Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.53K subscribers
14.2K photos
1.23K videos
52 files
4.06K links
Download Telegram
#ishchi_guruh
#Buxoro
#Turon_yoʻlbarslari

🤩 Davlatimiz rahbarining tegishli farmoni ijrosi doirasida Respublikamiz boʻylab Agentlik tizimidagi maktablar oʻrtasida “Turon yoʻlbarslari” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichlari oʻtkazilmoqda.

Xususan, Sirdaryo, Namangan, Toshkent, Andijon, Samarqand, Jizzax hamda Fargʻona viloyatlarida mazkur harbiy-sport musobaqaning hududiy bosqichlari yuqori saviyada tashkil etildi. Boshqa hududlar boʻyicha ham musobaqa davom etmoqda.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro viloyatida joylashgan tizimdagi maktablarda ta’lim sifatini oʻrganish doirasida Buxoro shahridagi Prezident maktabida ham boʻlib, bu yerda “Vatan tayanchi” harakatiga a’zo oʻquvchilarning “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasi hududiy bosqichiga tayyorgarlik holati, harbiy-vatanparvarlik, milliy davlatchiligimiz tarixiga oid  bilim va ko‘nikmalarini tekshirdi.

Agentlik direktori ChQBT xonasida yaratilgan sharoitlar bilan ham yaqindan tanishib, Prezident maktabida oʻgʻil-qizlarning Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻularini kuchaytirishga qaratilgan hamda harbiy xizmatga tayyorgarlik bosqichini oʻtashga yo‘naltirilgan o‘quv-amaliy mashgʻulotlarni yaqindan kuzatdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishchi_guruh
#Buxoro

🤩Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro viloyatida boʻlib, tizimdagi maktablarning faoliyatini tanqidiy-tahliliy oʻrgandi.

Tashrif davomida Agentlik direktori Buxoro shahar, G’ijduvon, Shofirkon, Peshku, Qorovulbozor tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablarida boʻlib, oʻquvchilarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, sinfxonalar, fan kabinetlari, laboratoriyalar, ChQBT xonalarining jihozlanish holati, oʻquv binolarining isitish tizimi ham koʻzdan kechirildi.

Ishchi guruh oʻrganishlarida oʻquvchilarning oliy ta’lim va SAT, IELTS, TOEFL kabi xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorgarligiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Ushbu yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi tahlil qilinib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Agentlik rahbariyati tomonidan ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari faoliyatini joyiga borib tanqidiy-tahliliy oʻrganish ishlari izchil davom ettiriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
* Эҳтиром

НАЗМ ВА НАВОГА ЙЎҒРИЛГАН КЕЧА

Бухоро шаҳридаги Президент мактабида таҳсил олаётган ўқувчилар мактабда тез-тез ўтказиб туриладиган маънавий-маърифий тадбирлар, интеллектуал ўйинларда ҳам фаол иштирок этиб келаётганликлари қувонарли.
Бу галги назм ва наво кечаси икки буюк шоир – ҳазрат Алишер Навоий таваллудининг 584 йиллиги ҳамда Заҳириддин Муҳаммад Бобур таваллудининг 495 йиллиги муносабати билан ташкил этилди.
Кечада ўқувчилар даҳолар асарларига мурожаат этиб, улардан намуналар ёд айтишди, мумтоз қўшиқларни, саҳна кўринишларини нафис ижро этишди.
Сўз олганлар бу икки маънавият дарғаси хазинасининг миллатимиз маънавий камолоти, ривожидаги беқиёс ўрни, асарларида илгари сурилган ватанпарварлик, меҳнатсеварлик, одамийлик каби инсоний фазилатларнинг бугунги кунда ғоят долзарб аҳамият касб этиши тўғрисида тўхталиб ўтишди.
Якунда фаоллар эътироф, истеъдодлар кашф этилди.

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Бухоро вилояти бўлими

Уланиш учун: https://t.iss.one/ijod_bustoni