Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#ishchi_guruh
#Samarqand
AGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Samarqand viloyatida boʻlib, tizimdagi maktablar faoliyatini tanqidiy-tahliliy oʻrgandi.
Xususan, ishchi guruh tomonidan Kattaqoʻrgʻon shahar, Kattaqoʻrgʻon, Paxtachi hamda Narpay tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida o‘quvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, qish mavsumiga tayyorgarlik holati koʻzdan kechirilib, dars jarayonlari kuzatildi.
Oʻrganishlar doirasida Agentlik direktorining o‘quvchilar va oʻqituvchilar bilan muloqoti tashkil etildi. Unda A.Ubbiyev Agentlik tomonidan ixtisoslashtirilgan maktablarda taʼlim sharoitlarini yangi bosqichga olib chiqish borasida rejalashtirilgan chora-tadbirlar haqida soʻz yuritdi.
Shuningdek, muloqotlarda Agentlik direktori yoshlarning kelgusidagi maqsad va orzulari bilan qiziqib, tanlagan sohasi boʻyicha yetuk mutaxassis boʻlish uchun avvalo oʻquvchilikdanoq puxta bilim olish, xorijiy tillar, axborot texnologiyalarini mukammal oʻzlashtirish lozimligini taʼkidladi.
Maktablarni oʻrganishlar davomida ta’lim maskanlarining erishib kelayotgan yutuqlari, hozirgi vaqtda mavjud shart-sharoitlar tanqidiy tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha mas'ullarga tegishli koʻrsatmalar berib oʻtildi.
Agentlik direktori masʼullarga ta’lim tizimida amaliyotda qoʻllanilishi muhim boʻlgan bir qator topshiriq va takliflarini berdi. Xususan, xalqaro va mahalliy olimpiada jarayonlari, intellektual va sport oʻyinlari, tanlov va musobaqalarga tayyorgarliklarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib oʻrganish ishlari davom etadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

📚Bugun Tarbiya fanidan “Hayot - betakror ne’mat” mavzusida o‘quvchilarimiz o‘z loyiha ishlari bilan ishtirok etishdi.
📖Mazkur loyiha doirasida ular hayotning qadr-qimmati, tabiatni asrash va insoniylik fazilatlari haqida o‘z fikr va ijodiy ishlanmalarini taqdim etdilar. 👩🏫O‘quvchilarning ijodkorligi va tashabbuskorligi bizni quvontirdi.
Hayot haqiqatan ham, eng qimmatli ne’mat, uni asrash va qadrlash hammamizning burchimiz! 🌿
✅Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram

Buxoro shahridagi Prezident maktabida Tillar shoʻbasi tomonidan noyabr oyida oʻtkazilgan quyidagi tanlovlar gʻoliblari taqdirlandi:
1. Ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Giyazova Shahnoza Kamolovna tomonidan oʻtkazilgan radioviktorina gʻoliblari;
2. Ingliz tili fani oʻqituvchilari Gulshod Mahmudova hamda Shahnoza Madiyeva tashabbusi bilan tashkil etilgan Kahoot olimpiadasi gʻoliblari;
3. Rus tili fani oʻqituvchisi Dilfuza Turobova tomonidan oʻtkazilgan "Oltin qadah" kinofestivali gʻoliblari.