Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.55K subscribers
13.4K photos
1.17K videos
47 files
3.92K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Parij_2024

🥊 Bahodir Jalolov havaskordan professional boksga o‘tganini e’lon qildi

📍Parij-2024 boks bahslarining so‘nggi final uchrashuvi Bahodir Jalolov va ispaniyalik Ayub Gadfa o‘rtasida bo‘lib o‘tgach, o‘zbekistonlik bokschi muhim qarorini rasman e’lon qildi.

🪪 Eslatib o‘tamiz, Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga hujjatlar qabuli davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#olimpiada_2024
#kutib_olish

⚡️TOSHKENTDA PARIJ-2024 SOVRINDORLARI VA ISHTIROKCHILARINI TANTANALI KUTIB OLISH MAROSIMI BOʻLIB OʻTDI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi rahbariyati va xodimlari, Agentlik tizimidagi poytaxtda joylashgan maktablar o’qituvchilari, jumladan, Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabining murabbiy va oʻquvchilari qahramonlarimizni kutib olish maqsadida Toshkent xalqaro aeroportida boʻlishdi.

Maʼlumot uchun, Vatanimiz sharafini himoya qilgan qahramonlarimiz yakunda 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 13 ta medalni qo‘lga kiritib, tarixiy rekord natija qayd etishdi hamda umumjamoa hisobida ham 13-o‘rinni egallashdi.

Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabimizdan Vatanimiz nomini yanada yuksaklarga ko’taradigan mohir sportchilarimiz, jahon va Olimpiada chempionlari yetishib chiqishiga ishonamiz.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#tabiiy_fanlar_taʼlimi_festivali

🤩 "TABIIY FANLAR TAʼLIMI" FESTIVALI BOSHLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlikda “Tabiiy fanlar ta’limi” festivali oʻtkazilmoqda.

Mazkur festival tabiiy va aniq fanlarga asoslangan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish orqali yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirgan holda ularning ixtisoslashgan xalqaro dasturlar, loyihalar va tanlovlarda ishtirok etishini taʼminlash, yaratuvchanlik qobiliyatini shakllantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda tizimda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar orasida yaratuvchanlik g‘oyalarini shakllantirish va ularni amaliyot bilan bog‘lagan holda o‘quvchilarga yoritib berish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadlarini oʻz ichiga olgan.

Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi mezbonlik qilayotgan ushbu festivalning ochilish marosimida Agentlik rahbariyati, mas’ul xodimlari, Koreya Respublikasidan tashrif buyurgan mehmonlar, Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi vakillari hamda o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etdi.

Ochilish marosimda ta’kidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasida ta’lim sohasida aloqalar kuchayib, hamkorlikda turli loyihalar, dasturlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilning may-iyun oylarida Agentlik va Koreya ta’lim markazi tomonidan “Incheon ta’lim festivali” o‘tkazilgan edi. Hamkorlikdagi navbatdagi loyiha – “Tabiiy fanlar ta’limi” festivali ham yuqoridagi vazifalarning mantiqiy davomidir.

Festivalda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda umumta’lim maktablarining jami 1600 nafar 6-9-sinf o‘quvchilari qatnashmoqda. Amaliy mashg‘ulotlar va topshiriqlar o‘zbek tiliga tarjima qilingan holda  2 smenada olib boriladi. Har bir smenada 400 nafar o‘quvchi 21 ta guruhga bo‘lingan holda ishtirok etadi. Bundan tashqari, Agentlik tizimida faoliyat yuritayotgan 30 nafar aniq va tabiiy fan o‘qituvchilari uchun seminar-trening tashkil etiladi.

“Tabiiy fanlar ta’limi” festivali ertaga, 14-avgust kuni oʻz ishini yakunlaydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Diqqat!! Olimpiada!!!

📚Barcha kitobxon oʻquvchilarimizni online olimpiadaga taklif qilamiz!

Shartlari:
Mirkarim Osimning "Jayhun ustida bulutlar" asarini oʻqish;
23-avgust kuni online tarzda tashkil etiladigan test jarayonida ishtirok etish.

🌿 Maqsad: oʻquvchilarni yuksak tafakkur egasi sifatida tarbiyalash, ular oʻrtasida kitobxonlikni rivojlantirish va yozgi taʼtilni mazmunli oʻtkazish.

⚡️ Barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram