Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.53K subscribers
14.1K photos
1.22K videos
52 files
4.03K links
Download Telegram
#Yosh_ekologlar_harakati
#Seminar
#Urik_guli

🔔🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔔

💧Buxoro viloyati "Yosh ekologlar harakati” a’zolari, bir qator tabiatsevar yoshlar o'rtasida 4-iyul kuni eko faol, “Kelajak bunyodkori” medali sohibasi Mo'tabar Xushvaqtova (Urik guli) bilan birgalikda Buxoro viloyati Buxoro shahrining The Knowledge Academy xususiy maktabida keng qamrovli master-klass bo'lib o'tdi.

🎤Master klass davomida Urik guli tomonidan ekologiya bilan bog'liq muammolar, oldinda yuz berishi mumkin bo'lgan jiddiy holatlar va ularga muqobil yechimlar va amaliy ko'nikmalar ham ko'rib o'tildi.

🌲Eng inklusiv holat esa, ma'ruza o'tkazilgan xususiy maktabda “Urug'lar kutubxonasi” ga asos solingani bo'ldi. Eko faol va tabiatsevar yoshlar mutlaqo bepul ushbu urug'larning navlarini ko'payishiga hissa qo'shishlari uchun shu urug'larni ekib, nihol o'stirishlari mumkin bo'ladi.

🏡Qolaversa, ishtirokchilar chiqindini saralash va ularni tabiatga zararsiz holda yo'q qilish yoki yerga qayta ozuqa shaklida qaytarish haqida bilib olishdi🗑. Ma'ruza so'nggida, ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, muammolarga o'zlarining yechimlarini keltirishdi va Mo'tabar Xushvaqtova bilan fikrlarini boʻlishishdi.

‼️Tadbir barcha eko faollar uchun juda manfaatli va qiziqarli holda o'tkazildi.

Bizning sahifalarimiz📢:

🌐yosh_ekologuz
🌐yosh_ekologuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2024

PREZIDENT, IJOD, IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI NATIJALARI QACHON EʼLON QILINADI?

❗️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi “Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga o‘quvchilarni saralab olish hamda qabul qilish tartibiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 214-son qaroriga koʻra:

Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalari birinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida, ikkinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida;

Ijod maktablariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari 3-bosqich kirish imtihonlari o‘tkazilgan kundan keyin 20 kun ichida;

Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar, Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida

IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGINING RASMIY SAHIFALARIDA E’LON QILINADI.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#New_Uzbekistan_university

⚡️“Yangi O‘zbekiston” universitetida Iqtisodiyot va Matematika yozgi ilmiy maktablarining yopilish marosimi oʻtkazildi


Ilmiy maktablarning maqsadi — iqtisod va matematika yoʻnalishlarida isteʼdodli yoshlarni aniqlash va ularni dunyo tan olgan olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish orqali mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar samaradorligini yanada oshirishdan iborat.

Iqtisodiyot va Matematika yozgi ilmiy maktablarida oʻzbekistonlik yoshlar qatorida Xitoyning turli oliygohlarida tahsil oluvchi 35 nafar talaba ishtirok etdi.

❗️Mazkur loyiha doirasida matematika va iqtisodiyot sohalari rivojiga oʻz hissasini qoʻshuvchi yosh olimlar hamjamiyati tuziladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Buxoro_shahridagi_prezident_maktabi
#eco_club

📌Ekologik toza muhitni birgalikda yaratamiz!!!

Buxoro shahridagi Prezident maktabi eco-faollarining "Yangi Harakati" ga qo'shiling va biz bilan bir to'lqinda bo'ling!

Aziz o'quvchilar, bilasizmi?
Eski, ishlatilgan batareykalar axlatga yoki ko'chalarga tashlansa o'ta salbiy oqibatlarga olib keladi;
Bunday chiqindini yo'qolib ketishi uchun kamida 500 yil kerak bo'ladi;
Batareykalar ona yerimizni o'ta zararli moddalar bilan zaxarlaydi;
Ular ona tabiatimizning o'simlik , hayvonot dunyosiga, insonlar sog'lig'iga katta zarar yetkazadi.

Yana qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi haqida endi Siz ma'lumot berasiz.

Ushbu Harakatga qanday qo'shilay deysizmi?

Eski batareykalarni alohida idishga yig'ing.
Zararlari haqida va ular chiqaradigan zaxarli
moddalar haqida ma'lumot yig'ing.
Sentabr oyida yig'gan batareykalaringizni maktabimizga olib keling.
Birgalikda barchasini ulilizatsiyaga topshiramiz!
Yig'gan ma'lumotlaringizni do'stlaringizga ulashing.

Biz ona tabiatimiz holatiga beparvo emasmiz, siz-chi???

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram