Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.51K subscribers
14.7K photos
1.25K videos
52 files
4.16K links
Download Telegram
#Diqqat_imtihon
#Ijod_maktablari

Ijod maktablariga kirish imtihonlarining 1- va 2-bosqich jarayonlaridan fotoreportaj.

Ma’lumot o’rnida, ikkinchi bosqich imtihonlar grafik asosida 27-iyunga qadar davom etadi.

❗️Ijod maktablariga kirish imtihonlarining yakuniy bosqichi iyul oyida bo’lib o’tishi rejalashtirilgan.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ko'plab abituriyentlarimizning talab va istaklariga binoan...

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangi O'zbekiston universitetida qabul jarayonlari muddati UZAYTIRILDI.

Hujjatlar joriy yilning 30-IYUN kuniga qadar onlayn tarzda qabul qilinadi.

⚡️ O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan oliygohda tahsil olishni istasangiz...

O'z hujjatlaringizni https://admissions.newuu.uz/ saytiga yuborishingiz mumkin.

Yangi O'zbekiston universiteti sizni o'z talabalari safida kutib qoladi!
#Tabriknoma

Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!

27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan sizlarni chin qalbdan samimiy qutlayman.

Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik hamda ijodiy zafarlar tilayman.

Kasbingizdan qadr va hurmat topish nasib etsin! Hamisha so’zingiz o’tkir, nigohingiz xolis bo’lsin!

Bayram muborak bo’lsin!

Hilola Umarova,
Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori
YANGI TASHKIL ETILGAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA QABUL UZAYTIRILDI

⚡️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga o'qishga hujjatlar qabuli, ko'p sonli hamyurtlarimizning talablariga binoan, 30-iyunga qadar uzaytiriladi.

✔️ Eslatib o'tamiz, hujjatlar ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinmoqda.
Ixtisoslashtirilgan maktablarga o'qishga ariza topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar:
• Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).

❗️ Diqqat! Qabul faqatgina yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablar uchun davom etadi. Prezident maktablari hamda ijod maktablariga o'qishga hujjatlar qabuli yakunlandi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Statistika_qabul
#Qabul_2022

🔰Agentlik tizimidagi yangi ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul yuzasidan ariza.piima.uz saytiga arizalar kelib tushmoqda. Ushbu arizalarning 27-iyun soat 11:00 holatiga ko'ra statistikasini taqdim etamiz.

✔️ Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma'lumotga ega bo'lasiz.

❗️SHOSHILING! QABUL JARAYONLARI TUGASHIGA SANOQLI KUNLAR QOLDI.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
🔰Agentlik tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga tanlovda ixtisoslik fanlaridan qatnashayotgan pedagog-kadrlar uchun tashkil etilayotgan seminar-treninglar boshlandi.

Ushbu mashg‘ulotlar "Zamonaviy trener" haftaligi davomida saralangan trenerlar tomonidan quyidagi hududlarda bo‘lmoqda:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Xorazm viloyati
Navoiy viloyati
Buxoro viloyati
Qashqadaryo viloyati
Surxondaryo viloyati
Samarqand viloyati.

Pedagog kadrlar uchun:
📘 "O‘quvchilar bilan ijobiy muhit yaratish"
📘"Formativ va summativ baholash tamoyillari"
📘"STEAM yondashuvida tadqiqotga asoslangan taʼlim"
📘"Darslarda IT tatbiqi" mavzularida seminar mashg‘ulotlari tashkil qilindi.

📌Mashg‘ulotlarga Agentlik tizimidagi maktablarda faoliyat olib borayotgan mahalliy trener-pedagoglar va xalqaro o‘qituvchilar jalb qilingan.
Ushbu trening Cambridge metodikalari asosida o‘qituvchilar uchun bo‘lmoqda.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Qabul_2022

📣📣DIQQAT, E'LON!

⚡️PREZIDENT TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA QABUL E’LON QILINADI!

Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulug'bek va Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga 2022/2023-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-IYULdan-20-IYULga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

⚡️Qanday hujjatlar talab etiladi?
• Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).

⚡️Mazkur maktablarga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
❗️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga 5-sinfga;
❗️Mirzo Ulug'bek va Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga 7-sinfga qabul bo'ladi.

👉Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring:

☎️Call-markaz raqami: 1206
Veb-sayt: piima.uz
Telegram: piimauz
Facebook: piima.uz
Instagram: piima.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Abituriyentlar diqqatiga!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi "Yangi O'zbekiston" universitetida o'qish istagini bildirgan abituriyentlarimizning talab va istaklarini inobatga olgan holda

📣 QABUL jarayonlari MUDDATI UZAYTIRILDI.

📲 Hujjatlar qabuli shu yilning 30-IYUN kuniga qadar DAVOM ETADI.

Sizdan quyidagi hujjatlar talab qilinadi:👇

📰Pasport yoki ID karta elektron nusxasi
📁Umumiy o‘rta ta'limni bitirganligi to‘g‘risidagi shahodatnoma yoki kollej / litsey diplomi (agar abituriyent hali ushbu hujjatni olmagan bo‘lsa, o‘rta ta'lim muassasasini bitiruvchisi ekanligi haqida ma'lumotnoma)
🔖 IELTS 5.5 (Sanoat boshqaruvi yo'nalishi uchun 6.0) yoki
🔖 TOEFL iBT 46 (Sanoat boshqaruvi yo'nalishi uchun 60) va undan yuqori ballni ko‘rsatuvchi original SERTIFIKATIning elektron nusxasi (ushbu sertifikat haqiqiy ekanligi tekshiriladi);
📷 Oxirgi 3 oy ichida olingan 3х4 rasm

🏃 Arizalar joriy yilning 30-IYUN kuniga qadar https://admissions.newuu.uz sayti orqali qabul qilinadi.
#Buxoro_shahri
#Prezident_maktabi
#Seminar_trening
#1_kun

Buxoro shahridagi Prezident maktabida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga tanlovda ixtisoslik fanlaridan qatnashayotgan pedagog-kadrlar uchun tashkil etilayotgan seminar-treninglar bo'lib o'tdi.

Pedagog kadrlar uchun:
📘 "O‘quvchilar bilan ijobiy muhit yaratish"
📘"Formativ va summativ baholash tamoyillari"
📘"STEAM yondashuvida tadqiqotga asoslangan taʼlim"
📘"Darslarda IT tatbiqi" mavzularida seminar mashg‘ulotlari tashkil qilindi.

📚Pedagoglar mahoratini oshirish uchun tashkil qilingan treninglar tajribali xalqaro va mahalliy mutaxassislar tomonidan olib borildi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram