvchilarning yurtimizdagi hamda xalqaro bitim imzolagan davlatlar hududidagi kollej, texnikum va oliy ta’lim tashkilotlariga kirish uchun hujjatlarni topshirish huquqini beradi. Elektron shahodatnomani olishda va OTMga topshirishda ortiqcha ovoragarchiliklarning yo'qligi esa o'z navbatida bitiruvchilar va ularning ota-onalariga ham qulaylik yaratadi.

Elektron shahodatnomalar bitiruvchilarga har yili 20-iyunga qadar beriladi. Buning uchun bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatidagi tegishli ma’lumotlarni kiritish orqali bepul yuklab olishi mumkin bo‘ladi.

Eng ahamiyatlisi, shahodatnomalar yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, bitiruvchilarga dublikat shahodatnoma berilmaydi. Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan o‘zi istagan vaqtda bepul qayta yuklab olishi mumkin bo‘ladi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ta'limni raqamlashtirish borasidagi ishlarni davom ettiradi.
#Диққат_эълон
#A_level

📣📣📣A-level imtihonlari uchun ro'yxatdan o'tayotgan talabgorlar diqqatiga!

❗️ Endi mazkur imtihonlar uchun to'lov qilish yanada osonlashdi - to'lovlarni Payme ilovasi orqali amalga oshirishingiz mumkin!

Buning uchun Payme ilovasining To'lovlar bo'limiga o'tib, ism-familiyangizni hujjatdagidek to'ldirishingiz va telefon raqamingizni kiritishingiz kerak bo'ladi.

Xalqaro imtihonlarda barchaga omad tilaymiz!

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Buxoro_PM
#olimpiada
Buxoro Prezident maktabida STEAM (matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot
texnologiyalari, science) fanlari bo‘yicha Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan
maktab o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadasining yakuniy maktab bosqichi bo'lib o'tdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram