Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.54K subscribers
13.4K photos
1.17K videos
47 files
3.92K links
Download Telegram
Buxoro Prezident maktabi Pedagog-tarbiyachisi Zarina Jo'rayeva tashabbusi bilan o'quvchilarni yurt tinchligini asrashda hushyorlik va ogohlikga chaqirish, turli xil oqimlarga qo’shilib qolmasliklari, kiber jinoyat qurboni bo’lib qolmasliklari maqsadida "Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash - davr talabi" mavzusida hamkor tashkilotlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida Buxoro Viloyat sudi raisi o'rinbosari , Jinoiy ishlar bo'yicha sudlov hay'ati raisi Usmonov Ilyosjon Yakubjonovich va Viloyat sudi bosh konsultanti Nurbek Raximov, Buxdu dotsenti, falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori Xoliqov Lazizjon Maxmudovich, Pedagoglarni Yangi Metodikalarini O'rganish Milliy Markazi Metodik Xizmat Ko'rsatish Bo'limi Tarix fani metodisti Safarov Abdurahmon Ibodovich, Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimi kapitan Hayitova Hilola, Kiber xavfsizlik bo'limi xodimi Xurshid Umarovlar ishtirok etdilar.
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Эркин Воҳидов ижодига бағишланган адабий фестиваль қатнашчиларига табриги

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Buxoro_shahridagi_prezident_maktabi
#may_eco_taqdimotlar_oyligi

Buxoro shahridagi Prezident maktabi issiqxonasida yetishtirilgan sabzavotlar o’quvchilar tomonidan yig’ib olinib, maktab oshxonasiga topshirilish jarayoni davom etmoqda.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram
#Buxoro_shahridagi_prezident_maktabi

Buxoro shahridagi Prezident maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Karomova Navbahor Isomiddinnovnaning O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi ,,G'alaba bog'i " yodgorligi majmuasi, O'zbekistonda Shanxay tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi, ,,Ajdodlar izidan" Harbiy- tarixiy jamiyati hamkorligida o'tkazilgan " Ikkinchi jahon urushi : yangi tadqiqotlar va tarixiy ma'lumotlar " mavzusidagi ilmiy - nazariy konferensiyada maqolasi bilan ishtirok etdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Ta'limda yuqori natijalarga erishish hamda ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda xorijiy tajriba hamda hamkorlikning ahamiyati katta.

O‘qituvchilar va o‘quvchilarimiz uchun yangi imkoniyatlarni yaratish, ularga jahon standarti asosida ta'lim berish yo‘lida tizimli ravishda xalqaro darajada muzokaralar olib bormoqdamiz.

Xususan, shu kunlarda vazirligimiz mas'ullari bilan birga Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etdik.


Ushbu forum doirasida bir qator manfaatli kelishuvlar imzoladik. Xususan:

Dunyo oliygohlari xalqaro reyting agentligi — Times Higher Education bilan "Yangi O‘zbekiston” universiteti hamkorligida mintaqada ilk marotaba Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo universitetlari forumi”ni o‘tkazishga kelishdik.
Mazkur forum ta'lim va ilm-fan borasidagi dolzarb masalalar yechimini topishda global muloqot platformasi bo‘ladi.

Portsmouth universiteti rahbariyati bilan shartnoma imzoladik.
Endilikda vazirligimiz tizimidagi oliy ta'lim muassasalarida pedagogik ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha Portsmouth bilan hamkorlikda double degree (ikki diplom) loyihasi joriy etiladi.
Ushbu loyiha talabalarimiz uchun ustoz kasbini chuqurroq o‘rganishlariga turtki bo‘ladi, deb umid qilaman.

Bundan tashqari, Norvich til instituti bilan ham hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu tashkilot bilan "School champions" — uzluksiz malaka oshirish loyihasi doirasida hamkorlik aloqalarini kuchaytirishga kelishib oldik.
Endilikda 65 ta maktabda nafaqat ingliz tili, balki boshqa fan ustozlari hamda maktab direktorlarining ham malakasi oshiriladi.

Forum davomida “Quality Assurance Agency for Higher Education” bilan shartnoma imzolandi.
Unga ko‘ra, “Yangi O‘zbekiston” universiteti QAA tomonidan 1 yil davomida o‘rganilib, akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.
Natijada, ta’lim sifati va bitiruvchilarimizga topshiriladigan diplom dunyoning eng ilg‘or universitetlari bilan mos tarzda bo‘lib, oliygoh diplomi butun dunyoda tan olinadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM