Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.5K subscribers
14.8K photos
1.26K videos
52 files
4.18K links
Download Telegram
#Matbuot_anjumani

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan "Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga 2022-2023-o'quv yili uchun qabul” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Matbuot anjumanida Agentlik direktori Hilola Umarova, direktorning birinchi o'rinbosari Dilshod Kenjayev, direktor o'rinbosari Alisher Ubbiyev va yo'nalishlar bo'yicha mutaxassislar ishtirok etishdi.

Tadbirda:
▶️Prezident, ijod va Agentlik tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul jarayonlari,
▶️Prezident maktablari metodikasi asosida maxsus tayyorlangan ta'lim dasturlarining yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga tatbiq etilishi,
▶️Mazkur ixtisoslashtirilgan maktablarga pedagog-kadrlarning tanlov asosida qabul qilinishi kabi mavzularda so'z bordi.

❗️Matbuot anjumani YouTube orqali to'g'ridan-to'g'ri jonli efirda namoyish etildi va jurnalistlar hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib tushgan savollarga javob berildi.

👉Batafsil saytimizda o'qing.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jonli_videobayonot
#Qabul_2022

✔️Sizga qulay bo'lishi uchun Prezident ta'lim muassasalari agentligining YouTube kanalida bo'lib o'tgan jonli videobayonotini taqdim etamiz.

Ixtisoslashtirilgan maktabga hujjat topshirishda kundalik.comdagi baholar rasmini yuklash mumkinmi?
Kundalik.comning o‘quvchiga joriy o’quv yilida qo‘yilgan baholar qismini chiqarib, direktor tomonidan tasdiqlatib, keyin ariza.piima.uz saytiga yuklash mumkin.

Farzandim 5-sinfni tugatgan. U 5-sinfga qayta o‘qish uchun Prezident maktabiga hujjat topshirsa bo'ladimi?
Yo’q, talabgorlarga bir sinfda qayta o‘qish imkoniyati berilmaydi.

📞Call-markaz: 1206

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Новости 24 | Состоялась пресс-конференция, посвященная объявленному приёму в Президентские школы
#3june #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
#Qabul_2022

🔴Ayni damda Yangi O'zbekiston universitetida OCHIQ ESHIKLAR KUNI boʻlib oʻtmoqda.

Kun davomida sizni:

🖥 Universitet taqdimoti;
👨‍🏫 Professorlarning tajriba va taassurotlariga quloq tutish;
👨‍🎓 Iqtidorli talabalarining universitet ijtimoiy hayoti va amaliyot jarayonlari bilan bog'liq taassurotlari;
🏢 O'quv binosi bo'ylab kampus tur kutmoqda.
#Statistika_qabul
#Qabul_2022

🔰Prezident maktablariga qabul yuzasidan ariza.piima.uz saytiga arizalar kelib tushmoqda. Ushbu arizalarning 4-iyun soat 11:30 holatiga ko'ra statistikasini taqdim etamiz.

✔️ Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma'lumotga ega bo'lasiz.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Янги_Ўзбекистон_университети

Bugun, 4-iyun kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi "Yangi O'zbekiston" universitetiga qabul jarayonlari munosabati bilan Ochiq eshiklar kuni tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida universitet taqdimoti, professor-o’qituvchilar bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot va universitet o’quv binosi bo’ylab ekskursiya tashkil etildi.

⚡️Tadbir doirasida mutaxassislar tomonidan yig'ilganlarga universitet faoliyati, fakultet va yo’nalishlar, shuningdek, qabul jarayonlari haqida batafsil ma'lumot berildi.
_____
Eslatib o'tamiz, "Yangi O'zbekiston" universitetiga qabul 20-iyunga qadar davom etadi.

Hujjatlarni https://admissions.newuu.uz/ sayti orqali topshirishingiz mumkin.

📞Murojaat uchun: +998712024111

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Qabul_2022

❗️Ota-onalar va o'quvchilar diqqatiga!

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul boshlandi!

Agentlik tizimidagi:

- Prezident maktablariga 5-sinfga,

- Ijod maktablariga 7-sinfga,

-Yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarning aniq fanlar yo'nalishiga 5-11-sinf, tabiiy fanlar yo'nalishiga esa 7-11-sinfga qabul bo'lib o'tadi.

⚡️Shoshiling, hujjatlar 20-iyunga qadar onlayn ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.

☎️Call-markaz: 1206
Veb-sayt: piima.uz
Telegram: piimauz
Facebook: piima.uz
Instagram: piima.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mutaxassis_javob_beradi

❗️Hurmatli kanalimiz a'zolari!

Bizga yo‘llayotgan savol va takliflaringiz uchun minnatdorlik bildiramiz hamda sizga qulaylik yaratish maqsadida "Mutaxassis javob beradi" ruknini tashkil etganimizni ma'lum qilamiz.

Prezident maktablariga kirish imtihonlarida javoblar nega qalamda belgilanadi?

👉
Prezident ta'lim muassasalari agentligiga savol va takliflaringizni @piimasavollar_bot orqali kutib qolamiz.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Yangi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga hujjat topshirgan pedagog kadrlar diqqatiga!

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan eʼlon qilingan tanlovning 1-bosqichi nihoyasiga yetdi.

📆 Tanlovning ikkinchi bosqichi ya'ni test imtihonlari joriy yilning 11-iyun sanasidan boshlanadi.

📌Ikkinchi bosqichga o‘tgan o‘qituvchilarning telefon raqamiga hamda elektron pochta manziliga imtihon bo‘lib o‘tadigan sana, manzil va vaqti haqidagi maʼlumotlar havolasi yuboriladi.

📝Imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining test.tdi.uz sayti orqali belgilangan taʼlim muassasasida onlayn bo‘lib o‘tadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube