Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.51K subscribers
13.9K photos
1.21K videos
52 files
4.01K links
Download Telegram
#Imtihon_2022
#Prezident_maktablari

🔴Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichiga start berildi.

Mazkur bosqichda 1-bosqich natijasiga ko‘ra, qabul kvotasida belgilangan har bir maktab kesimida 480 nafar talabgorlar qatnashadi.

❗️Ikkinchi bosqich imtihonlarda axborotni tahlil qilish va solishtirish qobiliyatini aniqlash bo‘yicha:

▶️mantiq elementlari bo‘lgan matematika fanidan – 40 ta masala,
▶️ingliz tilidan – 40 ta test ishlanishi talab etiladi.

👉Ota-onalar test2022.uz platformasi orqali Imtihon jarayonlarini onlayn kuzatib borishlari mumkin.
_
📷
Fotosuratlarda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan Nurafshon shahridagi Prezident maktablari uchun Imtihon jarayonlari aks etgan.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Imtihon_2022
#Prezident_maktablari
#Fotoreportaj

🔴Ayni damda butun Respublika bo’ylab Prezident maktablariga ikkinchi bosqich imtihonlar bo’lib o’tmoqda.

❗️Ota-onalar test jarayonlarini test2022.uz platformasi orqali onlayn kuzatishlari mumkin.
____
📷Fotolavhalarda Jizzax, Namangan va Samarqand shaharlaridagi Prezident maktablari uchun imtihonlari aks etgan.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
“Kompromatuzb” telegram kanalida “Президент мактаби"га ўқишга кириш учун имтиҳон топшириётган 45 ёшли "қизалоқ"! nomli xabarga munosabat.

Mazkur hodisa yuzasidan tushunmovchilikni oldini olish maqsadida qabul komissiyasi a’zolari ishtirokida ota-onalar tomonidan tanlangan vakillar imtihon jarayonlariga kiritildi.

O’rganish natijasida ushbu o’quvchi Toshkent shahridagi maktablardan birining 4-sinf bitiruvchisi A.F. ekanligi aniqlandi va vakillarga isbotlab berildi ("Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi Qonunning 14-moddasiga asosan o'quvchi haqidagi ma'lumotlar taqdim etilmaydi).

Prezident ta’lim muassasalari agentligi Axborot xizmati tomonidan ota-onalardan iborat vakillarning imtihon jarayonlarida ishtiroki video-tasvirga yozib olingan.

Bloger va ijtimoiy tarmoq faollaridan noxolis xabarlarni tarqatmaslikni so’raymiz.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

Prezident maktablariga 2-bosqich imtihonlari jarayonida talabgor-o’quvchi qiz bilan sodir bo’lgan tushunmovchilikni bartaraf etish uchun ota-onalar tanlagan vakillar Agentlik mutasaddilari ishtirokida imtihonga kiritildi.

Vakillarga ushbu o’quvchi qizning Toshkent shahridagi maktablardan birining 4-sinf bitiruvchisi ekanligi isbotlab berildi.

Mazkur jarayonlardan video-lavha taqdim etilmoqda.
📣Diqqat, imtihon!

🔰Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari kuni belgilandi.

🗓Imtihon kunlari va manzili:
▶️Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab – 5-avgust kuni soat 8:00 hamda 17:00da Toshkent shahri, Botanika bog‘i va Paxtakor stadioni;
▶️Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab – 6- avgust kuni soat 8:00da Toshkent shahri, Botanika bog‘i va Paxtakor stadionida bo‘lib o‘tadi.

📲Imtihon vaqti haqida talabgorlarga 3-avgust kunidan boshlab sms-xabarnoma yuborilmoqda.

❗️Eslatib o‘tamiz, imtihonga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin kelish talab etiladi.

🖥 Imtihon joyi va boshqa zaruriy ma’lumotlarni “Shaxsiy kabinet” orqali olishni unutmang.

Talabgorlar tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент мактабига имтиҳон топширган "45 ёшли қизалоқ" ким эди?

Фарзона Абдусатторова тенгдошларига нисбатан бўйдор. Фарзонанинг ўзи ва устозлари масалага ойдинлик киритишди

@yangidavr_rasmiy
Diqqat eʼlon!

🔴Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarning imtihon javoblari tez kunlarda eʼlon qilinadi.

Xabaringiz bor, Qoraqalpogʻistondagi imtihonlar sanasi oʻzgardi. Bu test sinovlari javoblari eʼlon qilinishi ortga surilishiga sabab boʻldi.

📲Baʼzi xususiy oʻquv markazlari telegram kanallarida natijalar eʼlon qilingani toʻgʻrisida yoʻlgʻon maʼlumotlar tarqatishmoqda. Eslatib oʻtamiz, qonunchilikda yoʻlgʻon xabar tarqatganlik uchun javobgarlik belgilab qoʻyilgan.
Rasmiy manbalar orqali berilayotgan xabarlarni kuzatib boring.
🔰Oʻz yoʻnalishida dunyoning birinchi raqamli instituti vitse-prezidenti professor Sanjay Sarma "Yangi O'zbekiston" universitetida!

Massachusets Texnologiya institutini 10 yil mobaynida ochiq ta'lim dasturi bo'yicha vetse-prezident lavozimida boshqargan Sanjay Sarma keldi.

Uchrashuvni Prezident ta'lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova ochib berdi va Sanjay Sharmani ''Yangi O'zbekiston universitetining faxriy professori'' unvoni taqdim etildi.

Davra suhbati davomida Sanjay Sarma erishgan yutuqlari haqida so'zlab, yig'ilganlarga ta'lim olishda zarur bo'lgan tavsiyalarini berdi.

Uchrashuvda yig'ilgan olimlar va yoshlar oʻzlari qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube