Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.55K subscribers
13.4K photos
1.17K videos
47 files
3.91K links
Download Telegram
#Сўраган_эдингиз

Qarshi shahridagi ixtisoslashtirilgan maktabga imtihon topshirib, 47 ball oldim. Lekin o‘qishga kira olmadim. Yakkabog‘ tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabga bundan past ball o‘lganlar ham qabul qilingan. Mening balim yuqori bo‘la turib o‘qishga kira olmasligim mumkinmi?

Hududlardagi har bir maktabning kvotasi va konkursidan kelib chiqib, o‘tish ballari tubdan farq qiladi. Shu sabab, bir hududda (masalan, Qorako‘ldagi maktab) ball o‘ta yuqori bo‘lishi, boshqa hududda esa ball nisbatan past bo‘lishi mumkin.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
🔰"Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi Qonun davlat xizmatini rivojlantirishning yangi bosqichi sari muhim qadam

Joriy yilning 8-avgust kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida” Qonuni davlat xizmatlari sifati samaradorligi va natijadorligini oshirishda muhim qadam bo‘ldi.

🔴Bugun Prezident taʼlim muassasalari agentligida Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi masʼul xodimlari Xamidulla Inomov va Sarvar Saidov ishtirokida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Davra suhbati davomida mazkur qonunchilik hujjatining mazmun-mohiyati xususida atroflicha fikr yuritildi.

Jumladan, qabul qilingan Qonun ilg‘or jahon tajribasini o‘zida mujassam etgan hamda davlat boshqaruvi sohasida milliy tajribaga asoslanganligi alohida taʼkidlandi.

Tadbir davomida Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan ishtirokchilar tomonidan fikr va mulohazalar bildirildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktab direktorlari uchun bo‘lib o‘tgan “Zamonaviy taʼlim tizimida boshqaruv sanʼati” mavzusida seminar-treningdan lavhalar.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Prezident ta'lim muassasalari agentligi hamda "Yangi O'zbekiston" universiteti delegatsiyasi Koreya universiteti vitse-prezidenti Hikyoung Lee bilan uchrashdi

✔️ Vitse-prezident H. Lee ikki universitet o'rtasida hamkorlik qilish imkoniyatlari to'liq yo'lga qo'yilishi lozimligini ta'kidlab, quyidagi yo'nalishlarda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi:
🔹Universitetning kuchli fakultetlaridan biri bo'lgan "school of business"ni "Yangi O'zbekiston" universitetida birgalikda tashkil etish;
🔹universitetlarning ma'muriy-boshqaruv xodimlari o'rtasida tajriba almashinuvi dasturini amalga oshirish;
🔹zamonaviy kampusni tashkil etish yuzasidan tajriba almashish;
🔹talabalar almashinuvi dasturini amalga oshirish;
🔹ikki universitet o'rtasida "double degree" tizimini yo'lga qo'yish.


📌Ma'lumot uchun, Koreya universiteti ''Times higher education'' reytingida kuchli 250 talikka kiradi.

🔁 English

#Uchrashuv #Koreya_universiteti

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#Сўраган_эдингиз
#Kun_savoli

Jiyanim va uning sinfdoshi bir xil ball olishdi. Lekin jiyanim qabul qilinmadi. Nega? Sababini izohlab bersangiz.

❗️Qabul natijasiga ko'ra bir xil ball to'plagan talabgorlar soni belgilangan qabul kvotasidan oshib ketgan taqdirda talabgorga quyidagicha tartibda ustunlik beriladi:
🔹1-blok savollari bo'yicha yuqori ball to'plaganlar;
🔹2-blok savollari bo'yicha yuqori ball to'plaganlar;
🔹3-blok savollari bo'yicha yuqori ball to'plaganlar;
🔹tug‘ilgan sanasi bo'yicha (yoshroq nomzod tanlanadi).

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Pedagoglar_qanday_pikirde?
#Soʻz_oʻqituvchilarga

Jańadan ashılıp atırǵan qánigelestirilgen mekteplerge jumısqa qabıl etilgen pedagoglar qanday pikirde?

_____

Yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga ishga qabul qilingan pedagoglar nima deydi?

⬇️
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń!
Telegram |Instagram | Facebook | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Сўз_ўқитувчиларга

Buxoro viloyatida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktab internatiga ishga qabul qilingan pedagog.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram
#Xushxabar

⚡️PEDAGOGIK MAHORAT VA XALQARO BAHOLASH MARKAZI TRENERLARI XALQARO SERTIFIKATGA EGA BO'LISHDI!

Xabar berganimizdek, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan Cambridge Assessment International Education tashkilotinining PDQ (Kasbiy rivojlanish dasturi) joriy qilinmoqda.

Hozirda Markazning 2 nafar treneri - Xushnamo Burxonxo'jayeva va Amina Shayxmetova Cambridge Assessment International tashkilotining xalqaro sertifikatiga ega bo'lishdi.

Endilikda ular xalqaro trenerlar sifatida PDQ dasturi asosida seminarlar tashkil etishlari mumkin.

📌Ma'lumot uchun, PDQ dasturi rahbar va pedagog kadrlar uchun mo'ljallangan bo'lib, bunda kasbiy rivojlanish amaliyotdan uzilmagan holda joriy qilinadi.

❗️Ta'kidlash joiz, O‘zbekiston PDQ dasturini milliy darajada, ya’ni mahalliylashtirilgan tarzda joriy etayotgan birinchi mamlakatlardan hisoblanadi.
#Infografika

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuni imzolandi.

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun mansabdor shaxslarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (900 ming soʻmdan 1,5 mln soʻmgacha) jarima solishga sabab boʻlishi belgilandi.
Mazkur huquqbuzarliklar yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining mansabdor shaxslari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.

“Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonunda advokatlar iqtisodiy, fuqarolik va maʼmuriy ish yuritilayotganda davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan shartnoma asosida ishonch bildiruvchi shaxs roziligi bilan ekspertiza oʻtkazilishini soʻrash huquqiga ega ekanligi belgilandi.

Shuningdek, advokat ekspertiza xulosasini ish materiallariga qoʻshib qoʻyilishini va sud tomonidan ushbu xulosa ishdagi mavjud dalillar bilan birgalikda baholanishini talab qilishi mumkin.

Sud ekspertlik faoliyati bilan nodavlat tashkilotlar shugʻullanishiga ruxsat berilganligi munosabati bilan Fuqarolik protsessual kodeksi va Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksga nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti tushunchasi kiritildi.
🗣🗣🗣Diqqat! E'lon!! Tanlov!!! 📣📣📣
Buxoro shahridagi Prezident maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Giyazova Shahnoza Kamolovna tomonidan 5-6-7 sinf o'quvchilari o'rtasida Ch.Aytmatovning "Oq kema" qissasi asosida kitobxonlik tanlovi bo'lib o'tadi.

Tanlov mezoni:

💻Online tarzda tashkil etiladi;
👨‍⚖O'quvchilar qissani o'qib, tahlil qilishlari uchun 4 kun vaqt beriladi;
📲26-avgust kuni savollar @test_botda e'lon qilinadi va yuqori ball olgan o'quvchilar sertifikat hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.

Maqsad:
O'quvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish;
Kitobxonlikka bo'lgan qiziqishni rag'batlantirish.

Ushbu tanlovda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha maktablar qatnasha oladi.

📞Tanlov yuzasidan savollar bo'lsa,
@Filolog_Giyazova telegram nomeriga murojaat qilishingiz mumkin.
Chingiz Aytmatov. Oqkema (qissa).pdf
763.8 KB
​​📚 "Oq kema"
👤 Chingiz Aytmatov

“Oq kema” qissasi poklik va adolat, xunrezlik va uning ahloqiy ildizlari, milliy an’analar va insoniy qadriyatlar, tarix va bugungi kun talqiniga bag’ishlangan navbatdagi eng go‘zal asarlaridan biridir. Asarda bobosi kabi oqko‘ngil, ertaklari kabi samimiy va ularning ro‘yobga chiqishiga ko‘z tutgan bola; nihoyatda halol, samimiy va haqgo‘y bo‘lishiga qaramay qizi, nabirasi tinchligi va osoyishtaligi deb o‘zlariga qaram va mute bo‘lib qolgan, shu bois, hatto Ona bug’uni o‘ldirishgacha borib yetgan Mo‘min bobo; odam qadri-yu tabiat, milliy qadriyat-u, urf-odat barchasiga bir pul deb qaraydigan, o‘zgalar ustidan hukmronlik qilishni kasbga aylantirgan vahshiysifat O‘razqul singari obrazlarga duch kelamiz.
Халқаро конгресс марказида Президент Шавкат Мирзиёевнинг тадбиркорлар билан очиқ мулоқоти бошланди. Тадбир аввалида давлатимиз раҳбари Тадбиркорлар куни муносабати билан мукофотланган соҳа вакилларидан бир гуруҳига давлат мукофотларини топширди.

В Международном конгресс-центре начался открытый диалог Президента Шавката Мирзиёева с предпринимателями. В начале мероприятия глава государства вручил государственные награды группе представителей сферы в связи с Днем предпринимателей.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Давлатимиз раҳбари соҳа вакилларини қўллаб-қувватлаш юзасидан 5 та йўналишда ташаббусларни билдирди.

Биринчи йўналишкорхоналарни тоифаларга ажратиб, уларни қўллаб-қувватлаш бўйича алоҳида ёндашувни белгилаш.

Бунда, корхоналар йиллик айланмаси бўйича тоифаларга ажратилади. Булар:

- 1 миллиард сўмгача бўлгани – микро бизнес;

- 10 миллиард сўмгача бўлгани – кичик бизнес;

- 100 миллиард сўмгача бўлгани ўрта бизнес тоифасига киради.

Шундан келиб чиқиб 2023 йил 1 январдан бошлаб микро бизнес учун айланмадан олинадиган солиқнинг амалдаги 4 фоиздан 25 фоизгача бўлган ставкалари ўрнига ягона 4 фоизли солиқ ставкаси жорий этилади.

Бунда, олис ҳудудлардаги ва алоҳида тоифадаги тадбиркорлар учун амалдаги 1 ва 2 фоизли ставкалар сақлаб қолинади.

Ёки, улар ихтиёрий равишда йилига 20-30 миллион сўм тўласа, бухгалтерия ҳисобини юритиш ва солиқ идораларига тақдим этиш мажбуриятидан озод этилади.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌿Barchaga xayrli kun!

"Eco-schools Uzbekistan" xalqaro dasturiga qabul faol davom etmoqda.
Sizlar ekologiyaga shunday katta qiziqish bildirayotganingiz bilan har qancha faxrlansa arziydi!

🎬Dasturimiz haqida yanada ko‘proq bilish uchun, keling, bir nechta qiziqarli o‘quv videolavhalarini tomosha qilamiz. Bugun ularning birinchisi bilan tanishing!

@zamineco

Zamin | Facebook | Instagram