Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.52K subscribers
13.9K photos
1.21K videos
52 files
4.01K links
Download Telegram
#Ochiq_eshiklar_kuni

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 7-sinfga qabul qilingan 40 nafar, 10-sinfga qabul qilingan 5 nafar o‘quvchi hamda ularning ota-onalari uchun ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi.
Uchrashuvda Prezident ta'lim muassasalari agentligi Qashqadaryo viloyat hududiy bo‘limi boshlig‘i v.b. U.Oripov, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Y.Jamolova va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari N.Oripovalar tartib-intizom, odob-axloq qoidalari, to‘garaklar, kun tartibi, yotoqxona faoliyati haqida so‘z yuritishdi. Ota-onalar maktabda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi. Ularning takliflari, fikr-mulohazalari tinglandi.
Shuningdek, muloqot davomida mas'ullar maktabda yagona o‘quvchi formasi tashkil etish bo‘yicha ma'lumotlar taqdim etdilar. Ota-onalar bu borada o‘z takliflarini bildirishdi.

✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️YANGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR TA’LIM TIZIMIGA YANGICHA YONDASHUVDIR!

✔️Mazkur maktablarda xorij tajribasi asosidagi integratsiyalashgan ta’lim dasturlari orqali o’qish va zamonaviy laboratoriyalarda amaliyot o’tash imkoni mavjud.

❗️Maqsadimiz - ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish orqali O’zbekiston taraqqiyotiga o’z hissamizni qo’shishdan iborat!

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Buxoro_shahri_Prezident_maktabi.
#Yozgi_oromgoh_

IBRAT LANGUAGE CAMP - ChET TILLARIGA IXTISOSLASHTIRILGAN OROMGOH !

🛑Buxoro shahar Prezident maktabi o'quvchisi Ibragimova Sevara "Ibrat tillar oromgohining 5-mavsum g'olibi.
☑️Ayni damda Sevara yozgi ta'tilni tengdoshlari bilan maroqli o'tkazyapti.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram
#Prezident_maktablari

Gwen Caudwell boshchiligidagi Cambridge Assessment International Education tashkilotining vakillari O'zbekistonga yetib kelishdi

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarining 2-bosqich imtihonlarini o‘tkazish maqsadida yurtimizga kelgan Angliyaning Cambridge Assessment International Education tashkiloti vakillari Agentlik rahbariyati va masʼullar bilan uchrashishdi.

Uchrashuv davomida xorijlik mutaxassislar imtihon o'tkaziladigan hududlarga borib, imtihonlarga kuzatuvchi sifatida ishtirok etishlari kelishib olindi.

📌Eslatib o‘tamiz, Prezident maktablari imtihonlarining 2-bosqichi 2-avgust kuni soat 18:00 da bo‘lib o‘tadi.

Prezident maktablari imtihoni bo‘ladigan manzillar ro‘yxati bilan ushbu
havola orqali tanishishingiz mumkin.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Test_namunalari

❗️Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirgan o‘quvchilar diqqatiga!

Mirzo Ulug'bek, Muhammad al-Xorazmiy va Abu Ali Ibn Sino nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga o'qishga hujjat topshirgan talabgorlar uchun test namunalari rasmiy saytga joylandi.

Ushbu
havola orqali test namunalaridan foydalanib, bilimingizni sinab ko‘ring.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Foto_reportaj

🔰Gwen Caudwell boshchiligidagi Cambridge Assessment International Education tashkilotining vakillari Toshkent bo‘ylab sayohat qilishdi

Xabaringiz bor, Gwen Caudwell boshchiligidagi Cambridge Assessment International Education tashkilotining vakillari Prezident maktablarining 2-bosqich imtihonlarini o‘tkazish maqsadida yurtimizga kelgan.

Angliyaning Cambridge Assessment International Education tashkiloti vakillari Toshkent shahridagi maktabida bo‘lishdi. Shu bilan birga Toshkentning diqqatga sazovor joylarini sayohat qilishdi.

📌Eslatib o‘tamiz, Prezident maktablari imtihonlarining 2-bosqichi 2-avgust kuni soat 18:00 da bo‘lib o‘tadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube