Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.55K subscribers
13.4K photos
1.17K videos
47 files
3.91K links
Download Telegram
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Buxoro shahridagi Prezident maktabi, Buxoro shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari "Smart coding-2024" olimpiadasida gʻolib boʻldi.

Qarshi, Termiz, Guliston, Xiva shahridagi Prezident maktablari pedagoglari ishtirokida umumta’lim maktablari o‘qituvchilari uchun oʻquv-seminarlar tashkil etildi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabida Malayziyaning nufuzli universitetlari vakillari bilan uchrashuv
oʻtkazildi.

Nukus shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Jasurbek Bekniyazov "Education USA Academy Connects" onlayn yozgi tayyorlov dasturi yo‘llanmasini
qo‘lga kiritdi.

Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida "School Workshop-2024" koʻrgazmasi
oʻtkazildi.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Ibroyim Yusupov tavalludining 95 yilligiga bagʻishlangan
tanlov tashkil etildi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi
ixtisoslashtirilgan maktabi, Olmazor, Sergeli, Chinoz, Oʻrta Chirchiq, Boʻka, Koson, Shahrisabz tumanlari, Qoʻqon, Navoiy, Guliston shaharlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari chet tillarini bilish darajasi boʻyicha milliy hamda xalqaro sertifikatlariga ega boʻldi.

Chiroqchi tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Qarshi muhandislik va iqtisodiyot instituti oʻrtasida hamkorlik memorandumi
imzolandi.

Qoʻshtepa tuman
ixtisoslashtirilgan maktabi, Jizzax shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Kattaqoʻrgʻon shahar ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari xalqaro taʼlim grantlarini qoʻlga kiritdi.

Shumanay tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi hamkorligida hududdagi umumtaʼlim maktablaridagi bitiruvchilarining oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlariga tayyorgarligini aniqlash maqsadida test sinovlari
tashkil etildi.

Jizzax shahar 3-sonli ixtisoslashtirilgan maktabiga Koreya Ta'lim markazi vakillari
tashrif buyurdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Toshkent shahridagi Prezident maktabida kitobxonlik tanlovi
boʻlib oʻtdi.

Nukus shahridagi Prezident maktabida Toʻlepbergen Qayipbergenov va Ibroyim Yusupov tavalludining 95 yilligi doirasida “Zakovat”
oʻtkazildi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabida “Eko taqdimotlar oyligi”
e'lon qilindi.

Nurafshon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari alohida ta'limga ehtiyoji boʻlgan bolalar holidan
xabar oldi.

Halima Xudoyberdiyeva, Ogahiy nomidagi ijod maktablari, Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari Xotira maydonini ziyorat qildi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Zomin seminarining mintaqaviy bosqichiga yo‘llanma
oldi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabida “Kinokarvon” loyihasi doirasida uchrashuv
o‘tkazildi.

Hamid Olimjon va Zulfiya, Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktablari, Sergeli, Uchqoʻrgʻon, Mingbuloq, Yangiqoʻrgʻon, Qumqoʻrgʻon, Muzrabot, Vobkent, Buxoro, Olot, Qorakoʻl tumanlari, Bekobod, Qarshi shaharlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari milliy, xalqaro sertifikatlarga ega boʻldi.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida chellenj
eʼlon qilindi.

Qarshi shahridagi Prezident maktabi va Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi oʻrtasida bayram turniri
tashkil etildi.

Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi bitiruvchisi NYUAD dasturiga
qabul qilindi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi ijodiy
tanlov eʼlon qildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Medipol universiteti vakillari bilan uchrashuv
oʻtkazildi.

Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Eko-Zakovat" turniring final bosqichi
boʻlib oʻtdi.

Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan
maktabi, Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari “Teen Eagle" final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Denov, Qumqo‘rg‘on, Uzun, Qiziriq , Qorakoʻl tumanlari ixtisoslashtirilgan maktab va internatlarida “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Huawei Uzbekistan kompaniyasi o‘zbekistonlik talabalarga “Seeds for the Future 2024” loyihasi uchun tanlov boshlanganini e’lon qildi!

“Seeds for the Future” — Huawei kompaniyasining raqamli yechimlar va texnologiyalar sohasida mahalliy isteʼdodlarni rivojlantirishga qaratilgan global taʼlim dasturidir.

💥Mazkur tanlovga ”Yangi O‘zbekiston“ universiteti talabalari ham ishtirok etishlari mumkin. Tanlovda qatnashish shartlari va ariza topshirish haqida batafsil havola orqali kirib, tanishib chiqishingiz mumkin.

🗓 Arizalar 15.06.2024 gacha qabul qilinadi.

🔁 English

#tanlov #Huawei

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#OAV_biz_haqimizda

Buxoro MTRK
|Buxoro shahridagi Prezident maktabida oʻtkazilgan davra suhbatidan reportaj

Samarqand MTRK
|Samarqand shahridagi Prezident maktabida "Ochiq eshiklar kuni"

Qashqadaryo MTRK|Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Soʻnggi qoʻngʻiroq"

Fargʻona MTRK|Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida "Ochiq eshiklar kuni"

"Oʻzbekiston" telekanali|Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Soʻnggi qoʻngʻiroq"

"Oʻzbekiston" telekanali|Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchilari bayram dasturi mehmoni

Qashqadaryo MTRK|Qarshi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Ochiq eshiklar kuni"

Ruxsor TV
|Ikki farzandi Prezident maktabida o‘qiyotgan novvoy "Yashash baxti" dasturida

"Toshkent" telekanali|Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi vakillari dastur mehmoni

Oʻzbekiston 24
|Top-universitetlarning million dollarlik grantlarini qoʻlga kiritgan oʻquvchilar

Jaslar TV|Xoʻjayli tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Ochiq eshiklar kuni"

Qaraqalpaqstan MTRK|Xoʻjayli tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Ochiq eshiklar kuni"

"Toshkent" telekanali
|Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Ochiq eshiklar kuni”

Samarqand MTRK
| Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Samarqand filialida “Ochiq eshiklar kuni”

Oʻzbekiston 24|Andijon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻqituvchisi xalqaro tanlov gʻolibi

"Mening yurtim"|Prezident, ijod maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli

Oʻzbekiston 24|Ijod maktablari oʻquvchilari kasb-hunar, tadbirkorlikka oʻrgatilmoqda

Oʻzbekiston 24|Ijod maktabida Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 77 yilligi

Oʻzbekiston 24 Ijod maktablari oʻquvchilari erishayotgan yutuqlar

Oʻzbekiston 24|Nurafshon shahridagi Prezident maktabida festival

Oʻzbekiston 24|Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida konferensiya

Buxoro MTRK|Buxoro shahridagi Prezident maktabi oʻqituvchisi dastur mehmoni

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Yaqinda bo‘lib o‘tgan “Turon” teatri tanlovida 12 mingdan ziyod teatr jamoasi qatnashdi.

Tanlov natijasida har bir tumanda o‘ziga xos kichik teatr jamoasi shakllandi.

“Turon” teatri tanlovi har yili maktab o‘quvchilari orasida o‘tkaziladigan bo‘ldi. Gʻolib bo‘lgan o‘quvchilar Ijod maktablariga qabul qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Renessans_oromgohi
#yoz_oʻtmoqda_soz

RENESSANS OROMGOHI: TABIAT, DOʻSTONA MULOQOT, MASHG'ULOTLAR, SPORT

“Renessans” sog‘lomlashtirish oromgohida iqtidorli o‘quvchilarning navbatdagi guruhi – Agentlik tomonidan o‘tkazilgan olimpiadalar va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan 130 nafar o‘g‘il-qiz uchun STEM fanlari bo‘yicha oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Dam olish maskanida oʻquvchilarning kun tartibi ertalabki badantarbiya bilan boshlanadi. Nonushtadan soʻng "Zakovat" intellektual oʻyini, turli tanlovlar, kiber sport, futbol, voleybol, basketbol kabi musobaqalarda ishtirok etishadi.

Ikkinchi nonushtadan keyin suzish mashgʻulotlari boshlanib, ularda bolajonlar suzish havzasida turli mashqlar orqali suzish mahoratlarini oshiradilar. Tushlikdan soʻng oʻquvchilar kunduzgi orom olishadi.

Oromgohda STEM oʻquv mashgʻulotlari yuqori malakaga ega oʻqituvchilar tomonidan olib borilmoqda. Mashgʻulot xonalari zamonaviy taʼlim vositalari bilan jihozlangan.

Bolajonlarning kun tartibida oʻquv mashgʻulotlari bilan bir qatorda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, ijodiy tanlovlar, sport musobaqalari, tabiat qoʻyniga sayohatga ham ustuvor oʻrin berilgan.

Bugun oromgohda tashkil etilgan xayrlashuv marosimi ham taassurotlarga boy oʻtdi. Bolajonlar ijrosida kuy-qoʻshiqlar yangradi, sahna koʻrinishlari namoyish etildi. Shuningdek, bu yerda oʻquv mashgʻulotlari, turli tanlov va musobaqalarda yuqori natija koʻrsatgan oʻquvchilar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Oromgohda soʻlim tabiat, doʻstona muloqot, mashgʻulotlar, sport, qiziqarli tadbirlar bilan oʻtgan mazmunli taʼtil oʻquvchilarni yangi oʻquv yilida yanada yuqori natijalarga erishishga undashi shubhasiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
to'g'ridan_to'g'ri_3_bosqichga_o'tgan_pedagoglar_ro'yxati.pdf
981.3 KB
#tanlov
#ishga_taklif

🔔 PEDAGOG O‘QITUVCHILAR DIQQATIGA!

🤩 Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo‘sh ish (vakant) o‘rinlarga tanlov eʼlon qilgan edi.

