Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.63K subscribers
16.3K photos
1.35K videos
52 files
4.47K links
Download Telegram
⚡️GDG DevFest Tashkent-2021

Dasturchilar festivalining ikkinchi kunidan fotoreportaj.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#DevFest_Tashkent_2021
#2_kun
#Tashkilotchilar_nima_deydi

Dilmurod Olimjonov, DevFest tashkilotchilaridan biri

🔸Prezident ta'lim muassasalari agentligi, Digital Generation Uzbekistan bilan hamkorlikda "Yangi O'zbekiston" universitetida Google Developer Groups dasturchilar festivalining offlayn qismi bo'lib o'tmoqda. Festivalni o'tkazishdan maqsad IT sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun hamjamiyat yaratish va tajriba almashish muhitini shakllantirishdan iborat.

🔸GDG festival butun dunyo bo'ylab o'tkazilib kelinadi va bu yil yurtimizda ushbu festival gibrid shaklda tashkil etilgan. Kecha festivalning onlayn qismiga start berilib, unda Google kompaniyasida ishlaydigan xalqaro ekspertlar bilan IT sohasidagi so'nggi texnologiyalar bo'yicha suhbatlashdik. Bugungi tadbirimizda Yevropadan tashrif buyurgan spikerlar ham bor.

🔸Bugun kun davomida turli taqdimotlar va mahorat darslari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan, shuningdek jonli efirda ijtimoiy tarmoqlarda streamlar tashkil qilingan.
#DevFest_Tashkent_2021
#2_kun
#Tashkilotchilar_nima_deydi

Nuriddin Iminoxunov, GDG Tashkent kompaniyasi tashkilotchisi va asoschisilaridan biri

🔸DevFest festivali 2018-yildan buyon o'tkazilib kelinmoqda. Har yili mazkur tadbir Markaziy Osiyodagi eng katta dasturchilar festivali, deb e'tirof etiladi. 2021-yil ham bundan mustasno emas. Biz mazkur festival doirasida ko'plab xalqaro va mahalliy ekspertlar hamda yosh dasturchilarni qamrab olamiz.

🔸 Biz dasturchilarni birlashtirib, mahalliy IT hamjamiyatlarini Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari bilan bog'laydigan ko'prikka aylantirishga o'z hissamizni qo'shishni maqsad qilganmiz.

🔸Bunday tadbirlar yosh dasturchilar uchun o'ziga xos motivatsiya hamdir. Bu yerda 10 yildan ortiqroq vaqt davomida eng yaxshi jamoalarda faoliyat olib borayotgan IT mutaxassislari ishtirok etishmoqda. Ularning maslahatlari va tajribasi IT sohasiga endi qadam qo'ygan dasturchilarni ruhlantirishiga aminman.
#GDG_Tashkent

⚡️GDG Tashkent-2021 festivalida ishtirokchilar uchun quyidagi mavzularda mahorat darslari bo'lib o'tdi:

- "Raqobatbardosh dasturlash" (Asadullo Ganiev, Finnet technologies)
- "iOS dasturchisi uchun Yevropada karyera" (Asilbek Isakov, MashApp);
- "Flutterni nega o'rganish kerak?"(Saud Abdulwahed, Najot Ta’lim)
- "ART tarixi: 13 yilda Android qanchalik o'zgardi?" (Yusuf Abdullaev, Super Unlimited Inc)
- "Mini express ramkangizni noldan yarating" (Munira Begmuratova, TopTal)
- "Dizayn biznesga qanday ta'sir ko'rsatadi?" (Nurali Pardaev,
Ozon.ru)
- "Flutter Hero Animations" (Sardor Islomov, GDE Flutter)
- "UX qayerda zararlangani qanday topiladi?"(Yolkinkhuja Alimov, Super Dispatch)
- "Front-enderga docker nega kerak?" (Alex Kulagin, Epam)
- "Golang bilan olti burchak arxitektura" (Madiyor Abdukhashimov, Voxe Digital)
- "Angular App Performance Optimization"(Ulug’bek Samigjonov, TopTal)
- "UX/UI: mobil ilovani qayta loyihalash" (Azizbek Matchanov, Dostonxon Ozodxo'jaev, Super Dispatch, BILLZ)
❇️ Buxoro shahridagi Prezident maktabida maktab Prezidenti va "Ta'lim" yo'nalishi sardorlari tomonidan "Taklif va mulohazalar" qutisi tashkil etildi.
Bunda o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan masalalar bo'yicha takliflarini yozib qoldirishlari mumkin.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Facebook |Instagram |Youtube |Telegram
Buxoro viloyatida "Yengil atletika" sport turi bo'yicha viloyat birinchiligi musobaqasida Prezident maktabi o'quvchilari ishtirok etib munosib o'rinlarni egalladilar.
Buxoro shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Facebook |Instagram |Youtube |Telegram