Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.48K subscribers
15K photos
1.28K videos
52 files
4.22K links
Download Telegram
#Yoshlar_forumi

⚡️PREZIDENT TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI DIREKTORI HILOLA UMAROVANING YOSHLAR FORUMIDAGI OCHIQ MULOQOTDAN FIKRLARI

▶️ Inson faoliyati yo'nalishi istalga vaqtda o'zgarishi mumkin. Bunga men o'zim misol. Sizlarga ham ko'nglingiz buyurgan sohada bo'ling, deyman.

▶️ Qizlarning ta’lim olishiga alohida e’tibor qaratish shart. Chunki, qizlar bilimli bo‘lsa, ular kelajak avlodni ham bilimli qilib tarbiyalaydi.

▶️Bolaning qayerda o‘qiyotgani, uning ijtimoiy kelib chiqishi umuman ahamiyatga ega emas. Uning iste’dodi muhim. Ota-ona farzandining bilim olishiga e’tibor qaratsa, u bilan shug‘ullansa – bola, albatta ilmga qiziqadi, muvaffaqiyatga erishadi.

🔰Taqdimot yakunida qizg'in fikr-mulohazalarga boy bo'lib, yoshlar o'zlarini qiziqtirgan ko'plab savollarga javob olishdi.

👉Savollarga javoblarni saytimizda o'qing.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Ta'lim - taraqqiyot poydevori"

❗️21-dekabr kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova yoshlar bilan ushbu mavzuda ochiq muloqot o'tkazdi.

👩🏻‍🎓🧑🏻‍💻"Yoshlar forumi-2021" doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvdan lavhalar videorolikda.
27-dekabrdan "Yosh kitobxon" tanloviga start beriladi!

"Yosh kitobxon" tanlovining saralash bosqichlari o‘tkaziladigan manzillar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali o'z hududingizni tanlagan holda tanishib chiqishingiz mumkin:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Jizzax viloyati
Qashqadaryo viloyati
Navoiy viloyati
Namangan viloyati
Samarqand viloyati
Sirdaryo viloyati
Surxondaryo viloyati
Toshkent viloyati
Farg‘ona viloyati
Xorazm viloyati
Toshkent shahar

❗️Eslatib o‘tamiz, "Yosh kitobxon" tanlovining saralash bosqichi:

27-dekabr - 10-14 yosh toifasi (2007-2011 yillar oralig‘ida tug‘ilganlar) uchun;
28-dekabr - 15-19 yosh toifasi (2002-2006 yillar oralig‘ida tug‘ilganlar) uchun;
29-dekabr - 20-30 yosh toifasi (1991-2001 yillar oralig‘ida tug‘ilganlar) uchun bo‘lib o‘tadi.

Tanlov soat 10:00dan 17:00ga qadar o‘tkaziladi.

Yosh kitobxon tanlovining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari👇
TelegramInstagramFacebookYoutube
03. Buxoro viloyati.pdf
113.5 KB
Buxoro viloyatida "Yosh kitobxon" tanlovining saralash bosqichlari o‘tkaziladigan manzillar ro‘yxati bilan tanishing.

Yosh kitobxon tanlovining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari👇
TelegramInstagramFacebookYoutube
Buxoro shahar Prezident maktabida maktab o‘qituvchilarining emotsional zo'riqishlarini oldini olish, ularda hayotiy qadryatlarni faollashtirish, pedagogik jamoa a'zolarining o'zaro munosabatlarini yaxshilash maqsadida “O'qituvchilarda srtess va salbiy emotsiyalarni boshqarish” mavzusida trening o'tkazildi. Trening davomida Srtess o'zi nima? va Stressning inson organizmi va ruhiyati uchun ijobiy va salbiy tomonlari haqida kichik maruza tinglandi va shu o'rinda stressni bartaraf etuvchi samarali vositalar hisoblangan va turli vaziyatlarda qo'llanilishi mumkin mumkin bo'lgan usullar aytib o`tildi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Facebook |Instagram |Youtube |Telegram
Prezident ta'lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova 2021-yil sarhisobi bo'yicha ma'ruza qildi va Agentlik tizimidagi xodimlarni Yangi yil bilan tabrikladi.

Hurmatli hamkasblar!

Bugun, siz bilan o'tgan bir yil davomida erishgan yutuqlarimizni sarhisob qilib, kirib kelayotgan Yangi yil uchun oldimizga ulkan reja va maqsadlar qo'yar ekanmiz, avvalambor barchangizni o'tgan bir yil davomida erishgan ulkan yutuqlarimiz bilan muborakbod etaman.

Yangi yilda sizga va oilangizga baxt va farovonlik tilayman.

Yangi Yilingiz muborak bo'lsin!

👉Sarhisob bilan saytimizda batafsil tanishisingiz mumkin.
________
Dear colleagues,

Today is the day to celebrate the results of the last year and hope for the bigger success in the coming year.
We made the last year a wonderful one with all our efforts and now it is time to have a much better year with all our ideas and commitment.

The New Year is the beginning of new projects and new ideas.
Wishing you and your families a prosperous new year.

Happy New Year!
#Model_UN

⚡️Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan o'quvchilar va talabalar uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Modeli tashkil etilmoqda!

Mazkur modeldan ko'zlangan maqsad:
🔸 notiqlik mahoratini oshirish;
🔸muzokaralar olib borish, diplomatiya va xalqaro munosabatlarni amaliyot yordamida o'rganish;
🔸BMT faoliyati bilan yaqindan tanishishdan
iborat.

🇺🇳 Ma'lumot o'rnida, BMT modeli butun dunyo bo'ylab o'quvchilar va talabalar ishtirokida muntazam ravishda o'tkazilib kelinadi. Unda BMT talqinidagi tadbirlar tashkil etilib, ishtirokchilar BMT Bosh kotibi, Xavfsizlik kengashi a'zolari va xorijiy mamlakatlar vakillari rolida muhokamalarda ishtirok etishadi.

📆Tadbir 2022-yil 15-16-yanvar kunlari Buxoro shahrida bo'lib o'tadi.

❗️Imkoniyatni qo'ldan boy bermang! Hoziroq ro'yxatdan o'ting!

👉Ro'yxatdan o'tish uchun: https://forms.gle/bExPqVzuUji42e459

Mazkur konferensiyada ishtirok etish barcha uchun ochiq bo'lib, arizalar joriy yilning 31-dekabriga qadar qabul qilinadi.

❗️Tashkilotchilar tomonidan ishtirokchilarga ovqatlanish va turar-joy xarajatlari qoplab beriladi (Buxoroga borib-kelish xarajatlari bundan mustasno).

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Instagram | Telegram
#Pedagogik_kengash

Buxoro shahridagi Prezident maktabida pedagog va tarbiyachi xodimlar uchun navbatdagi pedagogik kengash bo'lib o'tdi. Kengash ishini maktabimizning ijrochi direktori Firdavs Navruzov boshqardi.

➡️Pedagogik kengash davomida II chorak yakuni bo'yicha o'quvchilarni natijalari bilan tanishtirildi. Yutuq va kamchiliklari muhokama etildi.

⚡️Kengash davomida Maktab malahatchisi,maxsus fanlar bo'yicha direktor o'rinbosari, MMIBDO' hisoboti hamda "Istiqbolli reja" sidagi vazifalari bilan tanishtirib o'tildi.


Buxoro shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Facebook |Instagram |Youtube |Telegram
​​​​​​Buxoro shahridagi Prezident maktabi jamoasiga
Yangi yil qutlovi!

Yangi yil amallar sarhisobi va,
Ezgu maqsadlarga poydevor boʻlsin!
Ushalsin jamiki umidlar shunda,
Davr-u martabangiz ulugʻvor boʻlsin!

Yangi yil har goʻsha, har qalbga kirib,
Yurtning har goʻshasi baxtga yor boʻlsin!
Jahonga boʻylashib Yangi kuch bilan,
Yangi Oʻzbekiston iftixor boʻlsin!

Yangi yil - dunyo xalqlarining eng sevimli bayrami!
Kurrayi zaminga yangi nafas va umidlar bilan – 2022-yil kirib kelmoqda.

Sizni yangilanishlar ayyomi Yangi yil bayrami bilan Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi ma’muriyati chin yurakdan muborakbod etadi!

Ezgu niyatlarga imkon beruvchi, xalqimiz manfaatlari yo'lidagi islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlovchi, inson qadrini yuksakka koʻtarishga xizmat qiluvchi kuch – yangi yildan boshlangay.

Xalq xizmati, yurt taraqqiyoti yo‘lidagi ezgu ishlaringizga rivoj, o‘zingizga mustahkam matonat va salomatlik tilaymiz.

Yangi 2022-yil, avvalo, yurtimiz tarixida qoladigan hamda shu Vatan bagʻridagi barcha insonlar umriga mazmun qoʻshadigan barakali, zafarli, muvaffaqiyatlarga boy yil boʻlsin!

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasi.
Assalamu alaykum Hurmatli Prezident ta’lim muassasalari agentligi jamoasi va aziz hamkasblar!

Sizlarni kirib kelayotgan 2022-yil bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.Xonadoningizga baxt va farovonlik , oilaviy hamjihatlik sizni hech qachon tark etmasligini tilab qolamiz.Sog'lik-salomatlik hamisha yo'ldoshingiz bo'lsin.

Hurmat bilan Buxoro Prezident maktabi jamoasi!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter