Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.52K subscribers
13.5K photos
1.19K videos
48 files
3.95K links
Download Telegram
“Eko-ta’lim oromgoh” loyihasi

Yoshlar ishlari agentligi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi, maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va tegishli idoralar bilan hamkorlikda respublikamiz bo’ylab umumta’lim maktab o’quvchilari ishtirokida “Eko-ta’lim oromgoh” loyihasiga Buxoroda ham start berildi.

Loyiha doirasida iqlim o’zgarishi, ichimlik suvini tejash va boshqa ekologik mavzular bo'yicha Buxoro viloyatida seminar-trening o’tkazildi.shbu tadbirlar davomida global ekologik muammolar O‘zbekistonga qanday ta’sir qilayotganini tushunib yetasiz, iqlim o‘zgarishi muammosi va unga moslashish naqadar muhimligini anglaysiz, "virtual suv" nimaligi va chiqindilar muammosiga maqbul yechimlar mavzularida taqdimot bo'lib o'tdi.

📌Ushbu loyihada Buxoro Prezident maktabi ustozlari va o’quvchilari ham faol ishtirok etishdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram
“Eko-ta’lim oromgoh” loyihasi

Yoshlar ishlari agentligi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi, maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va tegishli idoralar bilan hamkorlikda respublikamiz bo’ylab umumta’lim maktab o’quvchilari ishtirokida “Eko-ta’lim oromgoh” loyihasiga Buxoroda ham start berildi.

Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📆12-may tarixda qanday kun ?

#media_club #kun_tarixi

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram
Forwarded from O'zbekiston bolalar tashkiloti
I Respublika bolalar forumi o‘tkaziladi!

Joriy yilning 19-23-may kunlari O‘zbekiston bolalar tashkilotining I Respublika bolalar forumi bo‘lib o‘tadi.

⚡️ Forum doirasida seminar-treninglar, tanlovlar, sport musobaqalari, madaniy dasturlar tashkil etiladi. Shuningdek, ishtirokchilar taniqli soha mutaxassislari bilan uchrashish, vazir va rahbarlarga o‘z tashabbus hamda g‘oyalarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

🙋 Forumda ishtirok etish istagini bildirgan 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ariza topshirishi mumkin:

- Ta’lim
- Imkon
- Madaniyat va san’at
- Ekologiya
- Media
- Sport
- Liderlik va jamoani shakllantirish
- IT


📝 Arizalar 15-may kuniga qadar quyidagi havola orqali qabul qilinadi: forms.gle/emxSwZvY1tL3FJVAA

Vatan, do‘stlik va baxtli bolalik uchun!
🕊 @bolalartashkilotiuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ayollar ligasining 7-turi bo‘lib o‘tadi!

18-may, shanba kuni soat 13:00 da Ayollar ligasining 7-tur o‘yini o‘tkaziladi.

Liganing Toshkent shahridagi o‘yinlari Zakovat arena binosida o‘tkaziladi.

Ayollar ligasida jamoalar ushbu havola orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi.

Hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan ayollar qo‘shimcha ma'lumot uchun "Zakovat intellektual klubi" NNTning tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari mumkin. Hududiy koordinatorlar kontaktlarini ushbu havoladan olish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
#New_Uzbekistan_university

⚡️Barchani dunyoga mashhur olim Luciano Rezzolla bilan uchrashuvga taklif qilamiz

Professor Luciano Rezzolla dunyo reytingida eng yuqori 200 ta oliygohlarda biri bo'lgan Frankfurtdagi Gyote universitetida Nazariy fizika kafedrasi mudiri hisoblanadi. U hisoblash fizikasining dunyoga mashhur arbobi va qora tuynuklarning birinchi tasvirlarini yaratishga qo'shgan ulkan hissasi bilan ham taniqlidir!

📆 Sana: 15-may
⌛️ Vaqti: 13:00-14:00
🗺 Manzil: "Yangi O'zbekiston" universiteti, konferensiya zali

📶 Tadbirda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'ting: https://newuu.uz/rezzolla

❗️ Joylar soni chegaralangan. Koinot haqidagi tushunchangizni kengaytirish uchun ushbu ajoyib imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

#uchrashuv #qora_tuynuklar #koinot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#AS_A_level
#Cambridge_Assessment

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha Prezident maktablarida Cambridge Assessment International Education AS&A-level imtihonlari davom etmoqda.

⚡️Lavhalarda Buxoro shahridagi Prezident maktabida imtihon jarayonlari aks etgan.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Prezident_maktabi
#Qabul_2024

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Buxoro shahridagi Prezident maktabi “Ochiq eshiklar” kuniga taklif etadi. 

Ochiq eshiklar kunida:

Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot;
O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar;
Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar);
Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya va maktab hayoti bilan tanishuv sizni kutmoqda.

📆 16-MAY
Soat 13:00 dan 16:00 gacha
📍Manzil: Buxoro shahri, Muhammad Iqbol koʻchasi, 1-uy

Maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun:

@nigina_bobonazarovna

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Buxoro_shahridagi_prezident_maktabi
#Navoiy_shahridagi_prezident_maktabi

📌 “SPIRITUALITY,SPORT, SCIENCE, SOCIALIZING”

Buxoro va Navoiy Prezident maktabi jamoalari o’rtasida sport mashg’ulotlari, science, robototexnika o’qituvchilari va maktab psixologi tomonidan seminar-treninglar va madaniy-ko’ngilochar badiiy kechalar o’tkazildi.



Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
https://t.iss.one/ecoschoolbukhps
🛑Buxoro shahridagi Prezident maktabida Yosh Liderlar tomonidan tashkil etilgan Eco-School Bukhara PS kanali bilan yaqindan tanishing.
#Xalqaro_hamkorlik

O‘qituvchilar uchun SEL kasbiy rivojlanish dasturi ish boshladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan UNESCO tashkiloti bilan hamkorlikda o‘qituvchilarning ijtimoiy, hissiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan SEL dasturi ish boshladi.

Tadbirni vazirning birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev ochib berdi va ushbu dasturning ta'lim muhitini yaratishdagi ahamiyati haqida so'z yuritdi.

Unda shuningdek, UNESCO tashkilotining O'zbekistondagi vakili Sara Noshadi, Qori Niyoziy nomidagi Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti mutasaddilari, psixolog hamda pedagoglar ishtirok etdi.


4 kun davomida bo‘lib o‘tadigan treninglarda 50 nafardan ortiq pedagoglar o‘quvchilar bilan muloqot ko‘nikmalari, zamonaviy raqamli vositalardan unumli foydalanish bo‘yicha bilim va malakaga ega bo‘ladi.

Kurslar ingliz tilida olib boriladi va loyihaning keyingi bosqichlarida ishtirokchilar o'z tajribalarini hamkasblari bilan bo‘lishadi.