📝 Bo‘sh ish o‘rinlariga hujjat topshirgan o‘qituvchilar yuqorida ilova qilinayotgan jadvallar asosida tanlovning 2-bosqichi yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri 3-bosqichga o‘tganligini bilishi mumkin.

📍Tanlovning 2-bosqichi (test) joriy yilning 22-avgust kuni hududlardagi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining toifa testlari o‘tkaziladigan binolarida bo‘lib o‘tadi.

Tanlovning 3-bosqichida (suhbat) to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish imkoniyati Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan toifa testlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘qituvchilarga berildi.

🪪 Tanlovning 2-bosqichida ishtirok etadigan nomzodlardan test jarayoniga o‘zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishingiz so‘raladi.

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180).

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Job
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_eʼlon

🔔PEDAGOG OʻQITUVCHILAR DIQQATIGA!

🤩 Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi boʻsh ish (vakant) oʻrinlarga tanlov eʼlon qilgan edi.

📝Tanlovning 2-bosqichi (test) joriy yilning 22-avgust kuni hududlardagi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining toifa testlari oʻtkaziladigan binolarida boʻlib oʻtdi.

🟢Tanlovning 3-bosqichida (suhbat) toʻgʻridan-toʻgʻri ishtirok etadigan hamda tanlovning 2-bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar diqqatiga!

📍Tanlovning 3-bosqichi joriy yilning 23-24 avgust kunlari hududlardagi PREZIDENT MAKTABLARIDA suhbat boʻlib oʻtadi:

🪪 Tanlovning 3-bosqichida ishtirok etadigan nomzodlardan test jarayoniga oʻzingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishini eslatib oʻtamiz.

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180).

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Job
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovining taqdirlash marosimini oʻtkazdik.

Mazkur tanlov qisqa muddatda ommalashib ulgurdi. Raqamlarga murojaat qilsak, 2023/2024 oʻquv yilida oʻtkazilgan tanlovda 6 442 ta maktabning 32 210 nafar oʻquvchisi qatnashgan. Oʻtgan davr mobaynida tanlovda 110 mingga yaqin oʻquvchilar oʻz bilimlarini namoyon etdi.

Oʻn minglab qorakoʻzlarimiz qamrab olingan tanlovning yakuniy final bosqichiga yetib kelishning oʻzi katta gʻalaba.

Gʻoliblar, bugungi kun qahramonlarimiz bilan tanishing:

1-oʻrin Jizzax viloyati, Jizzax shahri 22-maktab jamoasi,

2-oʻrin Namangan viloyati, Chortoq tumani 53-IDUM jamoasi,

3-oʻrin Toshkent shahri, 110-IDUM jamoasiga nasib etdi.

Gʻoliblariga medallar hamda egallagan oʻrniga mos ravishda 300 mln soʻm, 400 mln soʻm hamda 500 mln soʻmlik pul mukofotlari topshiriladi.

Shuningdek, Prezident sovgʻasi sifatida Respublika bosqichi barcha ishtirokchilari va ularning ustozlari, jami 84 nafar oʻquvchi va pedagoglar oʻz bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish uchun xorijga taʼlim sayohatiga yuboriladi.

Shuni bemalol aytish mumkinki, ushbu tanlov sabab xorijiy tillarni oʻrganish jarayoni maktablarimizda umummilliy harakatga aylandi.

Yana bir quvonarli statistikani keltirsam, chet tilini bilish sertifikatiga ega boʻlgan maktab bitiruvchilari soni oxirgi ikki yilda 6 mingdan 18 ming nafarga yetdi.

Bugungi tanlovda gʻolib boʻlgan barchani tabriklayman. Aziz yoshlar, oʻquvchilar xorijiy tillarni oʻrganishdan charchamang!
Forwarded from Zamin Foundation
"Zamin Creative" loyihasi doirasida Qarshi, Toshkent, Andijon, Nukus va Marg‘ilondagi inklyuziv ijodiy studiyalarga beshinchi qabul o‘tkazilmoqda. Ishtirokchilarning iltimosiga ko‘ra, ular ijodkorlik va o‘zini ifoda etishga ko‘proq vaqt ajrata olishlari uchun o‘qish muddati bir akademik yiligacha uzaytirildi. Qabul an’anaviy ravishda media, dizayn va teatr san’ati yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladi.

14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar 22-sentyabrgacha mana bu yerda ro‘yxatdan o‘tib, tanlov asosida "Zamin Creative" ishtirokchisi bo‘lishlari mumkin.

В рамках проекта Zamin Creative проводится пятый набор в инклюзивные творческие студии в Карши, Ташкенте, Андижане, Нукусе и Маргилане. По просьбам ребят длительность обучения увеличится до одного академического года, чтобы участники проекта могли больше времени посвящать творчеству и самовыражению. Набор традиционно будет проведён по направлениям: медиа, дизайн и театральное искусство.

Стать участником Zamin Creative на конкурсной основе могут подростки от 14 до 18 лет, зарегистрировавшись до 22 сентября здесь.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube