#radioviktorina_kitobxonlik
📻 Buxoro shahridagi Prezident maktabida ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Giyazova Shahnoza Kamolovna tomonidan "Bu kitobni har bir inson oʻqishi kerak" shiori ostida Ch.Aytmatovning "Birinchi muallim" asari asosida maktab radiosi orqali viktorina oʻtkazildi.
💫 Natijalar quyidagicha:
1-oʻrin 8-"Blue" sinf oʻquvchisi
Tojiyeva Nilufar
2-oʻrin 8-"Green" sinf oʻquvchisi
Sattorov Adham
3-oʻrin 6-"Green" sinf oʻquvchisi
Jumayev Javohir
✅ Maʼlumki, oʻquvchilar oʻrtasida kitobxonlikning targʻib qilinishi ularning maʼnaviy olamini boyitish, tafakkurini rivojlantirishdagi oʻrni beqiyos. Ayniqsa, Ch.Aytmatovning "Birinchi muallim" asarida insonda kuchli matonatning shakllanishi, ilmning inson hayotidagi oʻrni, mehnatsevarlik, oliyjanoblik, fidoiylik kabi fazilatlarning ulugʻlanishi kabi ezgu gʻoyalar ilgari surilgan. Shunday ekan, ushbu kitobni har bir avlod oʻqishi kerak.

✅Kuni kecha Buxoro shahridagi Prezident maktabida 20- noyabr Butunjahon bola kuni munosabati bilan "Musiqiy kecha"oʻtkazildi. Oʻquvchilar koʻtarinki kayfiyatda qoʻshiqlar kuylab, raqsga tushdilar va jamoaviy koʻngilochar musiqiy oʻyinlarni oʻynadilar.
Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#new_Uzbekistan_university
#xalqaro_hamkorlik
🤩 “YANGI OʻZBEKISTON” UNIVERSITETIGA GERMANIYA DELEGATSIYASI TASHRIF BUYURDI
Germaniyaning Bavariya federal oʻlkasi Davlat kanselyariyasi Xalqaro munosabatlar departamenti rahbari oʻrinbosari Kristof Shtyokle boshchiligidagi delegatsiya “Yangi O‘zbekiston” universitetiga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda delegatsiya a’zolari universitetning talabalarga zamonaviy bilim va koʻnikmalarni oʻrgatishga qaratilgan ta’lim dasturlari bilan tanishdi.
Shuningdek, talaba va professor-oʻqituvchilar almashinuvi, qoʻshma ilmiy tadqiqotlar hamda zamonaviy o‘quv dasturlarni ishlab chiqish borasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari koʻrib chiqildi.
Kristof Shtyokle universitetning zamonaviy imkoniyatlarini yuqori baholadi va hamkorlikning yangi bosqichlari ochilishi uchun mustahkam asos mavjudligini taʼkidladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#OAV_biz_haqimizda
“Boshida kimyoga umuman qiziqmaganman” – o‘qituvchilik ortidan milliarderga aylangan Mohira Boltayeva
Mohira 23 yoshda. U uch yildan beri Toshkent shahrida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda kimyodan dars beradi. Bu yil uning o‘quvchilaridan 3 nafari nufuzli xalqaro kimyo olimpiadasida oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Yosh pedagog o‘quvchilarining natijalari ortidan qisqa vaqt ichida qariyb 1 mlrd so‘m pul mukofotlarini jamg‘arishga erishdi. Kun.uz bilan suhbatda u xalqaro olimpiadalardagi ishtiroki, pedagog sifatida kimyodan olimpiadalarga o‘quvchilarni tayyorlash metodlari va muvaffaqiyat formulasi haqida gapirib berdi.
📹 VIDEONI TOMOSHA QILING

KOREYA TA’LIM MARKAZI BILAN HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligiga Koreya Respublikasi elchixonasi qoshidagi Koreya ta’lim markazi direktori Lee Young Woong tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida tashkil etilgan uchrashuvda Agentlik direktori Alisher Ubbiyev Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi oʻrtasida barcha sohalar kabi taʼlim yoʻnalishida ham hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib borayotganligini alohida ta’kidladi.
Joriy yilda Agentlik va Koreya ta’lim markazi hamkorligida "Incheon ta’lim festivali", "Tabiiy fanlar festivali", koreys tili bo‘yicha Respublika olimpiadalari kabi qator loyihalar amalga oshirildi.
Shuningdek, Agentlik tizimidagi maktablar oʻqituvchilari va oʻquvchilari Koreya Respublikasida tashkil etilgan ta’lim festivallari, malaka oshirish dasturlarida ishtirok etdi. Xususan, 19-xalqaro standartlar olimpiadasida oʻquvchilarimiz ilk bor qatnashib 3 ta oltin va 3 ta kumush medallarni qoʻlga kiritishdi.
Uchrashuvda Agentlik tizimidagi maktablar ta’lim jarayoniga STEM va koreys tili fanidan xalqaro toifadagi oʻqituvchilarni jalb qilish, xalqaro olimpiadalarga oʻquvchilarni tayyorlash, akademik tajriba va milliy-madaniy ma’lumotlar almashishni koʻzda tutuvchi seminar-treninglarni tizimli tashkil etish kabi masalalar yuzasidan fikr va takliflar almashildi.
Tashrif doirasida mehmonlar Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ham boʻlib, bu yerda yaratilgan zamonaviy ta’lim sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.