Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.51K subscribers
13.6K photos
1.19K videos
49 files
3.96K links
Download Telegram
#Inklyuziv_IT_oromgoh

"Zamin" xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva «Zamin Education» loyihasi doirasida tashkil etilgan inklyuziv IT-oromgoh ishtirokchilari bilan uchrashib, ularni o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tugatganlari bilan tabrikladi.

✔️Mazkur IT oromgoh "Zamin" xalqaro jamoat fondi va Prezident ta'lim muassasalari agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo'lib, bu yerda 5 kun davomida ishtirokchilar dasturlash va robototexnikani o‘rganishdi, kompyuter ilovalarini yaratish ko‘nikmalarini o‘zlashtirishdi.

Oromgoh yakuniga yetgani munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda www.zamineducation.uz IT-platformasidagi resurslar kontenti yanada kengaygani haqida e’lon qilindi.

❗️Bu platforma IT sohasiga qiziquvchi yoshlarning axborot texnologiyalarini chuqurroq o‘rganishlari hamda sohadagi zamonaviy professional talablarga javob beradigan mutaxassis bo‘lib yetishishlariga yordam beradi.
#Infografika
#ixtisoslashtirgan_maktablar

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablarga 2022-2023-o‘quv yili uchun o‘qituvchilar qabuli yakunlandi.

Job.piima.uz sayti orqali hududlar kesimida kelib tushgan arizalar bo‘yicha yakuniy hisobot bilan mazkur infografikada tanishishingiz mumkin.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Ijod_maktablari

"Zamin" xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida bo'lib, “Zamin Creative” studiyasi faoliyati bilan tanishdi.

Mazkur studiya Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktab negizida tashkil etilgan bo'lib, uchta yo‘nalish - teatr san’ati, fashion design (kiyim dizayni) va mediasavodxonlikka ixtisoslashgan.

Shuningdek, studiyaning yangi o‘quvchilarini qo‘llab-quvvatlash, o‘z ijodiy ishlarini namoyish qilish, to‘plangan tajriba va o‘qishdan olingan taassurotlar bilan bo‘lishish maqsadida Toshkentdagi “Zamin Creative” studiyasi o‘quvchilari ham ijod maktabiga kelishdi.

✔️“Zamin Creative” ijod studiyalari yil yakuniga qadar Namangan, Farg‘ona va Jizzax viloyatlarida ham ochilishi rejalashtirilgan.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from Zamin Foundation
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Inklyuziv ta’lim - barcha uchun ochiq va to‘siqsiz muhit
__

Инклюзивное образование - доступная и безбарьерная среда для всех

#zamineducation

Zamin | Facebook | Instagram
#Test_namunalari_2_bosqich
#Prezident_maktablari

❗️Agentlik tizimidagi Prezident maktablariga o‘qishga kirish istagidagi o‘quvchilar diqqatiga!

⚡️Prezident maktablariga ikkinchi bosqich kirish imtihonlarining 5-sinf TANQIDIY FIKRLASH va MUOMMONI HAL QILISHdan test namunalari.

✔️Bizni kuzatib boring!

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Халқаро_таълим_форуми
#Buyuk_Britaniya

⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligining rahbari Hilola Umarova boshchiligidagi Agentlik delegatsiyasi Butunjahon ta'lim forumida ishtirok etishmoqda.

Forum doirasida bir nechta xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

Xususan, Agentlik delegatsiyasi doimiy hamkori Cambridge Assessment International Education, Times Higher Education va British Council tashkilotlari vakillari bilan ham uchrashishdi va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

📍Butunjahon ta'lim forumi London shahrida bo'lib o'tmoqda.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Халқаро_таълим_форуми
#2_kun

🔴Agentlik delegatsiyasi ishtirok etayotgan Butunjahon ta'lim forumi doirasida bugun ta'lim sohasidagi nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislarning taqdimotlari bo'lib o'tmoqda.

Taqdimot va uchrashuvlar davomida ta'lim sohasida pandemiyadan keyingi chora-tadbirlar, karantin sharoitining o'qitish tizimiga ta'siri hamda ta'limni rivojlantirish bo'yicha xalqaro hamkorlik kabi masalalar muhokama qilinmoqda.

Xususan, Cambridge University Press &Assessment tashkilotining Bosh ijrochi direktori Peter Phillips o'z taqdimotida Agentlik tizimidagi maktablar bilan o'zaro samarali hamkorlik yo'lga qo'yilganligini alohida ta'kidlab o'tdi.

✔️Ma'lumot o'rnida, Butunjahon ta'lim forumi an'anaviy tarzda har yili o'tkaziladi hamda ta'lim sohasidagi dunyoning eng nufuzli tadbirlaridan biri hisoblanadi. Bu yil forumda 1000 nafarga yaqin mutaxassislar ishtirok etishmoqda.
#Халқаро_таълим_форуми
#2_kun

🔴Butunjahon ta'lim forumi doirasidagi taqdimotlar davom etmoqda.

Butun dunyodan tashrif buyurgan ta'lim sohasi mutaxassislari o'z chiqishlarida ta'limni rivojlantirish, bu boradagi xalqaro hamkorlik hamda qo'lga kiritilgan yutuqlar haqida so'z yuritishmoqda.

❗️Xususan, Cambridge University Press &Assessment tashkilotining Bosh ijrochi direktori Peter Phillips o'z taqdimotida Agentlik tizimidagi maktablar bilan o'zaro samarali hamkorlik yo'lga qo'yilganligini alohida ta'kidlab o'tdi.

#The_World_Education_forum #International_cooperation

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube