Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.54K subscribers
13.4K photos
1.17K videos
47 files
3.92K links
Download Telegram
«O‘zbekiston yoshlari forumi — 2021» doirasida 19-20-dekabr kunlari Toshkent sharidagi Yoshlar ijod saroyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, hamda Buxoro shahridagi Prezident maktabi va boshqa viloyatlardan tashrif buyurgan bolalar ishtirokida “Zamonaviy ta’lim bolalar nigohida – Z Avlod” forumi bo‘lib o‘tmoqda.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ “Zamonaviy ta’lim bolalar nigohida – Z Avlod” forumi jarayonidan videolavha
#Yoshlar_forumi

🔰 Ayni paytda Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida O'zbekiston yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkiloti sardorlari, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Prezident, ijod va ixtisoslashgan maktablar o'quvchilari ishtirokida “Zamonaviy ta’lim bolalar nigohida – Z Avlod” a'lochilar forumi bo‘lib o'tdi.

🔹 Shu munosabat bilan Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarovaning o'quvchilar bilan ochiq muloqoti bo'lib o'tdi. Unda o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va o'z taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.

📌 Ochiq muloqotda faol ishtirok etgan va eng yaxshi taqdimot egalari sovg'alar bilan taqdirlandilar.
#Yoshlar_forumi

⚡️PREZIDENT TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI DIREKTORI HILOLA UMAROVANING YOSHLAR FORUMIDAGI OCHIQ MULOQOTDAN FIKRLARI

▶️ Inson faoliyati yo'nalishi istalga vaqtda o'zgarishi mumkin. Bunga men o'zim misol. Sizlarga ham ko'nglingiz buyurgan sohada bo'ling, deyman.

▶️ Qizlarning ta’lim olishiga alohida e’tibor qaratish shart. Chunki, qizlar bilimli bo‘lsa, ular kelajak avlodni ham bilimli qilib tarbiyalaydi.

▶️Bolaning qayerda o‘qiyotgani, uning ijtimoiy kelib chiqishi umuman ahamiyatga ega emas. Uning iste’dodi muhim. Ota-ona farzandining bilim olishiga e’tibor qaratsa, u bilan shug‘ullansa – bola, albatta ilmga qiziqadi, muvaffaqiyatga erishadi.

🔰Taqdimot yakunida qizg'in fikr-mulohazalarga boy bo'lib, yoshlar o'zlarini qiziqtirgan ko'plab savollarga javob olishdi.

👉Savollarga javoblarni saytimizda o'qing.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Ta'lim - taraqqiyot poydevori"

❗️21-dekabr kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova yoshlar bilan ushbu mavzuda ochiq muloqot o'tkazdi.

👩🏻‍🎓🧑🏻‍💻"Yoshlar forumi-2021" doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvdan lavhalar videorolikda.
27-dekabrdan "Yosh kitobxon" tanloviga start beriladi!

"Yosh kitobxon" tanlovining saralash bosqichlari o‘tkaziladigan manzillar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali o'z hududingizni tanlagan holda tanishib chiqishingiz mumkin:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Jizzax viloyati
Qashqadaryo viloyati
Navoiy viloyati
Namangan viloyati
Samarqand viloyati
Sirdaryo viloyati
Surxondaryo viloyati
Toshkent viloyati
Farg‘ona viloyati
Xorazm viloyati
Toshkent shahar

❗️Eslatib o‘tamiz, "Yosh kitobxon" tanlovining saralash bosqichi:

27-dekabr - 10-14 yosh toifasi (2007-2011 yillar oralig‘ida tug‘ilganlar) uchun;
28-dekabr - 15-19 yosh toifasi (2002-2006 yillar oralig‘ida tug‘ilganlar) uchun;
29-dekabr - 20-30 yosh toifasi (1991-2001 yillar oralig‘ida tug‘ilganlar) uchun bo‘lib o‘tadi.

Tanlov soat 10:00dan 17:00ga qadar o‘tkaziladi.

Yosh kitobxon tanlovining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari👇
TelegramInstagramFacebookYoutube