Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#imtihon_2024
#prezident_maktablari
❗️ AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRIB 1-BOSQICHDAN O‘TGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!
📆 Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 27-iyul kuni 1 smenada bo‘lib o‘tadi.
📝 Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida:
➖ matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
➖ ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.
📶 Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari (130 daqiqa), kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
✅ Talabgorlar ruxsatnoma va tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi bilan kelishlari kerak.
❌ Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.
📲 Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi maʼlumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.
📍 Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#prezident_maktablari
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Oʻzbekiston_2030
⚡️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
Unda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab oʻqituvchilari ishtirok etishdi. Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlardagi maktablari ZOOM platformasi orqali tadbirda qatnashdilar.
Tadbirda ishtirok etgan “Yuksalish” umummilliy harakati raisining maslahatchisi U.Rajabov davlatimiz rahbari tomonidan 2023-yilning 11-sentyabrida tasdiqlangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Unda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab oʻqituvchilari ishtirok etishdi. Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlardagi maktablari ZOOM platformasi orqali tadbirda qatnashdilar.
Tadbirda ishtirok etgan “Yuksalish” umummilliy harakati raisining maslahatchisi U.Rajabov davlatimiz rahbari tomonidan 2023-yilning 11-sentyabrida tasdiqlangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#diqqat_eʼlon
#Qoraqalpogʻiston_Respublikasi
🔔 AGENTLIK DIREKTORINING SAYYOR QABULI OʻTKAZILADI
📆 Joriy yilning 24-iyul kuni soat 10:00da Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori A.Ubbiyev Nukus shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida sayyor qabul oʻtkazadi.
✅ Sayyor qabulni tashkil etishdan maqsad, aholining Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari yoʻnalishidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini oʻrganish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni vakolat doirasida tezkor hal etish choralarini koʻrishdan iborat.
🗺 Sayyor qabul oʻtkaziladigan manzil: Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahri, Islom Karimov ko’chasi, 154-uy.
📍 LOKATSIYA
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Qoraqalpogʻiston_Respublikasi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from YOSH EKOLOGLAR HARAKATI |
#EKO_ZAKOVAT🌟
#hafta_sovrindori🌟
📣 📣 📣 Buxoro viloyati "Yosh ekologlar harakati" tomonidan tashkillashtirilgan "RESPUBLIKA ONLINE EKO ZAKOVAT” turnirining ilk hafta oʻyinida Rashidov Murodbek gʻoliblikni qoʻlga kiritdi🥇 . Ushbu munosabat bilan tashkilotchilar tomonidan sertifikat va esdalik sovgʻasi bilan taqdirlandi.
🎗Gʻolib ishtirokchini “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi” Buxoro viloyati boshqarmasi va Buxoro Yosh ekologlar harakati jamoasi tomonidan tabriklab qolamiz va barcha faol qatnashchilarga ham oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz!
Bizning sahifalarimiz📢 :
🌐 yosh_ekologuz
🌐 yosh_ekologuz
#hafta_sovrindori
🎗Gʻolib ishtirokchini “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi” Buxoro viloyati boshqarmasi va Buxoro Yosh ekologlar harakati jamoasi tomonidan tabriklab qolamiz va barcha faol qatnashchilarga ham oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz!
Bizning sahifalarimiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#eslatma
🔔 IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTABLARNING YAKUNIY IMTIHON JAVOBLARI TEZ KUNLARDA EʼLON QILINADI
📆 4-, 5-, 6-iyul kunlari boʻlib oʻtgan ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihon natijalari shu yilning 26-iyul kuni;
📆 9-, 10-iyul kunlari boʻlib oʻtgan tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihon natijalari shu yilning 29-iyul kuni;
📆 10-iyul kuni boʻlib oʻtgan ijod maktablariga 3-bosqich kirish imtihonlarining natijalari esa shu yilning 27-iyul kuni eʼlon qilinishi rejalashtirilmoqda.
🌐 Imtihon natijalari Agentligimizning rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#imtihon_2024
❗️ AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRIB 1-BOSQICHDAN OʻTGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!
📆 Shu yilning 27-iyul kuni boʻlib oʻtadigan Prezident maktablarining ikkinchi bosqich imtihonlariga ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuborildi.
⬇️ Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”ga o’z ID raqamini kiritishi kerak.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Xorijiy_hamkorlik
✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Birlashgan Arab Amirliklarining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Said Matar Sultan as-Siri al-Kamzi bilan uchrashdi.
Unda vazirlik va elchixona mas'ullari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, xususan, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va loyihalar ustida birgalikda ishlash masalalarini muhokama qilishdi.
Shuningdek, BAA vakillari bilan xalqaro investitsiya va grant loyihalari bo‘yicha hamkorlarni jalb qilish haqida so‘z yuritildi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Forwarded from Hilola Umarova
Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlar taʼlimiga qaratilayotgan yuksak eʼtibor o‘zining ilk samaralarini ko‘rsatmoqda.
Andijon shahridagi 4-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Rayyona Ibrohimovaning kuni kecha Germaniyaning Gyottengen shahrida o‘tkazilgan Xalqaro Nemis tili Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgani fikrimning yaqqol dalilidir.
Dunyoning 62 davlatidan kelgan 100 dan ortiq eng bilimdon yoshlar orasida peshqadam bo‘lish katta sharaf, albatta. Bugun Rayyona, uning onasi va ustozi bilan uchrashib, hammalarini ulkan yutuq bilan samimiy tabrikladik. Farzand muvaffaqiyatida aynan ota-onlarning xizmati beqiyos bo‘lgani uchun Rayyonaning onasiga Tashakkurnoma taqdim etdik.
Davlatimiz Rahbari taʼkidlaganlaridek, “Bitta qiz bolani oʼqitsak, butun oilani o‘qitgan bo‘lamiz”. Niyatimiz – Rayyona kabi iqtidorli yoshlarimiz safi yanada kengayaversin.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining navbatdagi Hayʼat yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova boshchiligida joriy yilning birinchi yarim yilligida sohada amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va kelgusi vazifalar ijrosiga bagʻishlangan Hayʼat yigʻilishi oʻtkazildi.
Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir oʻrinbosarlari, vazirlik va tizim tashkilotlari masʼullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi.
Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha toʻxtalib oʻtar ekan, joriy yilning birinchi yarim yilligida maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 37 548 taga, qamrov koʻrsatkichi 74,6 foizga, 6 yoshli bolalarning maktabga tayyorlov tizimi qamrovi 93 foizga yetganligini taʼkidlab oʻtdi.
Joriy oʻquv yilida 500 ta maktabda joriy etilgan yangi baholash tizimi natijasida mazkur maktablardagi oʻquvchilarning oʻzlashtirish koʻrsatkichi 6 foizga oshdi.
Tizimdagi 210 444 nafar rahbar va pedagog kadrlar malakasi oshirildi. 5. 7 949 nafar stajyor-oʻqituvchi kasbiy sertifikatlash, 190 ming nafar oʻqituvchi yangi tartib asosida malaka toifalarini berish sinovlariga jalb etildi. “Menejerlik oʻquv kursi”da 1319 nafar direktorlikka nomzodlar oʻqitilib, ularning 834 nafariga sertifikat berildi.
Tanqidiy-tahliliy ruhda oʻtkazilgan yigʻilishda tizimdagi mavjud kamchiliklar va amalga oshirilishi zarur boʻlgan ishlar ham atroflicha tilga olib oʻtildi. Xususan, respublikadagi ayrim hududlarda, jumladan, Andijon, Jizzax, Samarqand viloyatlarida bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrov koʻrsatkichlari yil boshiga nisbatan sezilarli darjada tushganligi tanqid qilindi.
Shu sababli yil yakuniga qadar maktabgacha taʼlimga qamrov darajasini 76 foizga yetkazish, yangi oʻquv yilidan boshlab 1 300 ta tayanch maktablar faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish, shu bilan birga “Kasbiy rivojlanish soati” va “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari hamda mentor-oʻqituvchilarini oʻqitish ishlarini toʻgʻri tashkil qilish boʻyicha masʼullar oldiga aniq vazifalar belgilab berildi.
Yigʻilish davomida har bir rahbar oldiga tegishli yoʻnalishlarda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida bajarish boʻyicha zarur topshiriqlar berildi.
Tadbir soʻnggida vazirlik masʼullari va hududiy boshqarma boshliqlarining kun tartibidagi mavzularga oid hisobotlari tinglandi.