Forwarded from Hilola Umarova
Kambagʻal oila farzandlarining bogʻcha toʻlovi qisman qoplab beriladi
Toyloq va Kosonsoyda “Ilk rivojlanish markazlari” ochilib, kambagʻal oiladagi va nogironligi boʻlgan 4 ming 200 nafar bolaga bogʻcha taʼlimi berildi. Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilgan ishlar va 2025-yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan oʻtkazilayotgan videoselektor yigʻilishida ma'lum qilindi.
Viloyat hokimlariga oʻzidagi har bir tumanda bittadan shunday tajribani tashkil qilish topshirildi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri H.Umarovaga 2025-yilda kambagʻallik yuqori 1 mingta mahallada bittadan oilaviy bogʻcha faoliyatini yoʻlga qoʻyish topshirildi.
Yangi yildan oilaviy bogʻcha oʻrinlarini 15 foiziga kambagʻal oila farzandlari qabul qilinadi va bogʻcha toʻlovi qisman qoplab beriladi.
Bogʻcha va maktab yoshidagi nogironligi bor bolalarning taʼlim bilan qamrovi Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatida eng pastligi koʻrsatib oʻtildi.
Respublika boʻyicha bunday bolalarni 16,5 mingi maktabga, 17,5 mingi bogʻchaga bormaydi, yana 11 ming bola maxsus maktab-internatlarda ota-onasidan uzoqda oʻqiyapti.
Shuning uchun Ijtimoiy himoya agentligi, MMTV, viloyat hokimlariga 1-fevralgacha har bir tumanda bittadan bogʻchada inklyuziv taʼlim guruhini ochish topshirildi. 1-sentyabrgacha 954 ta maktabda inklyuziv sinf tashkil qilinib, yana 1 ming 800 nafar nogironligi bor bola taʼlim olishi uchun sharoit yaratiladi.
Ijtimoiy himoya agentligiga harakati cheklangan bolalarga maktabga kelib-ketish xarajatini 75 foizini qoplash tizimini joriy qilish topshirildi.
Shuningdek, mental va jismoniy nuqsoni bor bolalarni oʻqitadigan 90 ta maxsus maktabni koʻp funksiyali maktabga aylantirish kerakligi taʼkidlandi. Bu orqali nogironligi bor 2 ming bola ota-onasi bilan yashab, yaqin hududdagi maktabda oʻqish imkoniga ega boʻladi.
Yangi oʻquv yilidan Toshkent shahrida bitta shunday maktab faoliyati yoʻlga qoʻyilib, namuna qilinadi.
@hilola_umarova

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#ishchi_guruh
#Fargʻona
AGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Fargʻona viloyatida boʻlib, tizimdagi maktablar faoliyatini tanqidiy-tahliliy oʻrgandi.
Xususan, ishchi guruh tomonidan Oʻzbekiston, Beshariq va Furqat tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida oʻquvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, oʻquv binolari va yotoqxonalarni isitish holati oʻrganildi.
Ishchi guruh tomonidan taʼlim muassasalarida darsdan keyin tashkil etilgan fan, xorijiy tillar, shaxmat toʻgaraklari faoliyati, ularda oʻquvchilar qamrovi ham alohida oʻrganildi.
Shuningdek, bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalari, SAT, IELTS kabi xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilinib, bu borada malakali pedagoglarning taklif va mulohazalari olindi.
Oʻrganishlar doirasida Agentlik direktorining oʻquvchilar va oʻqituvchilar bilan muloqoti tashkil etildi. Unda A.Ubbiyev Agentlik tomonidan ixtisoslashtirilgan maktablarda taʼlim sharoitlarini yangi bosqichga olib chiqish borasida rejalashtirilgan chora-tadbirlar haqida soʻz yuritdi.
Qolaversa, muloqotlarda Agentlik direktori yoshlarning kelgusidagi maqsad va orzulari bilan qiziqib, tanlagan sohasi boʻyicha yetuk mutaxassis boʻlish uchun avvalo oʻquvchilikdanoq puxta bilim olish, xorijiy tillar, axborot texnologiyalarini mukammal oʻzlashtirish lozimligini taʼkidladi.
Maktablarni oʻrganishlar davomida ta’lim muassasalarining erishib kelayotgan yutuqlari, hozirgi vaqtda mavjud shart-sharoitlar tanqidiy tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi.
Agentlik direktori masʼullarga ta’lim tizimida amaliyotda qoʻllanilishi muhim boʻlgan bir qator topshiriq va takliflarini berdi. Xususan, xalqaro va mahalliy olimpiada jarayonlari, intellektual va sport oʻyinlari, tanlov va musobaqalarga tayyorgarliklarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib oʻrganish ishlari davom etadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

✅ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident ijod va ixtisoslashtiгilgan maktablarning o'quvchi qizlari o'rtasida o'tkazilgan matematika fani olimpiadasining Вuхоrо viloyati hududiy bosqichida Buxoro shahridagi Prezident maktabi 5 Blue- sinf o'quvchisi Raxmonova Shukrona Mirjahon qizi 3-o'rinni egalladi.
🟢 Shukrona qizimizga keyingi bosqichlarda ham omad tilagan holda bilim bergan ustozlari, ayniqsa matematika fani o'qituvchisi Axtamova Ra'no Rustamovnaga , hamda ta'rbiya berayotgan ota-onalariga minnatdorchiligimizni bildiramiz.
✅Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram
🟢 Shukrona qizimizga keyingi bosqichlarda ham omad tilagan holda bilim bergan ustozlari, ayniqsa matematika fani o'qituvchisi Axtamova Ra'no Rustamovnaga , hamda ta'rbiya berayotgan ota-onalariga minnatdorchiligimizni bildiramiz.
✅Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sarhisob
“Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari 2024-yilda qanday yutuqlarga erishishdi?
✅ Bugungi qahramonlarimiz Raqamli avlod qizlari tanlovida g'olib bo'lish, Birlashgan Arab Amirliklari va Londonga ta'lim sayohatlari, hayotida foydali bo'lgan bilimlarni egallash va Mutolaa loyihasida ishlash kabi muvaffaqiyatlari bilan o‘rtoqlashishdi.
❓Sizchi? Siz qanday yutuqlarga erishdingiz? O‘z yutuqlaringizni biz bilan bo‘lishing: @newuucontact_bot
💫Sarhisob davom etadi...
🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#talabalar #yutuqlar
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook

#Buxoro_shahridagi_prezident_maktabi
⚡️Buxoro shahridagi Prezident maktabida 2024-2025-o'quv yili I semestr yakuni yuzasidan imtihon jarayonlari davom etmoqda.